Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma’ruza rejasi



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/46
Sana26.04.2022
Hajmi0,63 Mb.
#582759
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46
Bog'liq
1-мавзу.Маърўза матни pdf

Benedikt (Barux) Spinoza
(gollandiyalik faylasuf 1632-1677) R.Dekartning substansiya 
haqidagi dualistik ta'limotiga zid o‘laroq, dunyo haqidagi monistik ta'limotni yaratdi. Uning 
monizmi panteizm ko‘rinishida namoyon bo‘ladi: o‘z ontologiyasida Spinoza Xudo va tabiatni 
ayniylashtiradi, bunda Xudo yaratuvchi tabiat va yaratilgan tabiat sifatida amal qiladi. Ayni 
vaqtda B.Spinoza birgina moddiy substansiya mavjud bo‘lib, uning asosiy atributlari ko‘lamlilik 
va fikrlashdir, degan fikrni ilgari suradi. Shunday qilib, butun tabiat u Xudo bo‘lgani uchungina 
emas, balki unga fikrlash xos bo‘lgani uchun ham jonli hisoblanadi. Spinoza butun tabiatni 
jonlantirib, shu tariqa gilozoist-faylasuf sifatida ham namoyon bo‘ladi.
U moddiy substansiya atributlari ham materiya kabi abadiy: ular hyech qachon vujudga 
kelmaydi va yo‘q bo‘lmaydi deb hisoblagan. Faylasuf substansiyaning konkret holatlari – 
moduslarga ko‘p e'tibor beradi. U moduslarni ikki guruhga ajratadi: abadiy, cheksiz moduslar va 
muvaqqat, chekli moduslar. Cheksiz moduslar substansiya atributlari – fikrlash va ko‘lamlilik 
bilan, chekli moduslar esa - qolgan barcha narsalar va hodisalar bilan belgilanadi. 
Spinoza harakat hyech qanday ilohiy turtki mahsuli emasligini isbotlashga harakat qiladi. 
Uning fikricha, tabiat «o‘z-o‘zining sababi» bo‘lib, harakat uning mohiyati va manbai 
hisoblanadi. Ammo harakat Spinozada atribut emas, balki modusdir. Bunda harakat muayyan 
narsalarda kuzatiladi, substansiya esa harakatlanish va o‘zgarish qobiliyatidan mahrum va vaqtga 
mutlaqo bog‘liq emas.
Ayni zamonda Spinoza – izchil determinist. U hodisalarning yuz berishi, mavjudligi va 
yo‘q bo‘lishi zamirida ob'ektiv sabablar yotadi, deb hisoblagan. Uning fikricha, sababiyat ikki 
xil: ichki (immanent) va tashqi (mexanik) bo‘ladi. Ichki sababiyat substansiyaga, tashqi 
sababiyat – moduslarga xos. Spinoza sababiy bog‘lanishlarnigina emas, balki tasodif, zaruriyat 


va erkinlik munosabatlarini ham determinizm nuqtai nazaridan o‘rganadi. O‘zining «Etika» 
asarida u tasodifni zaruriyat bilan bir qatorda mavjud bo‘lgan ob'ektiv hodisa sifatida e'tirof 
etadi. 
B.Spinoza bilishning uch turini farqlaydi: faqat mujmal va haqiqiy bo‘lmagan 
tasavvurlar beruvchi hissiy bilish; moduslar haqida bilim olish uchun imkoniyat yaratuvchi aql 
yordamida bilish; bilishning eng oliy shakli – haqiqatga yo‘l ochuvchi intuitsiya.
Intuitiv yo‘l 
bilan aniqlangan haqiqatlar (aksiomalar)dan deduktiv yo‘l bilan – matematika metodlari 
yordamida qolgan barcha xulosalar chiqariladi.
Spinoza ilgari surgan g‘oyalar o‘sha davrda fanda hukm surgan teleologizm (tabiatda 
Xudo ato etgan maqsadga muvofiqlik)ga qarshi qaratilgan.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish