narsalarning barchasi esa aqlga muvofiqdir», degan so’zlarini ham ana shu ma’noda tushunish lozim. Hegelning bu
masalada dialektik emas, balki metafizik usulga ko’proq e’tibor berganligining sababi ham ana shunda.
O’sha davrgacha, Rim imperiyasi qulaganidan keyin ko’proq tarqoq hududlarga bo’linib, Avstriya-Vengriya
imsperiyasi tarkibida yashab kelgan nemis millati uchun Pruss monarxiyasi — milliy davlat edi. Uning shakli-shamoyili
kelajakda o’zgarishi boshqa masala bo’lgani holda, bu davlatning Evropada nemis milliy davlati tarzida
saqlanib qolishi,
uning millat falsafasiga aylanishi bilan bog’liq edi. Millat falsafasiga, uning dunyoqarashiga aylangan milliy davlatchilik
g’oyasi hech qachon so’nmaydi, garchand yurtni yovlar asrlar davomida bosib tursalarda, qachondir baribir qad rostlaydi
va millatning davlati tarzida yana qayta namoyon bo’ladi. Hegel o’z millatining falsafasi va dunyoqashiga o’sha davlatning
shakli-shamoyilini va mazmun-mohiyatini singdirib keta olgan faylasuf darajasiga ko’tarilgani uchun ham bu millat
tarixida va u orqali, jahon falsafasi tarixida abadiy qoladi. Milliylik va umumevropa madaniyatidan bahra olgan bu falsafa
haligacha o’z jozibasini yo’qotmaganligining sabablaridan biri ham ana shunda.
Shunga o’xshash vazifani, o’z davrida, millatimizning asl farzandi Alisher Navoiy ham bajargan. U ozodlikka
erishgan millat falsafasini adabiyot falsafasiga, mustaqil davlat tilini adabiyot tiliga
aylantira olgan, o’z xalqining bu
sohadagi dahosi buyuk ekanligiga, nafaqat zamondoshlari, balki kelajak avlodlarni ham ishontirib keta olgan edi.
Navoiy va uning zamoniga, o’sha davrga xos o’zgarishlarning boshida turgan Amir Temur faoliyatiga qayta-qayta
murojaat etilishining sabablaridan biri ham ana shunda. Zero, har bir xalq, avvalo, o’zining tarixidan bugungi kun
uchun tashbehlar izlaydi va ijtimoiy taraqqiyoti uchun asos bo’ladigan ma’naviy tamoyil, an’ana va qadriyatlarga
murojaat qiladi.
Vatanimiz mustaqillikka erishganidan keyin milliy falsafani shakllantirish uchun imkoniyatlar ochildi. Bugun ulug’
ajdodlarimiz tamal toshini qo’ygan o’zbek milliy falsafasini rivojlantirishning ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlari
mavjud. Bu borada, avvalo, Prezident Islom Karimov asarlarida o’zbek falsafasining taraqqiyot qonuniyatlari ochib
berilayotganini alohida ta’kidlash lozim. Prezidentimiz falsafa oldidagi bugungi muammolarning mohiyati, ularni hal
qilish yo’llariga alohida e’tibor bermoqda.
Shu bilan birga, bugungi o’zbek falsafasining rivojini ta’minlashda quyidagi jihatlar alohida o’rin tutadi:
- xalqimizning o’z milliy an’analariga sodiqligi;
- mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonchi;
- muqaddas qadriyatlarimizga ishonch-e’tiqodi;
-
mehnatsevarligi, intellektual salohiyati va boshqalar.
O’zbek falsafasini yanada taraqqiy ettirish vazifalarini amalga oshirish quyidagi muammolarning echimini topishga bog’liq:
-
birinchidan, mustamlakachilik sharoitida soxtalashtirilgan tariximizni haqqoniy yoritish falsafiy g’oyalar,
qarashlar tarixini ham xolis ko’rsatib berishni taqozo qiladi. O’z davrida qimmatli tarixiy manbalarning yo’q qilingani
yoki ayovsiz talon-taroj etilgani bu ishni qiyinlashtirmoqda;
- ikkinchidan, mavjud manbalar arab yoki fors tillarida ekanligi, ularni biladigan faylasuf olimlarning, malakali tarjimonlarning
kamligi umuminsoniy ma’naviy merosdan bahramand bo’lish va ulardan ijodiy foydalanishga to’siq bo’lmoqda;
- uchinchidan, odamlar ongidan mustabid tuzumning soxta g’oyalarini, ular qoldirgan asoratlarni siqib chiqarish,
mafkuraviy bo’shliqni yangi g’oyalar bilan to’ldirish, istiqlol mafkurasini shakllantirish muayyan vaqtni taqozo qiladi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish bugungi falsafa masalalari bilan shug’ullanuvchi olim va tadqiqotchilar zimmasiga
nihoyatda katta mas’uliyat yuklaydi. Bunda, eng avvalo, mazkur sohaga aloqador har bir yurtdoshimiz dunyoqarashining
milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan o’zgarishi nihoyatda muhimdir. Mamlakatimizda huquqiy demokratik jamiyat
barpo etilayotgan hozirgi davrda bu jarayonning qanday borishi yangi falsafiy ongning shakllanishiga muayyan darajada
ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: