«fаlsаfа» modulidan oʼquv-uslubiy mаjmuа



Download 481,06 Kb.
bet129/153
Sana13.11.2022
Hajmi481,06 Kb.
#864845
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   153
Bog'liq
FAlsafa UMK 2022-yil 11 ta mavzu\' LOTINCHASI

1. Umumiy tasdiq hukmlar. Ular bir vaqtning o‘zida ham umumiy, ham tasdiq bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hamma talabalar mantiq ilmini o‘rganadilar». Bu hukmlar lotin alifbosidagi A harfi bilan belgilanadi va «Hamma S – P dir» formulasi orqali ifodalanadi.
2. Umumiy inkor hukmlar bir vaqtning o‘zida ham umumiy, ham inkor bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hech bir ishbilarmon rejasiz ish yuritmaydi». Bu hukm «Hech bir S - P emas» formulasi orqali ifodalanadi va lotincha E harfi bilan belgilanadi.
3. Juz’iy tasdiq hukmlar bir vaqtning o‘zida ham juz’iy, ham tasdiq bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba’zi talabalar mas’uliyatli». U lotincha I harfi bilan belgilanadi va «Ba’zi S - P dir» formulasi orqali ifodalanadi.
4. Juz’iy inkor hukm bir vaqtning o‘zida ham juz’iy, ham inkor bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba’zi talabalar sport bilan shug‘ullanmaydilar». Uning formulasi «Ba’zi S - P emas» bo‘lib, lotincha O harfi bilan belgilanadi.

9 – MAVZU: ETIKA FANINING PRЕDMЕTI, MOHIYATI, UNING ASOSIY BЕLGILARI VA TUZILMASI. ESTЕTIKA FANINING OB’ЕKTI VA FALSAFIY MOHIYATI (2 soat)
RЕJA:
1. “Etika" fanining predmeti. mohiyati va tuzilishi.
2. Axloqning paydo budishiga oid diniy, ilmiy qarashlar tasnifi.
3. Etika kategoriyalari.
4. Estetika fanining tadqiqot doirasi va maqsadi.
5. Estetikaning amaliy ahamiyati va vazifalari. Estetikaning asosiy kategoriyalari.

1. Axloqshunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan qadimiy fan. U bizda «Ilmi ravish», «Ilmi axloq», «Axloq ilmi», «Odobnoma» singari nomlar bilan atab kelingan. Ovro‘poda esa «Etika» nomi bilan mashhur, biz ham yaqin-yaqingacha shu atamani qo‘llar edik. Uni birinchi bo‘lib yunon faylasufi Arastu muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga bo‘ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga u falsafa, matematika va fizikani; ikkinchi guruhga – etika va siyosatni; uchinchi guruhga esa – san’at, hunurmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi ta’limotni fan darajasiga ko‘targanlar va «Etika» (ta ethika) deb ataganlar.


Odob – inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Xulq – oila, jamoa, mahalla-ko‘y miqyosida ahamiyatli bo‘lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui.
Axloq esa – jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisidir.

2. Amaliy axloqning dastlabki namunalari bundan uch yarim ming yil avval dunyodagi birinchi yozuv bo‘lmish mix xatda giltaxtalarga yozilgan maqol va matallardir. Somir (Shumer) alqovlarida (gimnlarida) deyarli barcha bosh ma’budlar ezgulik, adolat, haqiqat va yaxshilik tarafdorlari bo‘lganlari uchun ham madh etiladi. somiriylarning maqol va matallari, hikmat-iboralari ham diqqatga sazovor; ularning ko‘pchiligi umuminsoniy hikmatlar darajasiga ko‘tarilgan va Sharqda bir oz boshqacharoq shaklda hozir ham qo‘llaniladi. Bundan tashqari, turli axloqiy muammolar esa «Gilgamesh» eposi dostonlarida ko‘tarilgan.


Zardushtiylik dinini ma’lum ma’noda axloqiy e’tiqod, uning muqaddas kitobi «Avesto»ni qadimgi ajdodlarimiz amal qilgan axloqiy tushunchalar va ko‘rsatmalar majmui deyish mumkin. Buni ushbu din payg‘omchisi Zardushtning «Avesto» dagi Asha alqovidan joy olgan quyidagi so‘zlarida yaqqol ko‘rish mumkin: Quvonsin Ahura-Mazda – «Eng loyiq haqning irodasi ro‘yobga chiqib», Axriman daf bo‘lsin. Ezgu o‘y, ezgu so‘z va ezgu ishlarni alqayman,
o‘zimni butkul ezgu uy, ezgu so‘z va ezgu amallarga baxshida etaman,
Barcha qabih uy, yomon so‘z va yomon ishlardan tiyaman,
Yukunchim, maqtovim, ezgu fikrim, Ezgu so‘z (savobli) ezgu ishlarim
«tanamdagi jonim» bilan birga sidqi dildan Sizlarga (baxshida) bo‘lsin,
Ey o‘lim bilmas Valiylar. haqni sharaflab (deyman): «haqiqat – Oliy ne’mat. Bu ne’matdan ul kishi bahramandkim, savob unga bo‘lgay, kim agar xaq yo‘lida savob (ishdan) qolmasa, savob ishdan qolmasa, savob ishdan qolmasa».
Etika fani kategoriyalarini har doim o‘zaro aloqadorlikda va bog‘liqlikda talqin etmoq kerak. Boshqacha qilib aytganda, etika kategoriyalarini baholash va normativ unsurlarining o‘zaro munosabatlariga qarab, bir-biridan ajratgan holda tahlil qilish zarur. Masalan, yaxshilik, yomonlik, adolat shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarni (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy) hodisalarni baholash kategoriyalari bo‘lsa, “burch”, “vijdon” normativ ichki da’vatga qaratilgan kategoriyalardir.
Axloqiy normalar va tamoyillar kategoriyalarning asosiy mazmunini konkretlashtiradi. Bundan tashqari, etika fani kategoriyalari jamiyatning axloqiy taraqqiyoti jarayonida yangicha mazmun kasb etib, o‘zgarib va rivojlanib boradi. Bu kategoriyalarni yaxshi bilish tibbiyot sohasi mutaxassislari, bo‘lg‘usi tibbiyot sohasi xodimlari — yoshlar uchun o‘z kasbiy axloqiy majburiyatlarini anglab yetish, ma’naviy kamolot jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.
Yaxshilik va yomonlik kategoriyalari axloqiy ongning eng umumiy tizimiga kiradi. Yaxshilik ijtimoiy hodisalarni, shuningdek, axloqiy xatti-harakat, xulq-atvor, tamoyil va qoidalarning ayrim kishilar, jamoatchilik, insoniyat nuqtai nazaridan ijobiy baholari majmuini anglatadi.
Yomonlik tushunchasida kishilarning maqsadi, ular e’zozlaydigan narsalarga zid keladigan, baxtga erishish, odamlar orasidagi munosabatlarda ijobiy o‘zgarishlar qaror topishiga halal beradigan qarashlar hamda tasavvurlar ifodalanadi.
Kishilar tomonidan amalga oshirilgan xatti-harakatlarning yaxshilik yoki yomonlik sifatida baholanishi bilish sub’ektlarining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga bog‘liq bo‘ladi.
“Adolat” tushunchasi ibtidoiy jamoa tuzumi davrida vujudga kelgan va u tenglik ma’nosida tushunilgan. Keyinchalik borib, bu tushunchaga siyosiy tus berilib, adolat mutloq huquqiy kategoriya sifatida talqin qilina boshlagan. Jumladan, Aflotun tenglik g‘oyasini “tug‘ma fazilat” sifatida talqin qildi. Markaziy Osiyo mutafakkirlari, jumladan, Forobiy o‘zining axloqiy qarashlarida ijtimoiy adolat kishilarning hamkorligi, U.Xayyom esa ijtimoiy mehnat taqsimoti masalasida kishilarning ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanishi, ishlab chiqarilgan mahsulotni teng taqsimlash, A.Navoiy esa adolat insonparvarlikning eng yuqori namunasi, insoniyat tirikligining doimiyligini ta’minlaydigan yuksak xislat ekanligi va boshqa g‘oyalarni ilgari surganlar. Navoiy shunday yozgan edi:
Aql ila olam yuzin obod qil,
Xulq ila odam elini shod qil.
4. Estetika yoxud nafosatshunoslik eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarim-uch ming yillik vaqtni o‘z ichiga oladi. Biroq u o‘zining hozirgi nomini XYIII asrda olgan. Ungacha bu fanning asosiy muammosi bo‘lmish go‘zallik va san’at haqidagi mulohazalar har xil san’at turlariga bag‘ishlangan risolalarda, falsafa hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o‘z aksini topgan edi. «Estetika» atamasini birinchi bo‘lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714—1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug‘ olmon faylasufi Leybnis (1646-1716) ta’limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi. Leybnis inson ma’naviy olamini uch sohaga – aql, ixtiyor, hissiyotga bo‘ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o‘rganish lozimligini ta’kidlaydi. Baumgartengacha aqlni o‘rganadigan fan–mantiq, ixtiyorni o‘rganuvchi fan esa-axloqshunoslik (etika) ni falsafada ko‘pdan buyon o‘z o‘rni bor edi. Biroq hissiyotni o‘rganadigan fan falsafiy maqomdagi o‘z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi xizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma’nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos–«oyestetikos» so‘zidan «estetika» (olmoncha «yestetik»- «eshtetik») iborasini olib, ana shu bo‘shliqni to‘ldirdi.
NAZORAT SAVOLLARI:
1. Axloq deganda nimani tushunasiz?
2. Axloq va mafkuraning o‘zaro bog‘liqligi nimalarda ko‘rinadi?
3. Etika qanday fanlar bilan bog‘liq holda o‘rganiladi?
4. Axloqning kelib chiqishi haqida qanday yo‘nalishlar?
5. Axloqiy norma-qoidalar qachon paydo bo‘lgan?
6. Eng qadimgi ahloqiy ta’limotlar qayerda yuzaga kelgan?
7. Eng qadimgi taniqli ahloqshunos mutafakkirlarni aniqlang?
8. Axloq va fan o‘rtasidagi munosabatni aniqlang?
9. Axloq va san’atning o‘zaro uyg‘un jihatlari nimalarda belgilanadi?
10. Etikada muhabbatning bosh mezoniy tushuncha degnanda nimani tushunasiz?
11. Muhabbatning ob’ekti qanday tushunchalar orqali belgilanadi?
12. Ezgulik va yovuzlikning axloqshunoslikdagi eng muhim mezoniy tushunchalar ekanligini hayotiy misollar orqali atib bering?
13. Yaxshilik va yomonlik tushunchalarining mahiyatini taxlil qiling?
14. Adolatning ezgulik va yovuzlik hamda yaxshilik va yomonlikdan asosiy farqi nimada?
15. Vatanparvarlik tamoyilining mohiyati nimadan iborat?
16. Rostgo‘ylik yoki to‘g‘ri so‘zlilikning inson kamoltidiga ahamiyatini tushuntiring?
ADABIYOTLAR:
1.Abdulla Sher. Axloqshunoslik. Darslik. – T.: O‘FMJ, 2010.
2.Abddulla Sher. Estetika. Darslik. T.: O‘zbekiston, 2016.
3..Husanov B., G‘ulomov V. Muomala madaniyati. Darslik. – T.: Iqtisod-moliya, 2010.

Download 481,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish