Mustaqil xulosa uchun topshiriq
Katod va anoddagi jarayonlarning tenglamasini yozing.
Elektrodlar atrofida elektrolit rangining o'zgarishiga izoh bering.
8-laboratoriya ishi
Aluminiy ning kislota va asos eritmalari bilan o'zaro ta'siri
Ikkita probirkaga aluminiy bo'lakchalaridan soling.
Birinchi probirkaga xlorid kislota eritmasidan quying.
Ikkinchi probirkaga o'yuvchi natriy eritmasidan quying.
Mustaqil xulosa uchun topshiriq
Sodir bo'lgan jarayonlarni kuzating va reaksiya tenglamalarini yozing.
9-laboratoriya ishi
Aluminiy va uning qotishmalari namunalari bilan tanishish
Aluminiy va aluminiy qotishmalaridan tayyorlangan buyumlar to'plami bilan tanishing va xossalari hamda ishlatilish sohalari yuzasidan o'z fikrlaringizni bayon eting.
Do'stlaringiz bilan baham: |