4.Laboratoriya mashg‘ulotlari asosida MAPINFO PROFESSIONAL va “БелГИС” dasturiy tizimi va undan foydalanish.
Bu GISni ishlab chiqaruvchi – MapInfo Corporation, Troy, NY, USA. Ushbu dasturning eng birinchi versiyasi 1986 yilda ishga tushirilgan. Maqsadi – foydalanuvchi uchun to’liq funksiyali ochiq GIS yaratishdir.
GIS yer, o’rmon va kuchmas mulk kadastrlari, shahar qurilish va arxitektura, telekommunikatsiyalar, neft va gazni qazib chiqarish va foydalanuvchiga uzatish, elektr tarmoqlari, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, geologiya va geofizika, temir yo’l va avtomobil transporti, bank ishlari, ta’lim, davlat boshqaruvi va hakazoda qo’llaniladi.
Grafikli malumotlar bazasi formatlari – hususiy, Access, Excel, DBF va boshqa bo’linuvchanli matnlar. Grafikli va rastrli malumotlarni AutoCAD (DXF, DWG), ESRI (EOO, SHP); Intergraph, MicroStation Design
(DGN) va boshqa keng tarqalgan rastrli formatlarda eksport qilish mumkin.
Malumotlar bazasini Access, Excel, DBP, bo’linuvchanli matnlar, uzoqdagi MB ga eksport qilish mumkin. Grafikli malumotlarni AutoCAD (DXF, DWG), ESRI (EOO, SHP), Intergraph, MicroStation Design (DGN) lardan import qilish mumkin. Malumotlar bazasiga esa drayveri mavjud bo’lgan barcha SYUVS formatlaridan va tashqi bazalaridan axborotlar olish mumkin.
Foydalanuvchilar interfeysiga Windows ARI ning standart vositalaridan foydalaniladi. Foydalanuvchilar interfeysining muvofiqlashtirish imkoniyatlari to„liq bo„lib, MapBase vositalarida olib boriladi. Ichki dasturlash tili – MapBasic. Boshqa dasturlash tillarini qo’llash imkoniyatlari bor – DLL va OCX – biblotekalariga va boshqa murakkab tizimlarga ulanish mumkin. Rus tilidagi versiyasi bor.
MapInfo GIS tizimi biror bir joyga tegishli yoki fazoviy bog’langan axborotlarni qayta ishlash va tahlil qilish uchun mahsus loyihalashtirilgan.
Utilit ko’pligi tizimning funksional imkoniyatlarini kengaytiradi.
MGE (Modular Gis ENVIRONMENT)
Bu GISni ishlab chiqaruvchi INTERGRAPH Corp. (AQSH). Maqsadi
– MGEning GIS muhitdagi to’liq funksional, ommaviy va ko’p ilovali modulini yaratish (60 dan ortiq modullari mavjud).
GIS geoaxborot malumotlar bazasini tashkil etish, baza holatini muntazam kuzatib borish, boshqarish ishlarini o’rta hajmdan to juda katta hajmgacha olib borish, sohalar uchun ixtisoslashgan GIS-larni hosil qilish, fazoviy tahlilni bajarish, mavzuli kartalashtirish ishlarini olib borish, aerokosmik suratlarni qayta ishlash, topologik tahlil, kartalarni nashrga tayyorlash, kadastr ishlarini yuritish, hududlarni boshqarish, ekologiya, muxandislik kommunikatsiyasi, telekommunikatsiya, transport, qazib oluvchi va qayta ishlovchi sanoat, harbiy sohalar, tijorat ishlarini rivojlantirish va marketing tadqiqotini olib borish, siyosiy tadqiqotlarda va boshqalarda qo’llaniladi.
U quyidagi ilovalarni o’z ichiga oladi: MGE basic Nucleus – MGE oilasiga kiruvchi barcha vositalar uchun asosli yadro hisoblanadi; GIS va kartografik ilovalar uchun GIS-loyihani boshqarib borishni funksional taminlaydi; malumotlar bazasiga murojaat etish va malumotlarni tasvirlash; kartografik proeksiyalar va koordinatalar tizimidan foydalanish kabilarni bajaradi. MGE Basic Adminstrator – malumotlar bazasini boshqarish qurilmasi; GIS-loyiha tarkibini belgilash va malumotlar bazasini birlashtirishni bajaradi. MGE Base Mapper – fazoviy va atrubutivli malumotlarni avtomatlashgan va qo’l yordamida yig’ish moduli. MGE Analyst – fazoviy tahlil vositasi bo’lib, u MB orqali berilgan murakkab savollarga javob topish va ishlashni taminlovchi, tipologiya munosabatlarni tahlil qilish va natijalarni ifodalash; buferli zonalarni tuzish; fazoviy konturlarni maqsadli joylash; mavzuli kartalarni tuzish, tipologik tarkibli geomalumotlar va matnli hisobotlarni o’zida tasvirlaydi. 1/RAS S – oq-qora, rangli va rangli indeksli aerokosmik suratlarni va rastrli kartalarni qayta ishlash – tasvirning shaklini tuzatish ishlarini bajarish; spektrlarni qayta ishlash va tahlil qilish; rastrlarni bir-biriga qo’shish, kesish; tasvirning sifatini aniqlash; fotoplanlarni montaj qilish; monitor ekranida vektorlash ishini bajarish; rastrli-vektorli tasvir ustida ish olib borish va nashr qilishni bajaradi. MGE Map Finisher – GIS malumotlar bazasidagi axborotlar yordamida o’ta yuqori sifatli kartogrfik mahsulotlarni yaratadi. WYSIWIG orqali kartografik belgilarni ishlab chiqishni avtomatlashtirish, kartaning tashqi ramkasini jihozlash, qirqim kartalarni joylashtirish, legendani ishlab chiqish va barcha malumotlarni nashr qilish mumkin. MGE Gird Generation – vektorli ko’rinishga ega bo’lgan kartografik to’rni va tashqi ramkani jihozlashni ta‟minlash vositasidir. MGE Clean Tool Kit – vektorli tipologik mazmunli kartalarni tekshirish va avtomatik to’g’rilashga mo’ljallangan 3 ta turdagi ilovalar hioblanadi.
Grafikli malumotlarning ichki formati – DGN, Oracle Spatial – universal geoformatli yoki SUBD obekti shaklida. Malumotlar bazasi ichki formati – Oracle Spatial universal geoformatli, yoki RIS, ODBC tizimi orqali ruxsat beruvchi istalgan SUBD da. Malumotlar bazasini eksport qilish - Oracle Spatial, MapInfo, Arc View Shape file, GeoMedia, ASC II orqali.
Foydalanuvchilar interfeysi – Windowc Motif, uni o’zgartirish imkoniyatlari bor. Ichki dasturlash tillari – JMDL (Java), MDL (standart SANSI/72). Makroslar – mavjud (interaktiv yozish imkoniyatlari bilan). YUqori darajali til – istalgan OLE-Client (Visual Basic, Visual C++, Delphi), Perl va boshqalar. <>fayllarini istalganda chaqirish mumkin. Boshqa imkoniyatlari, masalan, OLE, ODBC, DDE, Perl mavjud. Dasturning rus tilidagi versiyasi yo’q, lekin kirill alifbosi kiritilgan. Dasturning tuzilishi haqidagi malumotlar bosma, elektron ko’rinishda, CD-ROM va videoda mavjud.
Bu GIS dunyo bo’yicha eng ko’p modullarga (60 dan ortiq) ega bo’lgan geoaxborot va kartografik tizim bo’lib, raqamli texnologiyalarni to’liq amalga oshirish imkonini beruvchi, ya‟ni maLumotlarni to’plashdan tortib, to talab darajasidagi ko’rinishga olib keluvchi dasturdir. U axborotlarni kiritish/chiqarish, istalgan shakli uchun oson sozlanadigan foydalanuvchilar interfeysi; malumotlarning keng formatlari diapozonida ishlashga, shu jumladan, ARC/INFO, ArcView, MapInfo, Oracle Spatial, GPS malumotlari, ASCII fayllari va almashuvchi GIS formatlar; tasvirlarning tahlil va tariflashni samarali vositalar jamlanmasi; SQL mantiqiy va hududiy so’rovlar tili yordamida ko’p mavzuli fazoviy tahlil ishlarini olib borish; natijalar foydalanuvchi talabiga binoan belgilangan ko’rinishda chiqariladi; toponimlarni shakllantirish, kuzatib borish va tahlil qilish; interaktiv rejimda kartografik mahsulotlarni tayyorlash va GIS malumotlar bazasidagi jahon standartlariga javob beradigan axborotlar asosida yuqori sifatli kartografik mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |