Toshkent davlat texnika universiteti Muhandislik fakulteti btm 118-20 guruh talabasi Bajardi: Arslonboyev Akrom Fan: biotibbiyot datchiklari Mavzu: Asosiy elektr kattaliklar Reja - Kirish.
- Kuchlanish
- Tok kuchi
- Xulosa
KIRISH - Kuchlanish va tok kuchi elektr fizikasining eng muhim tushunchalari sanaladi. Ushbu darsda biz elektr fizikasining muhim qismlaridan boʻlgan mana shu ikkita kattalik haqida dastlabki bilimlarga ega boʻlamiz. Keyinchalik kuchlanish va tok kuchi natijasida hosil boʻladigan quvvat tushunchasiga ham toʻxtalib oʻtamiz.
Kuchlanish - Kuchlanish tushunchasini bilishimiz uchun oldin quyidagi oʻxshashlikka qaraylik:
- Kuchlanish ogʻirlik kuchini eslatadi
- mm massali jism uchun hhh balandlikning oʻzgarishi potensial energiyaning oʻzgarishiga olib keladi, \Delta U = mg\Delta hΔU=mgΔhdelta, U, equals, m, g, delta, h.
- qqq zaryadga ega zarra uchun VVV kuchlanish potensial energiyaning oʻzgarishiga olib keladi, \Delta U = qVΔU=qVdelta, U, equals, q, V.
- Elektr zanjirdagi kuchlanish g\cdot \Delta hg⋅Δhg, dot, delta, h koʻpaytmaga oʻxshaydi. Bu yerda ggg – erkin tushish tezlanishi, \Delta hΔhdelta, h esa balandlikning oʻzgarishidir.
- Qirning tepasida turgan toʻp pastga qarab harakatlanmoqda. Yoʻlning yarmida u potensial energiyasining yarmini sarflagan boʻladi.
- Kuchlanish “tepaligi”ning yuqorisidagi elektron simlar va zanjir elementlari orqali pastga “harakatlanadi”. U yoʻl boʻylab ish bajarib, potensial energiyasini yoʻqotib boradi. Elektron tepalikning oʻrtasiga kelganda potensial energiyasining yarmini yoʻqotgan boʻladi.
Tok kuchiga oid baʼzi eslatmalar - Metallarda tok kuchini nima tashiydi? Modomiki, elektronlar metallarda erkin harakatlanar ekan, harakatlanayotgan elektronlar metallarda tok kuchi hosil qiladi. Metall atomlardagi musbat yadrolar bir nuqtada turadi va ular tok kuchi hosil qilmaydi. Elektronlar manfiy zaryadga ega boʻlishi va koʻplab elektr zanjirlarda deyarli barcha ishni qilishiga qaramasdan, biz hali ham musbat zaryadlar harakatlanadigan yoʻnalishda oqayotgan tok kuchini musbat deb olamiz.
- Musbat zaryadlar ham tok kuchini tashiydimi? Ha. Bunga juda ham koʻp misollar bor. Masalan, shoʻr suvda tok ham musbat, ham manfiy zaryadlar yordamida hosil qilinadi. Agar biz odatiy osh tuzini suvga solsak, u juda ham yaxshi oʻtkazgichga aylanadi. Osh tuzi – bu natriy xlorid, NaCl. Tuz suvda parchalanadi va Na^++start superscript, plus, end superscript va Cl^-−start superscript, minus, end superscript ionlariga ajraladi. Ikkala ionga ham elektr maydon taʼsir qiladi va ular eritma boʻylab qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanadi. Bunday holatda tok kuchi erkin elektronlar bilan emas, harakatlanayotgan atomlar, yaʼni musbat va manfiy ionlar yordamida hosil qilinadi. Bizning tanamizda ham musbat, ham manfiy ionlar tok kuchini olib oʻtadi. Tok kuchining taʼrifi bu yerda ham oʻrinli: u vaqt birligida oqib oʻtgan zaryad miqdoriga teng.
Xulosa - Tok kuchi va kuchlanishning ushbu modellari bizni har xil qiziqarli elektr zanjirlarni ishga tushirishimizga yordam beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |