Yangi mavzuni tushuntirish:
R e j a :
1. Fransiyada Birinchi imperiya.
2. Birinchi imperiyaning istilichilik yurishlari va imperiyaning zaiflashuvi.
3. Rossiya- Fransiya o’rtasidaci 1812- yilgi urush.
4 Imperiyaning qulashi va Burbonlar sulolasi hokimiyatining tiklanishi.
5. Vena Kongressi. “Muqaddas ittifoq”.
O’qituvchi; 1799-yil N. Bonapart Fransiyaning 1-konsuliga aylandi. 1802-yil o’zini umrbod konsul deb e’lon qildi.1804-yil esa Senat “Fransuzlar imperatori Napaleon I” deb e’lon qildi. Fransiyada monarxiya tiklandi, bu maonarxiya yirik burjuaziya, qo’shin va davlat amaldorlariga tayandi. Monarxiyaning istilochilik yurishlari natijasida 1805-yil Avstriyaning poytaxti Vena , 1806-yil Prussiya poytaxti Berlin egallandi. Napaleon I Buyuk Britaniyaga nisbatan qit’a qamali e’lon qildi. Bu qamal Fransiyani Yevropa va jahon hukmronligi uchun o’z tinkasini quritadigan urushga duchor qildi. 1807-yil Rossiya –Fransiya o’rtasida “TILZIT” shartnomasi imzoladi va Buyuk Britaniya bilan a’loqasini uzdi. B.Britaniyaning kuchli harbiy floti Napaleonga o’z maqsadiga erishish imkonini bermadi. Rossiya “Tilzit” shartnomasini bajarmadi va o’z tovarlarini AQSh kemalarida B.B.ga yuborib turdi. Fransiyada boshlangan siyosiy inqiroz uzluksiz urushlar, iqtisodiy zarar Napaleon I uchun g’olibona urushga da’vat etdi.
1812- yilning 24-iyunida Napaleon Rossiyaga urush boshladi . Hal qiluvchi jang 1812-yilining Moskva yaqinidagi Borodino qishlog’ida bo’lib o’tdi. Juda ko’p qurbonliklar evaziga Fransiya bu urushda yengildi. 1813-yil oktabrda Lepsik ostonasida “Xalqlar jangi” sodir bo’ldi . Bu urush Rossiya-Buyuk Britaniya, Prussiya, Avstriya va Yevropaning ittifoqchi davlatlari Fransiya qo’shini tor-mor etishdi. Napaleon taxtdan voz kechishga majbur bo’ldi va Elba oroliga surgun qilindi. Ittifoqchi davlatlar Fransiyada Burbonlar sulolasi hokimiyatini qayta tikladi. Taxtga Lyudovik XVIII o’tqazildi . Fransiya bilan sulh shartnomasi imzolandi. Unga ko’ra Napaleon I davrida bosib olingan hududlardan mahrum etildi. Napaleon I davrida xizmat qilgan zobitlarning va davlat xizmatchisining ishdan bo’shatilishi qo’shinda butun mamlakatda norozilikka sabab bo’ldi. Bundan Napaleon I foydalanib 1815-yilning mart oyida Elbadan Fransiyaning janubiga yetib keladi va Lyudovik XVIII ning 30 minglik qoshini Napaleon tomoniga o’tib ketadi. 20-mart kuni Parij egallanadi Napaleon I yana taxtni egallaydi. Uning bu safargi hokiyati atigi 100 kunni tashkil etadi .Ittifoqchi davlatlar Napaleonga qarshi katta armiya qo’yadi 1815-yilning 18-iyunida Vaterlo qishlog’ida bo’lib o’tgan jangda Napaleon I yengiladi. U asr olinib Napaleon endi Muqaddas Yelena oroliga surgun qilinadi.Burbinlar hokimiyati yana tirlanadi.
G’olib davlatlar 1814 yilda Avstriyaning poytaxti Vena shahrida Kongress chaqiradilar.1815 yilda 8 davlat – Buyuk Britaniya, Avstriya, Prussiya,Rossiya,Ispaniya, Shvetsiya, Portugaliya va Fransiya Kongress hujjatini imzoladilar. Fransiya hududi o’zining avvalgi chegarasigacha qisqartirildi. Unga 700 mln frank oltin hisobida kontributsiya to’kash majburiyati yuklandi. Fransiya ikkinchi darajakli davlat maqomiga tushib qoldi. Vena kongressi qora tanli qullar savdosini ta’qiqlovchi Deklaratsiyani ham qabul qildi.
Yevropada kelgusida ro’y berishi mumkin bo’lgan inqiloblarga qarshi birgalikda kurash maqsadida uch davlat- Rossiya,Avstriya va Prussiya monarxlari ittifoq tuzdilar, Bu ittifoq tarixga ‘Muqaddas ittifoq” nomi bilan kirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |