Fan: Jahon tarixi Sinf 8 Dars – 1



Download 0,64 Mb.
bet8/149
Sana08.09.2021
Hajmi0,64 Mb.
#168404
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   149
Bog'liq
8 jahon 2019 yana

Yangi mavzu bayoni:

Yangi mavzu mazmunining tayanch tushunchalari:
Geografik kashfiyot. Buyuk geografik kashfiyotlar. Amerikaning kashf etilishi. Buyuk geografik kashfiyotlarning tarixiy ahamiyati.

Reja:

1. “Buyuk geografik kashfiyotlar” atamasi haqida.

2. Buyuk geografik kashfiyotlarning boshlanishi.

3. Amerikaning kashf etilishi.

4. Kashfiyotlarning tarixiy ahamiyati.
Yodda tuting!


    • 1492-yil 12 oktabr Amerika qit`asining rasman kashf etilgan hisoblanadi.

Buyuk geografik kashfiyotlar atamasi XV asr oxiri-XVII asr o`rtalarida yevropalik sayyohlar tomonidan amalga oshirilgan yirik geografik kashfiyotlarga nisbatan ishlatiladi. Geografik kashfiyotlar esa odamlar uchun shu vaqtgacha noma`lum bo`lgan yangi yerlarning qidirib topilishidir.

Geografik kashfiyotlarning uchta asosiy sabablari quyidagilardir:


Birinchidan , XV asr oxiri-XVI asr boshlariga kelganda Yevropada Tovar ishlab chiqarish yuqori sur`atlarda o`sa boshladi. Bu esa xomashyoga bo`lgan talabni oshira yubordi. Yevropaning o`zida xomashyo kam bo`lganligi uchun uni faqat boshqa o`lkalardan olib kelish zaruratga aylandi.

Ikkinchidan, yangi davr hukmron tabaqalarining boylikka, pulga bo`lgan ehtiyojini yanada orttirib yubordi. Endi ularning ongini o`zga yurtlarning oltin-kumushlari va boshqa qimmatbaho boyliklarini egallab olish ishtiyoqi chulg`ab oldi.

Uchinchidan, quruqlikdan va O`rta Yer dengizidan o`tadigan savdo yo`llari, shu jumladan, Buyuk ipak yo`li ham xavfli bo`lib qoldi. Bu yo`llar ustidan nazorat Yevropa mamlakatlarining asosiy raqibi Usmonli turklar saltanati qo`liga otib ketdi.

Binobarin endi yevropaliklar oldida yangi dengiz yo`llarini ochish tarixiy zaruratga aylandi.Dengiz savdo yo`llarini ochishga imkon beruvchi zamonaviy kemalar va harbiy qurollar mavjud edi. Bundan tashqari , dengizda kompasdan foydalanish,astrolabiya ixtiro qilingani ham katta ahamiyatga ega bo`ldi.

1515-yildan Yangi Dunyo “Amerika” deb atalgan birinchi globus Germaniyada yaratildi.

1569-yilda xaritalarda ham Kolumb kashf etgan yerlar qit`a “Amerika” deb yoziladigan bo`ldi.

1498-yilda Atlantika okeani orqali Hindistohga boriladigan dengiz yo`li kashf etildi. Portugaliyalik dengiz sayyohi Vasko da Gama bu sayohatni amalga oshiradi.

1519-yilda yana bir portugaliyalik dengizchi F.Magellan Amerika qit`asini aylanib o`tib Hindistonga boradigan dengiz yo`lini ochdi.

1522-yil dunyoni aylanibsuzish nihoyasiga yetdi.

1605-yilda L.V.Torres boshchiligidagi ekspeditsiya Avstraliyani kashf etdi.

Buyuk geografik kashfiyotlar ilm-fan uchun katta ahamiyatga ega bo`ldi. Uning natijasida geografiya, tarix, etnografiya va okeanshunoslik fanlari yangi ma`lumotlar bilan boyidi. Yangi dengiz savdo yo`llari ochildi. Bu yo`llar O`rta yer dengizidan Atlantika okeaniga o`tdi, bu esa o`z navbatida jahon savdosini vujudga keltirdi.

Bingo mashqi”




Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish