«fаlsаfа» modulidan oʼquv-uslubiy mаjmuа



Download 481,06 Kb.
bet58/153
Sana13.11.2022
Hajmi481,06 Kb.
#864845
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   153
Bog'liq
FAlsafa UMK 2022-yil 11 ta mavzu\' LOTINCHASI

Birinchidan, falsafa, dunyoqarashni shakllantirar ekan, inson faoliyati yoʼnalishini koʼp jihatdan belgilaydigan muayyan moʼljallar beradi. Shu tariqa falsafa oʼzining dunyoqarashni shakllantirish va aksiologik funktsiyalarini bajaradi.
Ikkinchidan, turli fanlar doirasida oʼrganiladigan murakkab tizimlar haqida yaxlit tasavvur mavjud emasligi bu fanlarning oʼzaro hamkorligi yoʼlida jiddiy toʼsiq hisoblanadi. Shu maʼnoda falsafaning mazkur fan doirasida yuzaga keladigan nazariyalarni umumlashtiruvchi metodologik funktsiyasi ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ilmiy bilimning integratsiyalashuviga koʼmaklashadi.
Uchinchidan, falsafa ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni tarixiy kontekstda tushuntirish imkonini beradi. U jamiyat va tabiat rivojlanishining umumiy qonunlarini taʼriflaydi va shu sababli global muammolarni oʼrganishda ularni ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy bogʼliq boʼlgan qonuniy hodisa sifatida tushunishga yoʼl koʼrsatadi. Shunday qilib, global muammolarning paydo boʼlishi tasodif yoki insoniyatni halokatga oldindan mahkum etuvchi taqdirning hukmi sifatida emas, balki qarama-qarshiliklarga toʼla insoniyat tarixi obʼektiv rivojlanish jarayonining mahsuli sifatida qaraladi.
Toʼrtinchidan, falsafa global muammolar rivojlanishining umumiy tendentsiyasini, ularning oʼzaro aloqasi va bir-birini taqozo etish darajasini falsafiy nuqtai nazardan anglab etish imkonini beradi.
Beshinchidan, falsafa nazariy fikrlash madaniyatini rivojlantirish uchun imkoniyat yaratish orqali maʼnaviy - madaniy funktsiyani bajaradi. Turli xalqlarning falsafa tarixini oʼrganish, ularning madaniyati bilan ham tanishish imkonini beradi. Muayyan xalqlar oldida turgan muammolarning birortasini ham ularning madaniyatiga bogʼlamasdan yechish mumkin emas.
Oltinchidan, global muammolarga oid ilmiy axborotning shiddat bilan oʼsib borayotgan oqimida yanada aniqroq moʼljal olish imkoniyati tabiiy-tarixiy jarayonni yaxlit koʼrish va uni talqin qilishga nisbatan dialektik yondashuv mahsuli hisoblanadi.
Yettinchidan, falsafa inson hayotining mazmuni, oʼlim va umrboqiylik masalalarini kun tartibiga qoʼyadiki, bu insoniyatga global muammolar tahdid solayotgan sharoitda ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.
Nihoyat, falsafaning yana bir muhim metodologik funktsiyasi shundan iboratki, u insoniyatning hozirgi muhim muammolari bilan bevosita bogʼliq boʼlgan va bashariyat rivojlanishining obʼektiv tendentsiyalarini tushunish va anglab etishda ulkan rol oʼynaydigan «tabiat», «jamiyat», «tsivilizatsiya», «ijtimoiy taraqqiyot», «fan-texnika inqilobi» kabi boshqa kategoriyalarni ishlab chiqadi.
Global muammolarning mohiyati. «Hozirgi davrning global muammolari» tushunchasi 1960-yillar oxiri – 1970-yillarning boshlarida keng tarqaldi va shundan beri ilmiy va siyosiy muomala(leksikon) hamda ommaviy ongdan mustahkam oʼrin oldi. Аksariyat hollarda u global sanalmagan voqealar va hodisalarga nisbatan qoʼllaniladigan atama sifatida ishlatiladi. Bunday holga milliy va umumbashariy ahamiyatga molik voqealar tenglashtirilganida, masalan, muayyan bir mamlakatning ijtimoiy muammolarini nazarda tutib, ular «global» deb nomlangan holda duch kelish mumkin.

Download 481,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish