Mustaqillik odimlari va falsafaning yangilanishi uzviy bog’liq jarayondir. Mamlakatning rivojlanish sur’ati yangicha
mustaqil fikrlaydigan, ijtimoiy faol, ma’naviy-axloqiy jihatdan etuk mutaxassislarga bo’lgan talabni alohida bosqichga olib
chiqdi. Mulk shaklining xilma-xilligi, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga ehtiyoj, bozor munosabatlari sharoitida
tadbirkorlikning kuchayishi, ishlab chiqarishga yangidan-yangi texnologiyalarning kirib kelishi jarayoni yuqori darajada
tarbiyalangan va yuksak malakaga ega bo’lgan mutaxassisni taqozo etayapti. Zero, yuksak malaka ayni paytda aqliy-ruhiy va
jismoniy salohiyatlar uyg’unlashgan taqdirdagina ko’ngildagidek samara beradi.
Mustaqil davlatning oliy maqsadlarini amalga oshira oladigan mutaxassislarni shakllantirish uchun ularning shaxsiyati ijtimoiy
talablarga javob bera oladigan tarzda kamolga etgan bo’lishi lozim. To’g’ri, inson jamiyatdagi o’z o’rni, Olloh ravo ko’rgan
taqdiri haqida o’ylashi, o’z Vatanini sevishi, o’z millati sha’nini ulug’lash uchun elib-yugurishi mumkin. Biroq ular aniq natija
beradigan faoliyatga aylansagina ijtimoiy mazmun kasb etadi.
Muayyan kishi jamiyatdagi o’z o’rni haqida o’ylasa-yu, jamiyat oldidagi burchini anglab etmasa, amalda burchiga
sodiq ekanini namoyon etmasa yoki Vatanni sevish bilan cheklanib, uning ravnaqi uchun kurashmasa, millatiga
munosib bo’lish haqida o’ylasa, elib-yugursa-yu, milliy g’urur va iftixor tuyg’ularining amaldagi isbotini namoyon eta
olmasa, bundan na jamiyat, na Vatan, na millat naf topadi. Bunday kishining shaxsiyatida ijtimoiy burch,
vatanparvarlik, milliy g’urur va iftixor tuyg’ulari zaif va faoliyatsiz bo’lib qolaveradi.
Bunday shaxslar mustaqillik talablariga hozirjavoblik bilan maydonga chiqa olmaydi. Ma’naviy-axloqiy, ruhiy-
jismoniy etuk va faol shaxsgina jamiyat taraqqiyoti mazmunini, davlatning istiqbol yo’lini, shaxs – jamiyat - davlat
manfaatlarining uyg’unligini to’g’ri tushunadi, shu yo’lda hormay-tolmay mehnat qiladi.
Albatta, ma’naviy-axloqiy, ruhiy-jismoniy sog’lom va etuk kishilarni voyaga etkazish oson emas. Buning uchun
yillar mobaynida ter to’kishga to’g’ri keladi. Bunda, avvalo, odamlar tafakkurini yangilash, ularda istiqlol
dunyoqarashini shakllantirish zarur. Binobarin, davr taqozo etayotgan keng qamrovli bilimga ega bo’lish milliy va
umuminsoniy madaniyatlardan, boy tarixdan, bugungi kundagi ulug’vor bunyodkorlik ishlardan bahramandlik ularning
qalbida Vatanga sadoqat va iftixor tuyg’ulari kamol topishiga xizmat qiladi. Bu esa, o’z navbatida, ijtimoiy fan
sohasidagi islohotlarning tezkor amalga oshirilishini talab etishi shubhasiz.
Tafakkuri istiqlol talablari darajasida yangilangan inson kim? U qanday ezgu va olijanob xususiyatlar bilan ajralib
turadi? Istiqlol talablariga javob bera oladigan barkamol avlod qachon shakllanadi? Bu savollar — oddiy savollar emas.
Ularning to’g’ri echimini topish uchun bir necha yillar davomida yangi avlodni shakllantirish lozim bo’ladi. Lekin
hozirgi davrdagi tub o’zgarishlar jarayonining tahlili asosida ham bu jarayonning ba’zi xususiyatlarini ko’rsatib o’tish
mumkin.
9
Абу Наср Форобий. «Фозил одамлар фазилатлари» // «Ўғизхондан қолган мулк». - Т.: ¢афур ¢улом нашриёти, 1995 йил, 170-175-бетлар.
Mamlakatimiz bozor munosabatlari sari qadam qo’yyayotgan bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzimizda yuz
berayotgan salmoqli o’zgarishlar, shubhasizki, malakali, etuk ma’naviyatli, fidoyi mutaxassis kadrlarni tayyorlashni
talab etmoqda. Taraqqiyotimiz taqdirini ana shunday kadrlar hal etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |