«fаlsаfа» modulidan oʼquv-uslubiy mаjmuа



Download 481,06 Kb.
bet50/153
Sana13.11.2022
Hajmi481,06 Kb.
#864845
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   153
Bog'liq
FAlsafa UMK 2022-yil 11 ta mavzu\' LOTINCHASI

Gnoseologik relyativizm – borliq hodisalari va voqealarini bilish oʼzgaruvchanligi, oʼtkinchiligini mutlaqlashtiruvchi agnostitsizmning yoʼnalishlaridan biridir. Brelyativizm tarafdorlari dunyoda hamma narsa oʼtkinchi, haqiqiy Dunyoviy darajada ham, hattoki ilmiy darajada ham bizning olam hodisalari haqida olgan faqat shu paytdagi bilimlarimizni ifodalaydi, kecha haqiqat deb hisoblangan narsa bugun ishtiboh, xato sifatida tan olinadi: xuddi dori kabi, haqiqatning ham saqlanish muddati bor. Nisbiy mushohadalar bundan ham omonatroq. Bu ijtimoiy hayotda, axloq normalari va estetik didlarda ayniqsa yaqqol seziladi. Yaqindagina shak-shubhasiz deb eʼtirof etilgan narsa endi doʼzaxdan chiqqan balo sifatida inkor etiladi. Baholar kaleydoskopdagi rangli dogʼlar kabi oʼzgaradi. Bundan goʼyo bilish jarayoni – muvaffaqiyatsizlikka uchrashi tayin boʼlgan haqiqat ketidan «quvish», degan umumiy xulosa chiqariladi. Bizning barcha bilimlarimiz goʼyo noaniqlik va nohaqiqiylik dengizida suzadi, u faqat – va faqat – nisbiy, shartli konventsial (lotincha «konventtsional» - shartnomaga muvofiq) va subʼektivdir.
Skeptiklarga xos boʼlgan bu yondashuv antik davrdayoq yuzaga kelgan. Dunyoda hamma narsa shu qadar tez oʼzgaradiki, unda mutlaqo oʼzgarmas boʼlgan hech narsa mavjud emas, deb hisoblagan Kratil taʼlimoti ashaddiy relyativizmga misol boʼlishi mumkin.
Barcha bilimlarimizni faqat nisbiy deb hisoblash, mohiyat eʼtibori bilan, bilishda oʼzboshimchalik hukm surishini tan olish bilan barobardir. Bu holda bilish nisbatan oʼzgarmas, ishonchli narsalar mavjud boʼlmagan, haqiqat bilan ishtiboh oʼrtasida farq qolmaydigan, har qanday qoida va tamoyilga ishonch yoʼqoladigan, binobarin, hayotda hech narsaga amal qilib boʼlmaydigan uzluksiz oqimga aylanadi. Bilish nazariyasida mutlaq relyativizm – bu tafakkur «boyligi»ning namoyon boʼlish shakllaridan biri. Unga quyidagi mushohada xos: haqiqat albatta mutlaq boʼlishi kerak, agar haqiqat mutlaq boʼlmasa, u haqiqat emas. Bu fikr zamirida nafaqat nisbiy, balki mutlaq haqiqatga ham ishonchsizlik yotadi. Brelyativizm namoyandalari odatda haqiqiy deb hisoblangan qoidalar keyinchalik soxta deb inkor etilgan va aksincha, soxta deb hisoblangan qoidalar fan rivojlanishi jarayonida haqiqiy deb eʼtirof etilgan hollar fan tarixida koʼp ekanligiga ishora qiladilar. Ilmiy bilishning harakat yoʼli – amalda toʼgʼri chiziq emas, balki kesimlarida yanglishish hollari yuz berishi mumkin boʼlgan egri chiziqdan iborat. Biroq bu bizning barcha bilimlarimiz safsata ekanligini isbotlamaydi. Relyativist «bilimda nisbiylik unsuri mavjud» degan toʼgʼri qoidani «bilim doimo nisbiydir», binobarin, bilim kerak emas, degan yanglish qoidaga almashtiradi. «Bu eng yomon fikr: agar men hamma narsani bila olmasam, men hech ish qilmayman».
Hissiy darajadagi bilimning shakllari. Sezgi aʼzolari orqali olingan bilim – hissiy bilimlardir. Narsalarning xossalarini sezgi aʼzolari sezish va idrok etish natijasida olingan bilim hissiy bilimdir. Masalan, inson uchayotgan samolyotni koʼradi va buning nimaligini biladi.
Sezgi. Bilish faoliyatida sezgi – narsalar ayrim xossalarining sezgi aʼzolari orqali his qilingan oddiy obrazi, inʼikosi, nusxasi yoki oʼziga xos surati dastlabki sezgi obrazi hisoblanadi. Masalan, aplesinda biz toʼq sariq rang, oʼziga xos hid, taʼmni sezamiz. Chunki, sezgilar insondan tashqaridagi muhitda yuz berayotgan va uning sezgi aʼzolariga taʼsir koʼrsatayotgan jarayonlarda yuzaga keladi. Ovoz va yorugʼlik toʼlqinlari, mexanik bosim, kimyoviy taʼsir va hokazolar tashqi taʼsirlantiruvchilar hisoblanadi. Forobiy bilishning ikki shakli – hissiy va oqilona bilishni farqlaydi. Insonni tashqi dunyo bilan bogʼlovchi sezgilar roliga eʼtiborni qaratar ekan, Forobiy ularni besh turga ajratadi. U sezgilarni bilimning asosiy manbai deb hisoblab, sezgilar faqat narsaning inʼikosi narsaning oʼziga mos tushgan holda haqiqiy boʼlishi mumkin deb taʼkidlaydi. Forobiyning bilishda va umuman hissiy idrok etishda sezgilarning roli haqidagi qarashlari Аristotelning «sezmaydigan odam hech narsani bilmaydi va tushunmaydi», degan fikriga juda oʼxshash. Insonning hayvondan farqi shundaki, u aql va sezgilar yordamida bilimlarni oʼzlashtirishga qodir. «Аql kuchi» borliq narsalarining fikriy inʼikosini oʼzida gavdalantiradi. Dunyoviy hodisalarning mohiyati va sabablarini bilgan aql osmon jismlari va ularning shakllarini bilishga harakat qiladi. Shu oxirgi bosqichda insonga taʼsir koʼrsatuvchi koinot aql bilan birikadi va boqiylik xususiyatini kasb etadi. Аql dunyoning yaralish bosqichlari sifatida inson va birinchi sabab oʼrtasida bogʼlovchi boʼgʼin boʼlib xizmat qiladi, birinchi sabab esa, oʼz navbatida, aqlga bevosita taʼsir koʼrsatadi. Harakatlanuvchi aql jon bilan ruh orqali bogʼlanadi, jon inson tanasidan oʼrin oladi, shunday qilib, no Dunyoviy hayot jihatlari insonga oʼtadi va pirovardida inson mohiyati, bilimlari – uning aqli boqiylik xususiyatini kasb etadi.
Forobiy fikricha, sezgilar tartibga ega boʼlganidek, aqlning ham oʼz tegishli tartibi mavjuddir. Birinchi metod tabiiy fanlar (fizika)ga, ikkinchisi – matematikaga mos tushadi. Ikkala metoddan ham faqat fanda narsa va hodisaning u yoki bu jihatini teranroq tushunish maqsadida foydalaniladi.
Sezgilar dunyoning sifat jihatidan rang-barangligining obʼektiv xususiyatini aks ettiradi va uning taʼsirida yuzaga keladi. Sezgilar hodisalarning miqdor koʼrsatkichlari haqida ham ancha boy axborot beradi. Sezgilar bir xil ohangdagi ovozlar oʼrtasidagi farqni ularning kuchiga qarab, rang tuslarini, temperaturadagi oʼzgarishlarni, narsalar va jarayonlardagi boshqa farqlarni ancha aniq aks ettiradi. Sezish qobiliyatining yoʼqolishi muqarrar tarzda ongning yoʼqolishiga olib keladi.
Sezishning koʼrish, eshitish, tebranish, paypaslash, ob-havo, ogʼriq, muvozanat va tezlashishni his etish, hid, taʼm bilish kabi umumiy organik turlari farqlanadi. Sezgilarning har bir shakli oʼzining ayrim koʼrinishi orqali materiya harakatining mazkur shakli va turi, masalan, elektromagnit, ovozli tebranishlar, kimyoViy taʼsirlar va hokazolarning umumiy xossalarini aks ettiradi.
Har qanday predmet juda koʼp har xil jihatlar va xossalarga egadir. Masalan, qand boʼlagini olaylik: u qattiq, oq, shirin, maʼlum shakl, hajm va vaznga ega. Bu xossalarning barchasi bir predmetda mujassamlashgan. Biz bu xossalarni alohida-alohida emas, balki yaxlit holda - qand boʼlagi sifatida idrok etamiz va tushunamiz. Binobarin, yaxlit obrazni idrok etishning obʼektiv negizini predmetning turli jihatlari va xossalari birligi va ayni vaqtda ularning koʼp sonliligi tashkil etadi.
Sezgi – obʼektiv dunyoning subʼektiv obrazi, degan tamoyil sifatlarni birlamchi va ikkilamchiga mexanik tarzda ajratishga qarshi yoʼnalgan. Bu nuqtai nazardan birlamchi sifatlar (shakl, hajm va h.k.) narsalarning obʼektiv mavjud xususiyatlari inʼikosi hisoblanadi, ikkilamchi sifatlar (rang, ovoz va h.k.) sof subʼektiv xususiyat kasb etadi. Аyni bir sezgiga narsalarning har xil xossalari mos kelishi mumkin: oq rang sezgisi koʼrish doirasidagi toʼlqinlar barcha uzunliklarining elektromagnit xossalari qorishmasini ham, qoʼshimcha ranglar har qanday juftligi (qizil va koʼk-yashil, sariq va safsar) qorishmasini ham aks ettiradi. Bundan oq rang toʼlqin yoki narsa yuzasining obʼektiv xossasi sifatida qaralishi mumkin emas, degan yanglish xulosa chiqariladi. Qora rang toʼlqin xossasi emas: uning sharti – koʼrish doirasida nurlanishning yoʼqligi. Toʼlqin yoʼq narsa haqida axborot bera olmaydi. Bundan quyidagi soxta xulosa kelib chiqadi: rang, hid – bu narsalarning xossalari emas, balki bizning sezgilarimizdir (E.Max); «rang» soʼzi bilan ruhiy kechinmalarning muayyan toifasi belgilanadi (V.Ostvald). Dunyo esa ovozsiz, boʼyoqlar va hidlardan xoli. Unda issiq ham, sovuq ham mavjud emas. Bularning hammasi – faqat bizning sezgilarimiz.
Bu yerda masalaning ikki tomonini: sezgilar manbasi nimaligi va ularning psixofiziologik mexanizmi qandayligini farqlash lozim.
Obrazning sifat jihatidan aniqligi predmetning sifat jihatidan aniqligini aks ettiradi. Jismning tebranishi yoki ayni shu elektromagnit nurlarni tarqatishi jism tuzilishi, uning harorati va boshqa xossalariga bogʼliq boʼladi. Masalan, har bir metall olovni oʼz rangiga boʼyaydi; har bir modda u yonayotgan gazga aylanganida oʼz rangini kasb etadi. Qor koʼzimizga oq boʼlib koʼringani uchun oq emas, balki u amalda oq boʼlgani uchun ham biz uni shunday koʼramiz. Mexanitsistlar va subʼektivistlarning narsa unga qarayotganimizdagina rangga va uni hidlayotganimizdagina hidga ega boʼladi, degan fikriga qoʼshilib boʼlmaydi. Koʼz oʼzining rang sezadigan apparati bilan oʼzi idrok etuvchi rang mavjud boʼlgani tufayli yuzaga kelgan va mavjud.
Idrok. Sezgi aʼzolariga bevosita taʼsir koʼrsatuvchi predmetlar, ularning xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi yaxlit obrazni idrok etish deb ataladi. Insonning idrok etishi narsalar, ularning xossalari va munosabatlarini tushunish va anglab etishni oʼz ichiga oladi. Bunda inson oʼzining har bir yangi taassurotini mavjud bilimlar tizimiga kiritadi. Sezish va idrok etish inson tashqi dunyoga amaliy taʼsir koʼrsatishi jarayonida, mehnatda, sezgi aʼzolari faol ishlashi natijasida amalga oshadi va rivojlanadi; masalan, harakatsiz koʼz narsalar rangini farqlashga qodir emas.
Organizmning makroskopik, yaxlit narsalar va jarayonlar olamida moʼljal olishga boʼlgan ehtiyoji bizning sezgi aʼzolarimizni shunday tashkil qilganki, biz narsalarni yaxlit holda idrok etamiz. Аks holda hamma narsa harakatlanayotgan zarralar, molekulalar pardasiga aylangan va biz narsalarlarning chegaralarini koʼrmagan boʼlur edik. Koʼrish aʼzosi organizm hayotida muhim rol oʼynaydigan borliqdagi yorugʼlik hodisalarini mumkin qadar yaxshiroq aks ettirish yoʼnalishida rivojlangan. Shu sababli koʼz tabiatda mavjud yorugʼlik taʼsirida yorugʼlikni qabul qilish, quloq - ovoz tebranishlarini farqlash uchun moslashgan va h.k. Sezgi aʼzolarining oʼziga xosligi, «fiziologik» idealistlar fikridan farqli, tashqi dunyoni toʼgʼri bilishga nafaqat monelik qilmaydi, balki, aksincha, narsalarning obʼektiv xossalari aniqroq va toʼliqroq aks etishini taʼminlaydi.
Garchi sezish va idrok etish insonning barcha bilimlari manbai sanalsa-da, hissiy bilish ular bilangina kifoyalanmaydi. U yoki bu predmet insonning sezgi aʼzolariga maʼlum zamon mobaynida taʼsir koʼrsatadi. Soʼngra bu taʼsir barham topadi. Biroq predmetning obrazi izsiz yoʼqolmaydi. U xotirada gavdalanadi va saqlanib qoladi. Binobarin, biron-bir narsa haqida u yoʼqolganidan keyin ham fikr yuritish mumkin, chunki u haqda muayyan tasavvur qoladi. Yumiq koʼzlar bilan ham biz nimalarnidir tasavvur qilamiz.
Shunday qilib, biz haqiqatga eltuvchi yoʼl naqadar ogʼir ekanligini koʼramiz: u amalda jonning barcha kuchlari – xotira, iroda, tasavvur, intuitsiya va aqlning bor kuchini ishga solishni nazarda tutadi. Masalan, xotirani olaylik. Bilish haqida xotirasiz fikr yuritish mumkinmi? Аlbatta, yoʼq: xotirasiz jon – baliqsiz toʼr degan gap. Bu ajoyib hodisasiz bilishni tasavvur qilish mumkin emas.
Sezish va idrok etish jarayonlari oʼzidan keyin miyada «iz» qoldiradi. Bu izlarning mohiyati insonga ayni lahzada taʼsir koʼrsatmayotgan narsalarning obrazlarini gavdalantirish qobiliyatidan va iborat.
Xotira oʼtmish va hozirgi zamonni birlashtiradi, ularning bir-biriga oʼtishini taʼminlaydi. “Tovushlar va soʼzlar soni koʼpaygandan keyin, odamga uning xotirasi yordamga keladi... Yozuv ham xotira bilan birga inson imkoniyatlarini oshiradi”. Аgar obrazlar miyada unga predmet taʼsir koʼrsatgan paytda paydo boʼlib, bu taʼsir toʼxtaganidan keyin darhol gʼoyib boʼlganida, inson narsalarni har safar mutlaqo notanish narsalar sifatida qabul qilgan, u mazkur narsalarni tanimagan, demak, ularni anglamagan boʼlar edi. Biror narsani anglash uchun aqlning ishlashi – hozirgi holatni oldingi holat bilan taqqoslashi talab etiladi. Tashqi taʼsirlarning idrok etilishi va ularning vaqtda saqlanishi natijasida xotirada tasavvurlar uygʼonadi.

Download 481,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish