Falsafa” kafedrasi «G‘oyalar falsafasi» fanidan o‘quv-uslubiy majmua toshkent-2011



Download 3,96 Mb.
bet29/171
Sana19.02.2022
Hajmi3,96 Mb.
#459787
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   171
Bog'liq
goyalar falsafasi

Tushunchalar va tayanch iboralar: «G‘oya», «Mafkura», «Fikr», «Ideal», “tafakkur”, “madaniy meros”, “ijtimoiy ong”, “ilmiy g‘oyalar”, “falsafiy g‘oyalar”, “diniy g‘oyalar”, “ba­diiy g‘oyalar”, “ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar”, “milliy g‘oyalar”, “umuminsoniy g‘oyalar”.
Asosiy savollar.

  1. “G‘oya” kategoriyasi, uning mohiyati va namoyon bo‘lish xususiyatlari.

  2. “Mafkura” kategoriyasi, uning boshqa falsafiy tushunchalar bilan aloqasi.

  3. G‘oya va mafkuraning uzviy bog‘liqligi va o‘zaro ta’siri.

  4. Mafkuraning falsafiy ildizlari.

  5. Mafkuraning dunyoviy ildizlari.

  6. G‘oya va mafkurani o‘rganishning tarbiyaviy ahamiyati.



Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni: Xar qanday g‘oya ijtimoiy xarakterga ega. Muayyan g‘oyalar, odatda, alohida olingan shaxs ongida shakllanadi. Ma’lum bir muddatdan keyin esa jamiyatning turli qatlamlariga tarqaladi, turli elatlar va mil-latlar orasida yoyiladi. Mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan yangi avlod jamiyatda mavjud g‘oyalar ta’sirida tarbiyalanadi. Muayyan qarashlar va g‘oyalarni o‘z e’tiqodiga singdira-di, o‘z navbatida yangi g‘oyalarni yaratadi va targ‘ib qiladi.
G‘oyaning eng muhim xususiyati — insonni va jamiyatni maqsad sari yetaklaydigan, ularni harakatga ketiradigan, safarbar etadigan kuch ekanidadir.
Inson tafakkurining mahsuli sifatida g‘oya milliy-madaniy merosni, umuminsoniy qadriyatlarni, ijtimoiy-ma’naviy hayotni, tevarak olamni o‘rganish, bilish jarayonida vujudga keladi. Ijtimoiy ongning barcha shakllari ilm-fan, falsafa, din, san’at va badiiy adabiyot, axloq, siyosat va huquq — muayyan bir g‘oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va ularni rivojlantiradi. Mazmuni va namoyon bo‘lish shakliga qarab, g‘oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin: Ilmiy g‘oyalar; falsafiy g‘oyalar; diniy g‘oyalar; ba­diiy g‘oyalar; ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar; milliy g‘oyalar; umu­minsoniy g‘oyalar va h.k.
Inson va jamiyat hayotida muhim o‘zgarishlarni amalga oshirilishida muayyan g‘oyalar alohida o‘rin tutadi. Jamiyat taraqqiyotining ma’lum davrlarda tezlashuvi yoki sekinlashuvi, jamiyat hayotida ijobiy yoki salbiy holatlarning ro‘y berishi ja­miyatda qanday g‘oyalar hukmronlik qilishi, ular qanday kuchlarni harakatga keltirishi, kimlarning, ya’ni qaysi bir ijtimoiy qatlamning manfaatlariga xizmat qilishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
G‘oya tushunchasining mohiyati nimadan iborat?
Inson o‘zining ongi, aql-zakovati, iymon-e’tiqodi va ijodiy mehnati bilan boshqa barcha tirik jonzotlardan farq qiladi.
Inson tafakkuri voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar va ta’limotlar yaratadi. Demak, birinchidan. g‘oya inson tafakkurining mahsulidir.
Ikkinchidan. g‘oya oldin mavjud bo‘lmagan, o‘zida yangilikni tashuvchi fikrdir.
Uchinchidan, oldin g‘oya paydo bo‘ladi, undan keyin g‘oya asosida mafkura, mafkura asosida esa tizim, siyosat paydo bo‘ladi.
Ilmiy-falsafiy adabiyotlarda «g‘oya», «mafkura», «ideya» va «ideologiya» tushunchalari ishlatilmoqda. Ideya va ideo­logiya ko‘proq G‘arb davlatlarida hamda rus tilidagi manba-larda uchraydi. «Ideya» iborasi yunon tilidagi «idea» so‘zidan olingan, «ideologiya» so‘zi uchun o‘zak bo‘lib hisoblanadi va tushuncha yohud fikr ma’nosini anglatadi. Ideologiya (idea - g‘oya. tushuncha, iogos — ta’limot) atamasi esa g‘oyalar to‘g‘ri-sidagi ta’limotni anglatadi va ikki xil ma’noda ishlatiladi:

  • g‘oyalarning mazmuni, shakllanishi, ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha hisobdanadi;

  • muayyan g‘oyani amalga oshirish, maqsadga yetish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi.

Sog‘lom va nosog‘lom, ezgu hamda yovuz, bunyodkor yoki buzg‘unchi g‘oyalar bo‘lishi mumkin. G‘oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, bular garchi tafakkurda paydo bo‘lsa-da, keng jamoatchilikning maqsadlarini ifoda etadi. Ularning ishonchi va e’tiqodiga aylanib, e’tirof etilganligini bildiradi, inson (va jamiyat) ruhiyatiga, hatto tub qatlamlariga ham singib boradi. G‘oya shunday quvvatga egaki, u odamning ichki dunyosigacha kirib borib uni harakatga keltiruvchi, maqsad sari yetaklovchi ruxiy-aqliy kuchga aylanadi. Ular­ni muayyan maqsadga yo‘naltiradi, safarbar etadi. Ularni jipslashtiradi, hamjixat va hamkorlikka undaydi.

Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish