III. XORIJIY ADABIYOTLAR:
- ish yuritish
- hujjat
- davlat tili
- idoraviy ish yuritish
- hujjatchilik
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Respublikamiz ijtimoiy hayoti va xalq xo‘jaligining barcha sohalarida davlat tilida jahon o‘lchovlariga mos tarzda ish yurita olish, milliy-ma’naviy qadriyatlarni puxta egallash, o‘z fikrini yozma shaklda to‘g‘ri ifodalay bilish kabi talablar barkamol mutaxassislar tayyorlashning muhim shartidir. Shu maqsadda amaldagi oliy ta’lim talabalari bakalavr talabalari uchun “Davlat tilida ish yuritish” fani o‘tilishi maqsadga muvofiq deb belgilandi.
“Davlat tilida ish yuritish” fanini o‘qitishdan maqsad talabalarni nutqning uslubiy shakllari, matn turlari va tarkibi davlat tilida ish yuritish asoslari bilan yaqindan tanishtirish, rasmiy hujjatlar haqida bilim berish uchun xizmat qiladi.
“Davlat tilida ish yuritish” fanining maqsadi:
– o‘zbek adabiy tili me’yorlari, nutqning uslubiy shakllari, matn turlari va tarkibi, hujjatlarning paydo bo ‘lishi va tarixini o‘rganish bu sohadagi dolzarb muammolarni aniqlash;
– ish hujjatlari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar hujjat turlari va ish yuritish asoslari ish yuritish tili va uslubi, xizmat yozishmalari bilan ishlash texnologiyalari haqida ma’lumot berish;
- farmoyish hujjatlari va ularning turlari, shaxsiy ish qog‘ozlari uslubi, muassasalarda ish yuritishni tashkil etish texnologiyalari, ish yuritishni takomillashtirish asosiy yo‘nalishlari haqida bilim olish;
– filologik bilim asoslari, o‘zbek tilining har bir sathi haqida bilimga ega bo‘lishi;
“Davlat tilida ish yuritish” fanining vazifalari:
– hujjatchilik tarixi, xususan, sharq hujjatchiligi, hujjat turlari va hujjat ish yuritish asoslari, hujjat tili va uslublari, o‘zbek tilida farmoyish hujjatlari ish yuritish qog‘ozlarini yoza olish uni o‘z qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim;
– ish yuritishga oid atamalarni bilish va amalda qo‘llay olishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni o‘zbek tilining siyosiy-ijtimoiy maqomini ta’minladi va uning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Xususan, ushbu qonunning 8,9,10-moddalarida hujjatlarning davlat tilida tayyorlanishi, boshqaruv organlari, muassasa, korxona va tashkilotlarda ish davlat tilida yuritilishi ta’kidlangan. Shu maqsadda ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarning o‘zbek tilini milliy-ma’naviy qadriyat sifatida puxta egallash, o‘z fikrini yozma shaklda to‘g‘ri ifodalay olishi, nutqiy savodxonlikka erishishi uchun hujjat matnlarini tuzish ko‘nikmalari shakllantiradi. Jumladan, “Davlat tilida ish yuritish” darslari joriy etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |