Falsafa” kafedrasi «G‘oyalar falsafasi» fanidan o‘quv-uslubiy majmua toshkent-2011



Download 3,96 Mb.
bet76/171
Sana19.02.2022
Hajmi3,96 Mb.
#459787
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   171
Bog'liq
goyalar falsafasi

Muloqot madaniyati – insonga xos ma’naviy ehtiyoj bo‘lib, undagi umumiy madaniy saviyaning muhim ko‘rsatgichidir. Inson o‘zining his-tuyg‘ularini, ichki kechinmalari, o‘y-fikrlarini bevosita muloqot jarayonida namoyon qiladi. Mafkuraviy tarbiyaning eng ta’sirchan vositalaridn biri ham muloqot hisoblanadi. Chunki inson qalbida, ongida shakllanadigan dunyoqarash, e’tiqod, iymon, vijdon, mas’uliyat kabi fazilatlar tarbiyasida radio-televedenie, gazeta-jurnallar, badiiy hamda ilmiy adabiyotning o‘rnini e’tirof etgan holda, shuni aytish mumkinki, yuzma-yuz kechadigan fikr almashuv, insonning yuzi va ko‘ziga qarab turib aytiladigan bama’ni so‘z va hissiyotlarning o‘rni beqiyos. Shuning uchun ham ota-ona bir gapni aytish lozim bo‘lsa, bolasining yuzini o‘ziga qaratib olib, zarur yuz qiyofasi va ko‘zidagi samimiyat bilan fikrini uqtira boshlaydi. Va bunday muloqot samarali bo‘ladi. Shu bois auditoriyalarda o‘qituvchi bilan o‘quvchi, talaba va domla o‘rtasidagi muloqotga ta’lim va tarbiya jarayonida katta ahamiyat beriladi.
Oilada ota-ona, qaynona-kelin, qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi munosabatlarning me’yori, ularning maqsadga muvofiqligi, munosabatlardagi samimiyat darajasi ham yoshlarda sog‘lom fikrning, sharm-hayo, mehr-oqibat, iffat, ibo, nazokat, lafz, mas’uliyat kabi ijobiy fazilatlar va intelekktual sifatlarning namoyon bo‘lishiga zamin hozirlaydi. Xalqimizga xos ustivor fazilatlar asosan oilaviy muhitda, yaqin qarindoshlarning bevosita aralashuvida yuz beradi. Bu hol mehnatga to‘g‘ri munosabat, halollik, kattalarni hurmat qilish, kichiklarni e’zozlash, ayash, urf-odatlarni muqaddas bilish jarayonida amalga oshadi. Bunday sifatlarni o‘zlashtira olgan har bir o‘g‘il va qizda oilaparvarlik va yurtparvarlik xususiyatlari rivojlanishi muqarrar. Lekin oilaviy nizolar, ajiralishlarning sabablari tahlil qilinganda, shu narsa ayon bo‘lmoqdaki, oila muhitning nosog‘lomligi, oila a’zolari o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, o‘zaro til topa olmaslik kabi holatlar nafaqat o‘sha oila, balki qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi xotirjamlikka ham rahna soladi. Eng achinarlisi – buning oqibatida e’tiqodsiz, diyonatsiz, maqsad-maslaksiz bolalar, hayotida o‘z o‘rnini topa olmagan insonlarning paydo bo‘lishidir.

Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish