Takrorlash uchun savollar
1. Turli falsafiy tizimlarda inson haqidagi tasavvurlar qanday shakllangan?
2. Falsafiy antropologiya qachon vujudga kelgan va u nimani oʼrganadi?
3. Аntropologiyadagi falsafiy va boshqa yoʼnalishlar oʼrtasidagi farq nimada?
«Аdabiyotlar
1. Madaeva va b. Falsafa. –Toshkent: OʼzMU nashiryoti, 2019.
2. Q.Nazarov va b. Falsafa asoslari: o‘quv qollanma. - Toshkent: O‘zbekiston
faylasuflari milliy jamiyati, 2018. - 380 b.
3.Falsafa. Аxmedova M. tahriri ostida. -Toshkent: Oʼzbekiston
faylasuflari milliy jamiyati, 2006.
5-mavzu. Rivojlanish nazariyasi (Dialektika)
RЕJA:
1.Dialektikaning mohiyati, tarixiy shakllari va xususiyatlari.
2.Qonun tushunchasi, uning turlari.
3.Rivojlanish tushunchasi. Rivojlanishning umumiy qonunlari.
4.Kategoriya tushunchasi. Falsafa kategoriyalari.
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR: dialektika bahslashish, munozara, Geraklit, stixiyali dialektika, idealistik dialektika, materialistik dialektika, ob’ektiv va sub’ektiv dialektika, qonun, qonuniyat, rivojlanish, progress, regress, qarama-qarshilik, kurash, ziddiyat, ayniyat va tafovut, sifat, miqdor, me’yor, sakrash, inkorni-inkor, kategoriya, falsafa fanining kategoriyalari, alohidalik, xususiylik va umumiylik, sistema, struktura, element, butun va qism, zaruriyat va tasodif, imkoniyat va voqelik, mazmun va shakl, mohiyat va hodisa, sabab va oqibat.
1. Dialektika»'>«Dialektika» (yunon. dialektike – suhbat qurish san’ati) so‘zining «dialog» (yunon. dialogos – ikki yoki bir nechta suhbatdoshlar so‘zlashuvi) so‘zi bilan umumiy jihatlari bisyor. Dastlab dialektika bahslashish, munozara qilish san’ati sifatida tushunilgan, bunda fikrlar, qarashlar qarama-qarshiligi vositasida haqiqatning tagiga yetish maqsadida muammoni o‘zaro manfaatdor muhokama qilishga qaratilgan munozara nazarda tutilgan. Dialektik – bu savol berish va javob qaytarishga usta odam, deb hisoblangan.
Geraklit dunyoni «jonli olov» yoki «ikki marta kirish» mumkin bo‘lmagan daryo oqimi sifatida tasavvur qilgan. Harakatchan dunyoda vaqt o‘tishi bilan hamma narsa o‘zining dastlabki shakl-shamoyilini yo‘qotadi va asta-sekin o‘zining qarama-qarshiligiga o‘tadi: ho‘l narsa quriydi, quruq narsa esa nam tortadi; bir narsa boshqa narsaga: sovuq issiqqa, tirik o‘likka o‘tadi. Bu mulohazalarda hozirgi talqindagi dialektikaning asoslari mujassamlashgan. Shu sababli dialektikaning tarixan birinchi shakli qadimgi faylasuflarning stixiyali dialektikasidir.
O‘rta asrlarda metafizika falsafadan dialektikani siqib chiqargan. Natijada dialektika odamlar ongiga diniy dunyoqarashni singdirish va mustahkamlash uchun hukmron sinflar faol foydalangan sofistika va sxolastikaga aylangan. Metafizika unsurlarini o‘z ichga olgan dialektikaga qaytish Yangi davr falsafasi (Rene Dekart, Benedikt Spinoza, Deni Didro va b.) da yuz bergan.. XIX asrning 40-yillarigacha fanning turli sohalarida yangi kashfiyotlar paydo bo‘lgan va ular tabiatni tushuntirishga nisbatan dialektik-materialistik yondashuvni tabiatshunoslik nuqtai nazaridan asoslagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |