Tarixda Ali Qushchi nomi bilan mashhur bo’lgan A
louddin Ali ibn Muhammad Qushchi (1403-1474)
Ulug’bekning shogirdidir. U ilmiy ishlarini falakiyot va riyoziyot sohasida olib bordi. Uning asarlari: «Arifmetika ilmi
haqida risola», «Mantiq risolasi», «Astronomiyaga oid risola» va boshqalardir.
Ali Qushchi «Astronomiyaga oid risola»sida Oy va Quyosh tutilishi qonuniyatlarini ilmiy asoslab berdi. Olim tabiat sirlari va
uning qonuniyatlarini o’rgandi, jismlar harakati va ularning oddiydan murakkabga o’tishi to’g’risida o’z fikrini ilgari surdi.
Umuman shuni ta’kidlash lozimki, Ulug’bek va u asos solgan astronomiya maktabi koinotdagi hodisalarni
o’rganishda muxim rol o’ynadi, o’sha vaqtgacha fanga ma’lum bo’lmagan hodisalarni idrok qilib, inson aql-
zakovatining bilish imkoniyatlarini kengaytirdi, keyingi davrlarda yashagan olimlarga samarali ta’sir ko’rsatdi.
Ulug’bekning astronomiya sohasidagi g’oyalarini Evropada XV1 asrdan boshlab Kopernik, Galiley va boshqalar
rivojlantirdilar.
Ulug’bek islom diniga chuqur e’tiqod qo’ygan, ilohiyot rivojiga munosib hissa qo’shgan, maktab va madrasalar
qurishga e’tibor bergan jahonga mashhur olim edi. Lekin sobiq sho’rolar davrida uning tabiiy-ilmiy qarashlari islom
diniga qarshi qaratildi, hatto uni ateist darajasiga ko’tarishga urinishlar ham bo’ldi. «Ulug’bek Mirzo — deb ta’kidlagan
edi Alisher Navoiy, — donishmand podshoh edi. Kamoloti bag’oyat ko’p erdi». U XV
asrning ikkinchi yarmidan
boshlab Hirot madaniy va ilmiy markazga aylandi. Ayniqsa, Temuriylardan Xusayn Boyqaro hukmronligi davrida bu
erda ilm-fan, adabiyot sohasida yuksalish yuz berdi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi jahonga mashhur
mutafakkirlar etishib chiqdi. O’rta asr mumtoz adabiyotining vakili, ulug’ shoir va mutafakkir
Abdurahmon Jomiy
(1414-1492) dir. Jomiyni Navoiy ustoz deb hisoblar edi. uning qalamiga mansub asarlar «Nafahot ul-uns», «Hujjat ul-
asror», «Musiqa haqida risola», «Naqshi fusus», «Vohid atamasi haqida risola», «Haj qilish yo’llari haqida risola»,
«Bahoriston» va boshqalardir.
Jomiyning eng yirik asari «Haft avrang» bo’lib, unga «Tuhfat ul-ahror», «Suhbat ul-abror», «Yusuf va Zulayxo»,
«Suhbat ul-asror», «Layli va Majnun», «Salamon va Absol», «Xiradnomayi iskandariy» dostonlari kiradi.
Barcha musulmon mutafakkirlari kabi Jomiy ham xudo abadiy, mutlaq va dunyodagi hamma narsalarning
sababchisidir, xudo mavjud bo’lganda, borliq yo’q edi, dunyo o’zining boshlang’ichini Ollohdan olgan, demak, xudo
hamma narsaning
yaratuvchisidir, deb hisoblaydi. Jomiyning falsafiy qarashlari uning insonparvarlik g’oyalari bilan
chambarchas bog’lanib ketadi. Mutafakkirning ko’pgina asarlarida inson, adolat, muhabbat, ezgulik g’oyalari
tasvirlanadi.
Jomiy naqshbandiylik ta’limotiga e’tiqod qilib, uning nazariy va amaliy jihatlarini rivojlantiradi. So’fiy, uningcha, halol
va pok bo’lishi, biror kasb-hunarni egallashi, qanoatli va olijanob bo’lishi,
tamagirlikdan uzoq yurishi, nafsini jilovlashi lozim.
Jomiy xudoni «go’zal ma’shuqa» sifatida tasvirlab insonning maqsadi uning vasliga etishdir, deydi.
Jomiy o’zining ijtimoiy-siyosiy va ahloqiy qarashlarida mukammal jamiyat, adolatli shox to’g’risidagi orzu-
umidlarini ilgari surdi, tenglik, erkinlik, insof va diyonatga asoslangan davlat tuzumi to’g’risida so’z yuritdi. «Haft
avrang»ga kirgan «Yusuf va Zulayxo», «Layli va Majnun», «Xiradnomayi iskandariy» dostonlarida ishq va muhabbat,
do’stlik
va birodarlik, mehr-shafqat, o’zaro yordam, bilimdonlik va boshqa insoniy qadriyatlarni tasvirladi.
Jahon madaniyati ravnaqiga ulkan hissa qo’shgan siymolardan biri, ulug’ o’zbek shoiri va mutafakkiri
Nizomiddin
Do'stlaringiz bilan baham: