Tuzilishi. Aminokislotalar molekulalarida bir vaqtning o'zida qarama-qarshi kimyoviy xossaga ega bo'lgan ikkita funksional guruh tutadi. Aminoguruh asos xossaga ega bo'lsa, karboksiguruh kislotali xossaga ega. Bu ikki guruh molekulada ichki tuz (bipolyar ion) hosil qiladi: NH,-R-COOH = NH3-RCOO Bipolyarlik aminokislotalarning suvda eruvchanligini, suvli eritmalarining neytralligini, qattiq tuzlarining kristall tuzilishga egaligini, nisbatan yuqori suyuqlanish haroratiga ega ekanligini izohlaydi. Aminokislota radikali tarkibiga turli funksional guruhlar kirishi mumkin: gidroksi -OH, tio -S, tiol -SH va b.
• Eng muhim aminokislotalar a-aminokislotalar bo'lib, ulardan oqsil molekulalari tuzilgan.
Ko'p aminokislotalar trivial nomlarga ega, xalqaro nomenklatura bo'yicha nomlanganda tegishli karbon kislota nomiga amino- prefiksi qo'shib qo'yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |