Hayotda komillikka erishgan har inson Farhoddir. U also hayoliy,romantik to`qimagina emas.Uning darajasi faqat kitoblarda bo`ladigan qo`l yetmas,ko`z ilg`amas makom ham emas.Qaysi inson jism qal`asida Shirin yanglig` go`zal iymonining himoyasida bo`lsa, u shu maqomga ko`tarila oladi.
ochib berish. Farhodning bu so’zlari orqali shoir komillikning sirlaridan yana biri-mehnatsevarlik deya,asarni yana “Mehnatnoma”deb ham ataydi. Farhoddagi ishq,vafo,aql-idrok,mehnatsevarlik,sabr-qanoat,mashaqqatlarnin yangish…komillikninig tub ildizlari sanaladi
Farhod Shirin o’limi haqidagi “xabar”ni eshitib,oh-u fig’on chekdi.Borliqdagi barcha narsalar bilan vidolashgach,yaqinlari-ota-onasi bilan vidolashdi. Navoiy bu o’rinda farhodga xos jihatlarni ifodalashi bilan birga ,inson uchun eng yaqin insonlar, avvalo,ota-ona ekanligini,qiyin vaziyatlarda, avvalo,ularni yod etajagiga ishora qiladi…
Tugagan fahm etib umri baqosin,
Sovug' oh urdi yod aylab atosin.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
Hunarni asrabon natgumdur oxir,
Olib tufroqqami ketgumdur oxir,-
Demak,inson har bir hatti-harakati, aytayotgan so`zi,muomalasi va amali bilan o`zaro ikki qarama-qarshi kuchlardan biri – yo imon,yo shayton tomonida bo`ladi.Navoiy saboqlaridan xulosa shuki, har birimiz uchun Farhod yo`li- ishq,iymon yo`li,mashaqqatli.ammo xayrli,sharafli,aks holda Xusrav va Sheruya timsollarining topgan qismatlari bizga bir ibratdir. Asarning to’liq nashri orqali Shopurga xos vafodorlik, chin do’stlik,Mehnbonuga xos oliyjanoblik, lekin Xusrav hiylasiga tushgan ilojsizlik, Shirin vafodorligi, mehr-muhabbati, sadoqati,Shopur va Xusrav yovuzliklarini ochib berishdir
1-shart. “Aqliy hujum”. Slaydda ko`rsatilgan savollarga javob berish va har bir fikrni isbotlash. Savollar:
1.Asardagi Farhod timsoliga ta`rif bering
2.Dostondagi Xusrav qanday inson edi?
3.Asarni o`rganib qanday xulosaga keldingiz?
2-shart. O`quvchilarga Xusrav va Farhodning aytishuivini yodlash topshirilgan bo`ladi. Va asar voqealari sinf muhitida ko`rsatib beriladi. Bunda guruhlardagi o`quvchilarning aktyorlik va she`rni ifodali o`qish malakasi baholanadi.
IV. Mustahkamlash (“ Konverdagi tuhfalar”).
Asar qahramonlarini sanab o`ting. (Farhod, Shirin, Xusrav, Mulkoro, Shopur, Mehinbonu, ayyor kampir, hiylagar.)
Farhodning shahzodalikka xos xususiyati va xos bo`lmagan jihatini ayting.
Farhod ishq yo`lida nega buncha qon, zabun?
Uning uchun otasi nima ishlar qiladi?
Farhod qanday hunarlarni o`rgandi?
Taqdirini inson qo`li bilan yaratadi degan iboraga fikringiz?
Insonning peshonasida yozilgani bo`ladi, degan fikrga qanday qaraysiz?
3-shart. SWOT tahlilidan fodalangan holda: Uch guruh ishtirokchilari ham dostondagi qahramonlarning kuchlilik, kuchsizlik va zaiflik, imkoniyat, tahdid va to'siqlar jihatlarini sanab isbotlab berishlari, kerak.
V. Baholash. Guruhlarning barcha mevalari daraxtlarga yopishtiriladi. Daraxtdagi mevalarga qarab o`z-o`zidan g`olib guruh aniq bo`ladi. G`olib guruhdagi barcha o`quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. “Dunyo va biz” mavzusida jahon adabiyoti va o`zbek adabiyoti mavzusida fikrlarini yozib kelish
Do'stlaringiz bilan baham: |