9-sinf algebra kursida ’’Arifmetik progressiya’’ mavzusidagi dars ishlanmasi.
Fan: Algebra
Sinf: 9-sinf
Dars mavzusi: Arifmetik progressiya
Dars maqsadi:
Ta’limiy : Arifmetik progressiya haqida tushuncha berish. O’tilgan mavzu bo’yicha amaliy masalalar yechib mustahkamlash, o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini o’stirish.
Rivojlantiruvchi : O’quvchilarning matematik tasavvurini yanada mujassamlashtirish va umumiy dunyoqarashini o’stirish.
Tarbiyaviy : Yoshlarda matematika faniga bo’lgan qiziqishni, dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek fanlararo bo’g’lanishni o’quvchilar amaliyotda qo’llab ishonch hosil qilishga erishish.
Dars jihozi: AKT, tarqatma materiallar, o’quv qo’llanmasi.
Dars turi: yangi bilimlarni shakllantiruvchi.
Darsda qo’llaniladigan metod va usullar: guruhlarda ishlash, aqliy hujum, domino, moychechak, delegatlar, tushunchalar tahlili.
Kutiladigan natijalar: O’qituvchi : - o’quvchilarda yangi mavzu yuzasidan bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish . Guruhda va yakka tartibda ishlash orqali o’quvchilar faolligini oshirish, mavzuni o’zlashtirishlariga erishish. O’quvchi : Arifmetik progressiyaga oid bilimlari kengayadi mustahkamlanadi, mustaqil holda misollar yecha oladi.
Darsning rejasi:
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism
Navbatchi yordamida sinf davomatini aniqlayman va Ma’naviy va marifiy daqiqa o’tkazaman .
2. Uyga vazifani tekshirish
a) Aqliy hujum:
1) x burchak sinusi deb nimaga aytiladi ?
2) x burchak cosinusi deb nimaga aytiladi?
3) x burchak tangensi deb nimaga aytiladi?
4)x burchak cosinusi deb nimaga aytiladi?
5) Asosiy trgonometrik auniyatlar qaysilarini bilasiz?
b) Olgan amaliy bilimlarini tekshirish uchun (Moychechak barglariga o’tilgan mavzuga oid misollar har bir guruh a’zosiga beraman. Natijani birgalikda tekshira
miz.)
3.Yangi mavzuni yoritish
Hurmatli o’quvchilar o’tilgan mavzular bo’yicha savollaringiz bormi agar bor bo’lsa javob beraman, agar yo’q bo’lsa daftarlaringizni ochib yozing yangi mavzu:
Arifmetik progressiya
4. Yangi mavzuni mustahkamlash
a) Yangi mavzu bo’yicha bolalarga savollar beraman:
1) Sonli ketma -ketlik deganda nimani tushunasiz.
2) Arifmetik progressiya deb nimaga aytiladi.
….
b) Mavzuga oid misollar yechish: 395-398 misollar (1,3)
c) Og’zaki hisoblash uchun misollar: 394- misol
Darsda qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish va baholash.
Uyga vazifa :
395-399-misollar (2,4) yechib kelish.
Qo’shimcha adabiyotlar: Axborotnoma (testlar to’plami) asosida mavzuga oid masalalarni yechib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |