Yog'larga suvning ta'siri qanday?
Sizga berilgan suyuqliklarning qaysi birida yog'lar hammasidan yaxshi eriydi?
Matodan yog' dog'ini ketkazish uchun siz qaysi erituvchidan foydalangan bo'lar edingiz?
Probirkalarning qaysi birida bromli suv eng yaxshi rangsizlanadi? Bu nimadan darak beradi?
3. Yog'larni sovunlash
Chinni kosachaga 3 g yog', margarin yoki saryog' soling va 20 % li natriy gidroksid eritmasidan 7-8 ml quying.
Reaksiyani tezlatish uchun 1-2 ml etanol qo'shing. Aralashmani shisha tayoqcha bilan aralashtirib, dastlabki hajmi kamayib ketmasligi uchun suv qo'shib turgan holda, 15-20 minut qaynating. Reaksiyaga kirishmagan yog' qolmaganini bilish uchun issiq aralashmadan ozginasini issiq suvli probirkaga oling. Agar sovundan so'ng suv ostida yog' tomchilari paydo bo'lmasa sovunlash jarayoni nihoyasiga yetgan bo'ladi.
Agar yog' tomchilari yuzaga chiqsa, aralashmani qaynatishni davom ettiring. Sovunlash reaksiyasi tugaganidan so'ng hosil bo'lgan massaga 0,5 g natriy xlorid qo'shing va yana 1-2 minut qaynating.
Do'stlaringiz bilan baham: |