Yangi mavzuni bayoni:
Murakkab efirlar deb, ikki uglevodorod radikalini -COO-guruh orqali tutashtiruvchi murakkab organik birikmalarga aytiladi.
Ularning umumiy formulasi R-COO-R,.
Ularni karbon kislotalarning gidroksiguruhidagi vodorodi radikalga almashgan hosilalari deb ham qarash mumkin.
Ular nafaqat organik karbon kislotalardan, balki noorganik kislotalardan ham hosil bo'lishi mumkin Nomlanishi. Murakkab efirlar nomlari ko'pincha tuzlar nomlariga o'xshab ketadi. Masalan, CH3COOC,H5 - etilasetat, HCOOCH3 - metilformiat; efir hosil qilgan kislota va spirt nomiga efir so'zi qo'shib ham nomlanadi: CH3COOC2H5- sirka etil efiri, HCOOCH3 - chumoli metil efiri.
Do'stlaringiz bilan baham: |