Falsafadan test 20 ta
1.Falsafa qachon va qaerda fan bo'lib shakllangan?
A) Miloddan avvalgi VI-V asrlarda, Yunonistonda;
B) Miloddan avvalgi P-ming yillikning 2-yarmida Markaziy Osiyoda;
C) Miloddan avvalgi SH-ming yillik boshlarida Misrda;
D) Miloddan avvalgi VI-V asrlarda, Hindistonda.
2.Falsafada tabiat «g'oyalar dunyosining» hosilasi degan ta'limot dastlab kim tomonidan asoslangan?
A) Platon. C) Demokrit
B) Zardo'sht D) Aristotel
3.Qadimgi Yunonistonda materiya harakati inkor etiladigan falsafiy ta'limotning asoschisi kim?
A) Zenon. C) Aristarx.
B) Pifagor. D) Ptolomey.
4. Qadimgi Yunon falsafasida atomlar nazariyasining asoschisi kim?
A) Levkipp-Demokrit. C) Lukretsiy.
B) Epikur. D) Aristotel`.
5. Pifagor ta'limoti bo'yicha «tabiatdan oldin» nimaning mavjudligi e'tirof etiladi?
A) Har qanday miqdorni ifoda etuvchi sonlar mavjudligi
B) Moddiy substantsiya mavjud deb tushunilgan;
C) Geometrik shakllar va matematik sonlar mavjud bo'lgan;
D) Vaqt va fazo mavjud edi deb tushunilgan;
6. Platon ta'limotidagi ideal jamiyatda davlatni kimlar boshqarishi zarur deyilgan?
A) Faylasuflar;
B) Buyuk lashkarboshilar;
C) Saylanib qo'yiladigan xalq vakili;
D) «b» va «c» xollarda.
7.Aristotel` falsafasidagi «moddiy olam to'rtta unsurdan tarkib topadi» deganda nimalarni
ko'zda tutgan edi?
A) Yer, suv, olov, havo;
B) Yer, quyosh, oy, yulduzlar;
C) Tosh, tuproq, suv, efir;
D) Jism, harakat, fazo, vaqt.
8.Eng yangi davr G'arbiy Yevropa falsafasi qaysi asrlarni o'z ichiga oladi?
A) XIX asr oxiri XX asr;
B) XVIII - XIX - XX - XXI asrlar;
C) XX - XXI asrlar;
D) XIX - XX asrlar;
9.Sotsiologiya fanining asoschisi kim?
A) O.Kont. C) Gegel`.
B) G.Gesse. D) L.Feyerbax.
10. Borliqni asosi, bilish muammolari, insonning vazifasi va olamdagi o’rnini qaysi fan o’rganadi?
A)falsafa C) gnoseologiya
B) ontologiya D) etika
11. Farobiy «falsafa» so`zini nima deb talqin etgan?
A) hikmatni qadrlash C) Donolikka muhabbat
B) donolik D) borliq
12. «Mavjudot haqidagi bilish qo`lga kiritilsa, shu haqda ta'lim berilsa, mavjudotdan bo`lgan narsaning zoti bilinsa, narsaning ma'nosi tushunilsa, ishonchli dalil hujjatlar asosida shu narsa haqida miyada bir turli ishonch tasavvur paydo bo`lsa, mana shu ma'lumotga doir fanni falsafa deymiz!» bu fikr kimga tegishli?
A) Beruniy C) Forobiy
B) Rumiy D) Ibn Sino
13. Qadimgi Xitoy falsafiy ta’limotlarida olam nachta unsurdan tashkil topgan deb uqtiriladi?
A) 3ta C) 8ta
B) 5ta D) 4 ta
14. Qaysi faylasufni «Keksa donishmand», «Qari bola» deb atashgan ?
A) In Ven C) Sun szyan
B) Tyan Pen D) Lao-Szi
15. Markaziy Osiyo hududida yashagan avlod ajdodlarimizning qimmatbaho falsafiy fikrlari haqidagi ma'lumotlarga ega bo`lishimizda qanday tarixiy hujjatlar muhim sanaladi?
A) «Avesto» C)«Denkard»
B)«Behistun» D) barcha javoblar to’g’ri
16. «Oqar suvga ikki marta tushish mumkin emas, chunki suv har daqiqada yangilanib turadi» - bu fikr kimga tegishli?
A)Fales C)Anaksiman
B)Anaksimandr D) Geraklit
17. Dunyoni bilish jarayoni, avvalo raqamlarni bilishdan boshlanishi kerak - bu fikr kimga tegishli
A)Fales C)Anaksiman
B)Pifagor D) Geraklit
18. «G’oyalar dunyosi va soyalar dunyosi» ta'limotining asoschisi kim?
A) Aflotun C)Anaksiman
B)Pifagor D) Geraklit
19. «Astranomik jadvallar», «Quyosh soati to`g`risida risola», «Hind hisobi to`g`risida risola», Bu asarlar kimga tegishli?
A) Forobiyga
B) AL Beruniyga
C) Abu Abdulla Muhammad ibn Muso Xorazmiy
D) Faxriddin Roziyni
20. Insoniyat jamiyatidagi ijtimoiy faoliyatlar o`zaro munosabatlari, ideallari, maqsadlari, orzu umidlari bilan birgalikda nimani tashkil etadi?
A) virtual olam C) ijtimoiy olam
B) ma’naviy olam D) real olam
Do'stlaringiz bilan baham: |