Falsafa” kafedrasi «G‘oyalar falsafasi» fanidan o‘quv-uslubiy majmua toshkent-2011



Download 3,96 Mb.
bet20/171
Sana19.02.2022
Hajmi3,96 Mb.
#459787
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   171
Bog'liq
goyalar falsafasi

Uchinchi bosqich Prezident I. A. Karimovning 2000 yil 6 aprelda mamlakatimiz ziyolilari bilan Oqsaroy qarorgoxida o‘tkazgan uchrashuvidan boshlandi desak, xato bo‘lmas. Chunki bu uchrashuvda milliy mafkuraning negizi — milliy g‘oya muammosi o‘rtaga tashlandi. Milliy g‘oya milliy mafkuraning umumlashgan ifodasi sifatida vatanparvarlik, milliy g‘ypyp va milliy sha’n kabi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi.
Milliy mafkura o‘z moxiyatiga ko‘ra, xalqimizning asosiy maqsad muddaolarini ifodalaydigan, uning o‘tmishi va kelajagini bir-biri bilan bog‘laydigan, asriy orzu-istaklarni amalga oshirishga xizmat qiladigan g‘oyalar tizimidir. Ushbu mafkura O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratiya tamoyillariga asoslanadi. Masalan, mafkura tushunchasini Prezident Islom Karimov shunday ta’riflaydi: „Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga (xalqning ruxiyatiga) asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelaja­gini ko‘zlagan va uning dunyodagi o‘rnini aniq ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o‘rtasida ko‘prik bo‘lishga qodir g‘oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman"1.
Milliy mafkuramiz O‘zbekiston davlati, millati uzoq ming yillik tarixga ega ekanligini, uning jaxon sivilizatsiyasiga qo‘shgan buyuk xissasini, o‘tmishini aniq manbalar asosida ifodalovchi xamda xalqimizning bugungi kundagi asosiy vazifasi erkinlik, mustaqillik, ozodlikning qadriga yetish, xar bir shaxsning o‘z mexnati, bilimi, aql idroki, kerak bo‘lsa jonu tani bilan mustaqillikni mustaxkamlash, avaylab asrash va Vatanimizning rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishi xamda kelajak avlodga ozod va obod Vatan qoldirish barchamizning maqsadimiz ekanligini ko‘rsatuvchi ta’limotdir. Shuning uchun barchamiz milliy mafkuraning mazmun moxiyatini bilishimiz lozim, zero milliy mafkura xalqni, millatni birlashtiruvchi, yo‘lga boshlovchi bir bayroqdir.
Milliy mafkura xaqida gapirganda shuni nazarda tutish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi plyuralizm, fikr va qarashlar erkinligi tamoyillarini to‘liq ta’minlaydi. Asosiy qonunimizning 12-moddasida bu qoida quyidagicha ifodalangan: “O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy xayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fiqrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Xech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas”1. Ya’ni, mamlakatimizda mafkuraviy yakkaxokimlikka yo‘l qo‘yilmaydi. Chunki mafkuraviy plyuralizm xaqiqiy demokratik davlat shakllanishining debochasidir.
Bu qoida faoliyat ko‘rsatayotgan partiyalar, xarakat va ijtimoiy-siyosiy guruxlardan birortasining dasturiy royalari yagona davlat mafkurasi bo‘la olmasligini anglatadi.
Milliy mafkura turli siyosiy partiya va ijtimoiy guruxlar mafkurasidan ustun turadigan sotsial fenomen ijtimoiy xodisadir. Bu mafkurada biron bir dunyoqarash mutlaqlashtirilmaydi yoki u mavjud siyosiy xokimiyatni mustahkamlash maqsadida siyosiy qurolga aylantirilmaydi2. Milliy mafkura o‘z mazmun-moxiyatiga ko‘ra, O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga xizmat qiladi, barcha siyosiy partiyalar, gurux va qatlamlarning — butun xalqimizning manfaatlarini ifodalaydi.

Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish