Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma’ruza rejasi


Tulenov Jondor (1927-2002)akademik, falsafafanlaridoktori, professor



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/46
Sana26.04.2022
Hajmi0,63 Mb.
#582759
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46
Bog'liq
1-мавзу.Маърўза матни pdf

Tulenov Jondor (1927-2002)akademik, falsafafanlaridoktori, professor. 
Asosiy ijodi 
dialektika va bilis hnazariyasi, ilmiy tafakkur uslubi masalalariga bag‘ishlangan. XXasrning 
70-80 yillarida falsafani o‘rganishda nisbatan erkinlik shakllandi va shubois dialektik
mantiqning rivojiga yo‘l ochildi. O‘zbekistonda J.Tulenovning dialektika maktabi shakllandi.
Qozog‘istonlik o‘zbek olimi 1971 y ildan O‘zbekistonda ilmiy faoliyatini davomettiradi. U
350 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.
Valiev Abdulxay (1929-2002) akademik, falsafa fanlari doktori, professor.
Asosiy ilmiy 
ijodi jamiyat taraqqiyotida milliy ziyolilarning roli masalalariga bag‘ishlangan. U bu jarayonning 
o‘ziga xos xususiyatlarini, O‘zbekistonda milliy ziyolilar faoliyatini takomillashtirish zarurligini 
asoslagan. Sovet tuzumi hukmronligi avj olgan 1966 yilda A.Valiev ”O‘rta Osiyoda milliy 
ziyolilarning shakllanishi” asarida ishchi dehqonlar orasidan iqtidorlilarini tanlab, milliy rahbar 
kadrlarni tayyorlash lozimligi haqidagi g‘oyani ilgari surgan. U turli toifadagi ziyolilar 
dunyoqarashi, ongi, psixologiyasi, kayfiyatidagi ziddiyatlarni ochib berishga harakat qilgan. 
A.Valiev 30 yillarda qatag‘on qilingan mashhur davlat arboblari, milliy ziyolilar F.Xo‘jaev va 
T.Risqulovning mash'um taqdiri haqida ochiq fikr yuritgan. 1969 yilda esa O‘rta Osiyodagi 
milliy ziyolilarning davlat boshqaruvidagi roli masalasiga bag‘ishlangan asarida 1917-1960 
yillardagi ziyolilarning ijtimoiy evolyusiyasi, ishlab chiqarish sohasidagi ziyolilarning xalq 
xo‘jaligini tiklashdagi roli, ilmiy texnikaviy taraqqiyotda ilmiy ziyolilar faoliyatining o‘rni, 
milliy ziyolilarning jamiyat ma'naviy hayotiga ta'siri haqida fikr yuritadi.
 
Yusupov Erkin (1928-2003) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. 
Asosiy 
ilmiy ijodi ijtimoiy falsafa va madaniyat nazariyasi sohasi bilan bog‘liq. U mustaqillikning 
dastlabki kunlaridayoq millatlararo munosabatlar sohasida mamlakatda uzoq yillar davomida 
to‘planib qolgan hal etilmay kelgan qator muammolar, ularning paydo bo‘lish, rivojlanish va 
keskinlashish sabablari, ob'ektiv omillari va sub'ektiv zaminlarini tahlil etgan. Shuningdek 
E.Yusupov milliy manfaatlar va milliy munosabatlarning dialektik aloqadorligi, millatlar 
rivojlanishining ijtimoiy iqtisodiy muammolariga e'tibor bergan. E.Yusupov o‘zining “Inson 
kamolotining ma'naviy asoslari”asarida inson ma'naviy kamolotining jamiyat taraqqiyoti bilan 
o‘zaro bog‘liqligi, axloq, imon, vijdon, e'tiqod, madaniyat, ma'rifat kabi omillarning jamiyat 
taraqqiyotiga ta'siri, ular yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy yo‘llaridan biri 
ekanligini tahlil etgan. Xususan, u “Axloqning mezonlari jamiyat taraqqiyotining umumiy 
imkoniyatlari va ehtiyojlari alohida etnik guruhlar yashayotgan, mehnat qilayotgan sharoitlar 
ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Barcha insoniyatga xos bo‘lgan ruhiy boylik-
axloq turli konkret tarixiy sharoitlarda, turli mamlakatlar va xalqlarda o‘ziga xos shakllarda 
namoyon bo‘ladi”
35
deb ta'kidlaydi. ”Oila ma'naviyat bulog‘i” asarida E.Yusupov mustaqillik 
yillarida O‘zbekistonda oilani mustahkamlash, ko‘p bolali oilalarni ijtimoiy himoyalash, 
ma'naviy yetuk, jismoniy sog‘lom avlodni tarbiyalash borasida ko‘rilayotgan tadbirlar haqida 
fikr yuritadi, shuningdek oilada ota-ona ibrati, farzandlik burchi, farzand tarbiyasiga xos bo‘lgan 
axloqiy qadriyatlar, oilaviy munosabatlarning diniy va milliy jihatlariga e'tibor qaratadi. Uning 
fikricha “Ahil oilada hal qiluvchi so‘zni ota aytadi, bu so‘zdan oldin u albatta oila a'zolarining 
fikr va manfaatini e'tiborga oladi, shu sababli ham milliy an'analarimizda otadan oldin so‘zlash 
yoki ota o‘rniga so‘zlash, uning so‘zini bo‘lish ham beodoblikning belgisi hisoblanadi”
36

35
Yusupov E. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. -T.: Universitet, 1997.-B.37. 
36
Yusupov E. Oila ma’naviyat bulog‘i. -T.: UAJBT markazi, 2003.-B.37 


E.Yusupovning so‘nggi “Falsafa – bahs va munozaralar maydoni”
37
maqolasida “Falsafa 
shunday fanki uning muammolari tahlilida davrning ildamlab borayotgan ziddiyatli ruhi to‘la va 
to‘g‘ri aks etishi kerak. Falsafa har qanday kashfiyotni, fan sohasidagi yangilikni mutlaq haqiqat 
deb tan olmaydi, har bir muammo tahlilidan oldin bu nima uchun shunday?, boshqacha bo‘lishi 
mumkin emasmi? deb savol qo‘yadi... Falsafa tarixida jamiyat va fan taraqqiyoti oldiga bunday 
savollar qo‘yilmagan davr bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham, shu sababli falsafiy muammolar tahlili 
doim keskin bahs va munozaralar maydoni bo‘lgan”
38
deb ta'kidlaydi. E.Yusupov milliy kadrlar 
tayyorlash masalasiga ham jiddiy yondoshgan. Olim umrining oxirigacha O‘zMU falsafa 
fakultetida talabalarga falsafa ilmidan dars bergan.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish