Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
III dars: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Tashabbus” ko‘rik tanlovi 1995 yildan o‘tkazib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston fermerlari Kengashi, O‘zbekiston xalq ustalari, hunarmandlari, musavvirlari “Hunarmand” uyushmasi, shu bilan birga vazirlik va idoralarning hamkorligi va moliyaviy ko‘magi asosida tashkil etilgan mazkur tanlovning respublika bosqichi 2013 yil 28-29 mart kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tdi. “Tashabbus” ko‘rik-tanlovida 7000 dan ortiq tadbirkor, fermer va hunarmandlar ishtirok etib, respublika bosqichi laureatlari, uchta asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha - «Yilning eng yaxshi tadbirkori», «Yilning eng yaxshi fermeri», «Yilning eng yaxshi hunarmandi» hamda qo‘shimcha - «Yilning eng yosh tadbirkori», Yilning eng yaxshi tadbirkor ayoli», «Yilning eng yaxshi innovatsion loyihasi», «Yoshlarga eng ko‘p ish joyi yaratgan tadbirkor», «Eng yaxshi soliq to‘lovchi» va «Mening yurtim – mening iftixorim» nominatsiyalari bo‘yicha bellashdilar. Shuningdek, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi, Savdo-sanoat palatasi, “Mikrokreditbank”, “Agrobank” va boshqa tashkilotlar hamkorligida poytaxtimizda har yili “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor”, “Yosh tadbirkor – kelajakka poydevor” ko‘rik- tanlovlari ham tashkil etiladi. Shu munosabat bilan tashkil etilagan tadbirda mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarning bu sohada o‘z salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarishi uchun yaqindan ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Bu tadbir kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillari safini yoshlar hisobiga kengaytirish, ularning faoliyatini takomillashtirish va iqtisodiy bilimlarini mustahkamlash, mikrokredit va iste’mol kreditlari olish borasida yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Tanlovlarga asalarichilik, maishiy xizmat ko‘rsatish, dehqon xo‘jaligini yo‘lga qo‘yish, issiqxona tashkil etish, hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha g‘oyalar, ko‘plab innovatsion loyihalar taqdim etiladi. Shuningdek, tanlovga tavsiya etilayotgan bolalar kiyimlarini zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish loyihasining amalga oshirilishi yangicha dizayndagi bolalar iyimi tayyorlash, yoshlarni ish bilan doimiy ta’minlash imkonini beradi. Hunarmandchilikka bo‘lgan e’tibor va qiziqishni yanada oshirish, uning yoshlar tomonidan davom ettirilishini ta’minlash hamda soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda ko‘plab hunarmand, viloyatdagi milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, kasanachilar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |