Mustaqil xulosa uchun topshiriq
Sizga berilgan metall namunalarini tekshirib, ularning nomini ayting.
Tekshirib ko'rilgan metallarning qattiqligi, suyuqlanish harorati va issiqlik o'tkazuvchanligini ortib borish tartibida, bir qatorga yozing.
5-laboratoriya ishi
Qotishmalaming namunalari bilan tanishish
1. Sizga berilgan qotishmalar namunalarini ko'rib chiqing.
Mustaqil xulosa uchun topshiriq
Berilgan namunalarning qattiqligi va plastikligini tekshirib ko'ring.
Ularning rangiga e'tibor bering.
6-laboratoriya ishi
Tuzlar eritmalari bilan metallarning o'zaro ta'siri
Birinchi probirkaga kumush (I)-nitrat, ikkinchi probirkaga mis (Il)-sulfat, uchinchisiga qo'rg'oshin (Il)-nitrat eritmasidan 2-3 ml quying. Birinchi probirkaga mis simi, ikkinchisiga temir qipiqlari, uchinchisiga mis qipiqlaridan soling.
Har bir probirkada qanday moddalar hosil bo'ldi? Tegishli reaksiyalarning molekular, to'la va qisqa ionli tenglamalarini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |