Bilimlarni o’zlashtirish nazorati:
− an’anaviy yoki innovatsion (reyting, portfolio, keys-o’lchov, esse va
h.k.) bo’lishi mumkin;
− individual, guruhli;
− yozma, og’zaki, dasturiy vositalardan foydalanish yoki ijodiy ishni himoya qilish ko’rinishida va h.k.
Bilimlarni nazorat qilishning an’anaviy shakllaridan: suhbat, kollokvium, sinov (zachyot), imtixon (sohalar bo’yicha, modul bo’yicha, yakuniy davlat attestatsiyasi), test, nazorat ishi, hisobot (amaliyot hisoboti, talabalarning ilmiy-tadqiqot yuzasidan hisoboti va sh.k.), kurs ishi, bitiruvmalakaviy ish keng tarqalgan. Nazoratning an’anaviy shakllari, turlari va
uslublarida asosan bilimlarni o’zlashtirishni nazorat qilishga yo’naltirilgan
bo’ladi va har doim davlat malaka talablarida ko’zda tutilgan
kompetensiyalarni shakllantirish nazoratini modernizatsiyalash va o’tkazishga xizmat qilmaydi. Nazoratni innovatsion texnologiyalari va baholash vositalariga: portfolio, keys-texnologiyalar, vaziyatli topshiriqlar, imitatsion treninglar, kichik-loyiha, kompyuterli simulyatsiya, sahnalashtirish, guruhlarda kurs loyihalarini bajarish, ishbop va rolli o’yinlar kiritiladi Zamonaviy bosqichda nazoratning tashhislash funksiyasi talabalar o’quv faoliyatini boshqarish, shaxsiy qobiliyati darajasiga muvofiq o’quv faoliyatini bajarishga tayyorgarligiga yo’naltiriladi. Rivojlantiruvchi va tarbiyalash funksiyasi talabalarning shaxsiy xususiyatlariga hamda kelgusi kasbiy faoliyat sohasining o’ziga xos xususiyatiga yo’naltiriladi.
Nazoratning yangi kompetentli yondashuv nuqtai nazaridan o’ziga xosligi:
- kompetensiyalar tasnifi: universal. metapredmetli (ko`p predmetli])va xususiy, fanga oid;
- kasbiy ehtiyoj, masalan, ish beruvchilar potensiali ortishi;
- kompetensiyalar shakllanganligi monitoringi olib borish;
- har bir talabaning sub’ektiv, shaxsiy ehtiyoji;
- ta’lim texnologiyalari bilan aloqasi;
- ta’lim mahsulotlari iste’molchilari va ta’lim jarayoni ochiqligi, shaffofligi;
- o’z-o’zini nazorat qilish va tashhislash sharoitlari, auditoriya makonidan “chiqish” chegarasi.
Ta’lim oluvchilar ta’limi sifati yakuniy natijaga ta’sir etuvchi eng asosiy va muhim ko’rsatkich hisoblanadi. CHunki ta’lim jarayoni markazida aynan ta’lim oluvchilar turadi. Ta’lim sifatini oshirish bir qancha mezonlarga bog’liq bo’lib, talabalar bilimini nazorat qilish va baholash shulardan biridir. Baholash tizimini oqilona tashkil etish, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammo va kamchiliklarning oldini olish, bartaraf etish, ushbu jarayonning samaradorligini oshirish, ya’ni har bir talabaning mavjud fan yuzasidan belgilangan talab asosida o’zlashtirganini qayd etish yoki o’z ustida ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish oliy ta’lim tizimining uslubiy ahamiyatga ega bo’lgan vazifalaridan biri hisoblanadi,
Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o‘lchash esa tekshirish deb ataladi. O‘qituvchi o‘qi-tish bilan bir vaqtda o‘quvchilarning o‘rganilayotgan mavzuni qanday qilib idrok etishini, esda saqlash-ga xarakat qilishini va uni amalda qo‘llash malaka-larini egallashini hisobga olib borishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |