Fizik xossalari va tabiatda uchrashi. Aminokislotalar tabiatda erkin holda va boshqa birikmalar tarkibida ham uchraydi. Barcha o'simlik va hayvon oqsillari aminokislotalardan tashkil topgan. Aminokislotalar rangsiz, suvda yaxshi eruvchan, ko'pchiligi shirin ta'mli kristall moddalardir.
Kimyoviy xossalari. Aminokislotalar organik amfoter moddalar bo'lib, ular asos xossasini ham, kislota xossasini ham namoyon qiladi. Noorganik amfoter moddalardan farqi shuki, ularning amfoterligi turli funksional guruhlar borligi bilan belgilanadi. Aminokislotalar bipolyar ionlar hosil qiladi.
• -CO-NH-bog'i peptid (amid) guruhi, uglerod va azot orasidagi bog'
peptid (amid) bog'i deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |