IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
“Navoiyga ta’rif” usuli. Ushbu usul mazmuni quyidagicha: sinfdagi barcha o‘quvchilarga tarqatma qog‘ozlar tarqatiladi. Tarqatma qog‘ozlarda Alisher Navoiy degan so‘zning harflari tepadan pastga qarab yoziladi. O‘quvchilar 2daqiqa mobaynida mutafakkir bobomizga ushbu harflardan boshlanuvchi chirjyli ta’riflar berishlari kerak. Anglaganingizdek 2daqiqa mobaynida eng ko‘p ta’riflar bergan o‘quvchilar o‘yinimiz g‘olibi bo‘ladilar.
“Suratdan angla sharhin” usuli. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun yana bir usuldan foydalanamiz. Bu usulda o‘quvchilarga quyidagi rasmlar ko ‘rsatiladi va bu rasmlar qanday ma’no so‘zlayotgani o‘quvchilar tomonidan aytiladi. Albatta bu rasmlar tanbihlarda ilgari surilgan g‘oyalarni anglatuvchi rasmlar bo’ladi.
“Navoiydan maktub” usuli
Qalbimdagi eng samimiy tuyg’ular-la Hirotdan esgan mehrli nasimlar yetkazsinlarkim, O’zbekiston deya atalgan hur diyorning baxtiyor farzandlari Assalomu alaykum.
Mening avlodlarim! Ha, men faxrlanadigan, qilayotgan solih amallaridan qalbim benihoya g’ururga to’ladigan avlodlarim! Avvalo, sizdan minnatdormen! Man oradan 6 asrga yaqin vaqt o’tmoqdaki, biz hamon birgamiz. Yillar va asrlar bizni sira uzoqlashtirmadi. Siz qalbingizga ilm egallsh va uni albatta shu jonajon vataningiz taraqqiyoti, jonday aziz yurtdoshlaringizning farovon hayoti uchun safarbar qilishni jo qilgan ekansiz, men hamisha siz bilanman!!!
Aziz dilbandlarim, sizlar uchun umrimning bir soniyasinida zoye ketkizmay tinmay izlanib yozgan asarlarimni qunt bilan o’qing, o’ragning. Undan siz hayotni, isonlarni o’rganasiz, Alloh rizoligiga erisha oladigan solih inson bo’lishni o’rganasiz!
Adolatli va har lahzada sizni o’ylab oqilona qarorlar qabul qilayotgan, ilm olishingiz uchun bugun dunyo havas qiladigan barcha barcha imkoniyatlar sizning ixtiyoringizda. Yurtboshingiz, xalqingiz, ota-onangiz ishonchini oqlaydigan, ilm-u ma’rifatni qadrlaydigan farzandlar bo’lib kamolga yetishishingizda biz ajdodlaringiz ham doimo duodamiz. Buni aslo unutmang!!!
V.Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash.Dars yakunlanib o‘quvchilar baholanadi . Dars jarayonida ko ‘p “Ofarin ” “Yaxshi” deb yozilgan tarqatmalarga ega o‘quvchilar g ‘olib deb topiladi.
VI. Uyga vazifa berish Alisher Navoiy bobomiz maktublariga javib yozish. O‘quvchilarga darslikdagi “Mahbub ul- qulub ” asaridan berilgan tanbihlarni o‘qib o‘rganib, savollarga javob berish vazifa qilib beriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |