murojaat qilmay turib, o‘zidan-o‘zi va uni yaratuvchisining shaxsiy hayoti
orqali tushunib bo‘lmasligini anglatadi. Tarix boyligi bo‘lgan har bir falsafa
ikki: umumbashariy, universal va alohida, mahalliy (lokal) komponent-
lardan iborat. Boshqacha aytganda, falsafiy tizimlar o‘z davrining, m a’lum
tarixiy vaziyat va madaniyatning mahsuli hisoblanadi. “Falsafaning ma’lum
obra-zi, - deb yozgan edi Gegel, - u qaysi xalq orasida mavjud bo‘lsa,
ularning m a’lum obrazi bilan, ularning davlat tuzilishi va boshqaruv shakli
bilan, ularning m a’naviyati, ijtimoiy hayoti, mahorati, odati va yashash
qulayliklari bilan, ularning urinishlari va san’at hamda fan sohasidagi ishlari
bilan, ularning dini, harbiy qismati va tashqi munosabatlari bilan, ushbu
m a’lum prinsip o'z kuchini namoyon qilgan davlatning halokati bilan, oliy
prinsip tug'iladigan va rivojlanadigan yangi davlatning vujudga kelishi ham
da ilgari qadam bosishi bilan hamohangdir” 1.
Falsafiy tizimlarni
makon va
zamon o‘lchovida ko‘rib chiqib, ularning
mintaqaviy va vaqtli, davriy xususiyatlarini ajratish mumkin. Faylasufona
fikr yuritishning turli usullari va ularga tegishli falsafiy tizimlarda nafaqat
tarixiy davr va global jarayonlar, ya’ni ijtimoiy mehnat taqsimoti, agrar-
an’anaviy hayot tarzi, sanoatlashish, jahon urushlari, ekologik bo‘hron yoki
informatsion jarayonlarning kuchayishi kabilarni, balki mazkur mintaqada
yashayotgan xalqlarning madaniyat, mentalitet va hayot tarzi bilan bog‘liq
mintaqaviy xususiyatlarining ham izi bo'Iadi. Falsafiy dunvoqarash va atrof-
muhitga munosabat, qadriy yo'nalishlar hamma yerda mutlaqo bir xil bo'lishi
mumkin emas. Butun insoniyat tarixi mobaynida G ‘arb va Sharq falsafiy
tizimlari oV.ining mavjud xususiyatlari va tafovutlari bilan farqlanadi. Ushbu
dixotomiya doirasida biz u yoki bu sivilizatsiya xususiyatlariga bog‘liq milliy-
mintaqaviy (hind, xitoy, arab, lotin amerikasi, afrika, rus va boshqa) falsafa
to‘g'risida gap yuritamiz.
Falsafaning hozirgi davr rivojidagi.
Hozir biz yashayotgan davr bashar-
global va m intaqaviy xususiyatlari ^ 1tai™ da mu um ahaniiyatga ega.
Butun dunyo uchun global oqibatlar-
ga ega bo‘lgan hodisa va jarayonlar bugun uchun ham, kelajak uchun ham
uning zimmasida. Bular fan-texnika revolyutsiyasi va uning natijalari, “sot-
iializm” dunyosining tuzilishi va parchalanishi, klassik va yakka hokim
(monopolistik) kapitalizmning inqirozi va sifat transformatsiyasi, imperiya
va kolonial tizimlarning yemirilishi, ikkita jahon urushi, yadro urushi
tahdidi, “sovuq urush” va “keskinlikni yumshatish”, bipolyar dunyoning
tugatilishi, global muammolarning paydo bo'lishi, xalqaro terrorchilikn-
ing tarqalishi (ekspansiyasi) va hokazolardir. Albatta, butun insoniyat
1. Гегел Г. В. Ф Лекции по истории философии. Кн. 1. — Соч. Т. IX. М., 1932. 54-Ь.
30
manfaatlariga daxldor bu jarayonlar dunyo falsafasida o‘z aksini topmasligi
mumkin emas. Bu ssientizm, kapitalizm va sotsializmni falsafiy tanqid qilishda,
inson hayoti, barqarorlik va insonparvarlik muammolariga jiddiy e'tiboming
qaratiiishida namoyon bo'ldi. Bu muammolarning tadqiqotlari falsafa va
ijtimoiy-siyosiy flkrlashda yangi yo‘nalishlar: texnika falsafasi, tazyiq
o'tkazmaslik falsafasi, hayot falsafasi, modem va postmodern falsafasi, falsafiy
germenevtika, falsafiy aksiologiya, falsafiy komparativistika, global etika, fanlar
etikasi, konvergensiya nazariyasi kabilarning pavdo boiishiga olib keldi.
Sanalgan falsafiy muammolar va yo'nalishlar XX asr falsafasi rivojidagi
global yo'nalishlar tarziga ega bo‘ldi. Dunyo falsafasining mana shu global
yo'naUshlari bilan bir qatorda falsafiy va mafkuraviy oqimlaming kontinental,
mintaqaviy va milliy tarzga ega o'ziga xos xususiyatlari ham mavjud.
Masalan, Afrikadagi falsafa milliy o‘ziga xoslikka ega: Senegalning sobiq
prezidenti Leopold Sedar Sengorning negrlar falsafasi “negrityud-’ va Aleksis
Kagamaning bantu-ruanda etnofalsafasi. L.S.Sengor qora kontinent
qadriyatlarining o‘ziga xosligini his etish (intuitsiya), ichki kechinma (emotsiya)
va ritmda, guruhiy hissiyot va dialog1 da ko‘radi.
Shuningdek, zamonaviy lotinamerikacha fikrlashning ham milliy-mintaqaviy
kdoritga ega falsafiy nazariyalari mavjud: “ozodlik falsafasi”, “autentik (haqiqiy)
falsafa”, “Ix>tinamerika mohiyati falsafasi”, "Meksika mohiyati falsafasi” (Samuel
Ramos, Leopoldo Sea va boshqalar). Lotinamerika falsafasi va madaniyatini
o'ziga xosligi to'g'risidagi tezisni asoslab, meksika faylasufi L.Sea quyidagi
xulosani ifodalaydi: “Buni xohlashadimi, yo‘qmi, Amerikamiz odamlari tarix
varatib. o'z mohiyati ifodasining shunday shaklini bunyod etadilarki, bunaqasi
boshqa tarix va odam ifodasidan topilmaydi. Shuning uchun ularning fikrlashi
boshqalamikidan farq qiladi, shuningdek, fikr mazmuni ham farq qilishi
kerak. Har bir inson va xalqning paydo bo‘lishi o'ziga xos bo'lgani kabi tarix,
fikrlash va mazmun ham o‘ziga xosdir”2.
Osivoning turli mamlakatlarida ham falsafiy nazariyalar o'ziga xos
xususiyatlarga ega. Shubhasiz, Yaqin va 0 ‘rta Sharq mintaqasi, jumladan
hozirgi 0 ‘zbekiston hududida yashagan xalqlarning ham falsafiy tizimlari
tarixan o‘ziga xos xususiyatlaiga ega bo‘lgan. Arastu va neoplatonizm an’analari
Ou
yerda islom an’analari va tabiiy ilmiy bilimlar rivojining yuksak darajasi
bilan qo‘shilib ketgan. Bu yerda Yevropadan farq qiladigan, o'ziga xos
ta'limotning shakli — tasavvuf (so'fiylik) paydo bo'lgan.
1. Леопольд о Cea. Поиски латиноамериканской сущ ности.// “Вопросы философии”.
19*52 63-bet.
iQ B r a n e История современной зарубежной философии: компаративистский подход.
С иби 1997. 323-bet.
31
Sobiq Ittifoqning parchalanishi natijasida vujudga kelgan tarixiy shar-
oitning o‘ziga xos xususiyatlari yangi mustaqil davlatlar, jumladan, mustaqil
0 ‘zbekistonda ham o‘/iga xos xususiyatlarga ega falsafiy fikr rivojlanishiga
sabab bo‘iadi.
87
F 22
Falsafa: Darslik/[M.A. Ahmedova,V.S.Xan.
D.A. Alimova va boshq.j; M. A Ahmedova umumiv tahriri
ostida: Q ‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. —Т.:
0 ‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2006. —496-b.
I. Ahmedova M.
ББК 87 я7
Matbua Ahmedova
umumiv tahriri ostida
FALSAFA
tomonidan bakalavriatning barcha yo' nalishlari uchun
darslik sifatida tavsiya qilingart
M uharrir
Q .Q ayum ov
Musahhih H. Zokirova
Sahifalovchi
N .M am anov
0 ‘zbekiston faylasuflari milliy jam iyati nashriyoti. 700029, Toshkent
shahri, Buyuk Turon ko'chasi, 41.
Terishga berildi 01.10.2006-v. Bosishga ruxsat etildi 13.12.2006-v. Bichimi 60x84’/ к.
Bosma tabog'i 31,0. Adadi 4000 nusxa. Bahosi shartnoma asosida.Buyurtma № 255
0 ‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining G ‘afur G‘ulom nomidagi
nashrivot-matbaa ijodiv uvida chop etildi.
Toshkent, U.Yusupov ko'chasi, 86-uy.