Falsafiy antropologiya


Falsafiy antropologiyaning predmeti va vazifalari



Download 127 Kb.
bet10/19
Sana01.01.2022
Hajmi127 Kb.
#283654
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Falsafiy antropologiya

Falsafiy antropologiyaning predmeti va vazifalari. Falsafiy antropologiya izlanishlarining bosh mo‘ljali va o‘zagini inson va faqat inson tashkil etadi. Shu ma'noda falsafiy antropologiyani antropotsentristik falsafiy ta'limot deb nomlash mumkin, chunki unda inson atrofida borliqning boshqa barcha muammolari aylanuvchi o‘ziga xos «markaziy o‘q» hisoblanadi.

Falsafiy antropologiyaning antropotsentrizmi falsafaning tadqiqot markazida inson turishi bilangina emas, balki uning barcha maktablari uchun inson dunyoning markazi hisoblanishi bilan ham belgilanadi. Mazkur yondashuv zamirida antik falsafaning Protagor ta'riflab bergan «Inson hamma narsalar mezonidir», degan tamoyili yotadi. Falsafiy antropologiyaning antropotsentrizmi yevropa madaniyati asoslaridan biri sanalgan xristianlik mafkurasidan ham kelib chiqadi. Aynan xristianlik dunyoviy hayot markaziga insonni qo‘yadi, uni Xudo o‘ziga o‘xshatib yaratgan, degan g‘oyani ilgari suradi.

Shu nuqtai nazardan xristiancha madaniyat vakilining mentaliteti asosida shakllangan falsafiy antropologiyani sharq falsafiy maktablari bilan taqqoslash o‘rinli bo‘ladi. Shu narsa diqqatga sazovorki, sharq falsafasida inson hyech qachon dunyoning markazi hisoblanmaydi, zero u tabiatning tarkibiy qismi, uning uzviy elementi, Koinotning ko‘p sonli darajalaridan biri sifatida qaraladi. Sharq falsafasida antropotsentrizm yo‘q, umuman olganda falsafiy antropologiya ham mavjud emas. Bu falsafada inson dunyoning tabiiy bir bo‘lagi, tabiatning ajralmas elementi hisoblanadi. Tabiatning o‘zi esa mukammal bo‘lib, inson unga qarshi turmasligi, balki uning izmiga bo‘ysunishi lozim.

Shunday qilib, ko‘pgina faylasuflar tomonidan qo‘yilgan «Inson nima?», degan savol yevropa falsafiy antropologiyasi uchun uning falsafiy muammolari majmuini belgilovchi bosh masala hisoblanadi (va u falsafiy tafakkurning boshqa yo‘nalishlaridan ayni shu jihatdan farq qiladi). Falsafiy antropologiya insonning borlig‘i nuqtai nazaridan inson haqidagi ta'limotdir. Inson va uning borlig‘i to‘g‘risidagi mulohazalar muammolarning keng doirasini qamrab oladi. Bularning barchasi antropologizm, ya'ni insonning mohiyati muammolarini izchil o‘rganuvchi tadqiqotlarning alohida yo‘nalishi – tor ma'nodagi falsafiy antropologiya to‘g‘risida so‘z yuritish imkonini beradi. Keng ma'noda esa falsafiy antropologiya shu jumladan inson, uning tabiat va jamiyatdagi borlig‘i haqidagi ta'limotni ham o‘z ichiga oluvchi falsafiy qarashlar tizimi sifatida maydonga chiqadi.




Download 127 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish