«Oq» koloniyalar. Buyuk Britaniya o’z mustamlakachilik siyosatida «oq» koloniyalarga katta e’tibor berdi. Amerika, Afrika va Avstraliyaga Buyuk Britaniyadan va qisman Yevropadagi ingliz tojiga bo’ysunuvchi boshqa mamlakatlardan ko’chib borgan kishilar o’zlashtirgan hududlar ana shunday deb atalardi. Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya ana shunday mustamlakalar edi. Ayni paytda mustamlakalar o’zini o’zi boshqarish uchun kurash olib bordilar. Bu kurash, ayniqsa, Kanadada shiddatli tus oldi. Natijada Buyuk Britaniya 1867-yilda Kanadaga dominion maqomini berishga majbur bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |