19) Konfusiylik; Daosizm.
Qadimgi Xitoyda Lao-Szi falsafiy ta’limoti bilan deyarli bir davrda Kun-Szi Konfusiy -
miloddan avvalgi 551-479)ning falsafiy ta’limoti ham paydo bo‘ldi. Konfusiy - Qadimgi Xitoy faylasufi
va pedagogi, konfusiylikning asoschisi. Konfusiy, garchi, samoni oliy ruhiy qudrat, ajdodlarga
qurbonlik keltirishni ularni e’zozlashning asosiy ifodasi deb bilsa ham, o‘z ta’limotida osmon sirlari
muammolarini deyarli tilga olmagan hamda ruhlar va narigi dunyo kabi tushunchalarga kam e’tibor
bergan. Konfusiyning falsafiy va axloqiy g‘oyalari markazida inson, uning aqliy va ma’naviy qiyofasi,
olamdagi hamda jamiyatdagi o‘rni, vazifasi muammolari turadi.Konfusiy fikricha olamdagi barcha
mavjudot singari insonning taqdiri ham samoviy qudratga bog‘liq. Shuning uchun odamlarning
oliyjanobligi yoki tubanligi, oliy yoki past tabaqaga mansubligini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Konfusiyning
falsafiy ta’limoti keyinchalik Xitoydahukmron dinlarning biriga aylangan va konfusiylik deb nom olgan
dinning asosi bo‘ldi. milodning boshlarida). Konfusiylik manbai - Konfusiy izdoshlari yozgan “Lung-
Yuy” Suhbatlar va mulohazalar, miloddan oldingi VI asr) kitobidir. Konfusiylik Lao-Szi ta’limotidan
tubdan farq qiladi. U jamiyatni ijtimoiy larzalardan asrab qolishga intilgan feodal amaldorlarning
qarashlari va manfaatlarini himoya qigan. Konfusiylikning maqsadi - xalqni mavjud tartib-qoidalarni
hurmat qilish ruhida tarbiyalashdir. Bu din aqidasiga ko‘ra, jamiyatda osmondan yuborilgan “Jeng”
Insonparvarlik) qonuni amal qiladi. Bu qonunni o‘rganib olish uchun inson “Li”ga, ya’ni ijtimoiy axloq
normalariga, qoidalariga, an’anaviy marosimlarga amal qilishi, o‘zining jamiyatdagi darajasiga qarab
ish tutishi zarur.
Daosizm - aslida falsafiy ta’limot bo‘lib, u miloddan avvalgi IV-III asrlarda Xitoyda paydo
bo‘lgan. Uning asosida miloddan avvalgi II asrda daosizm dini shakllandi. Daosizmning falsafiy
prinsiplari “Dao-Deszin” kitobida bayon etilgan. Bu asar o‘tmishdagi Xitoy donishmandi Lao-Szi
qalamiga mansubdir. Lao-Szining tarixiyligi xususidagi masalaga sinologlar shubha bilan qaraydilar.
Asarning asosiy tushunchasi “dao” yo‘l) bo‘lib, u olamning mohiyati va bosh sababi, dunyoning turli-
tumanligi manbai, barcha narsalarning onasi deb tushunilgan. Bu, go‘yo qandaydir yo‘l bo‘lib, atrofni
o‘rab olgan olam va barcha kishilar shu yo‘l bilan borishi lozim. “Dao” diniy mazmun kasb etgan
yo‘lgina bo‘lib qolmay, ayni paytda u hayot tarzi, usuli, prinsiplari ham edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |