Falsafa” kafedrasi «G‘oyalar falsafasi» fanidan o‘quv-uslubiy majmua toshkent-2011



Download 3,96 Mb.
bet18/171
Sana19.02.2022
Hajmi3,96 Mb.
#459787
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   171
Bog'liq
goyalar falsafasi

Sotsial-demokratiya. Bu mafkura XIX asrning oxirida nemis mutafakkirlari va jamoat arboblari Karl Kautskiy va E. Bernshteyn tomonidan asoslab berilgan. Unga ko‘ra yangi jamiyatga sinfiy kurash yoki inqilobiy yo‘l bilan emas, balki tinch, evolyusion yo‘l bilan burjua jamiyatini asta-sekin islox qilish orqali o‘tiladi.
Sotsial-demokratlar bu maqsadlarini amalga oshirishni davlatning jamiyat iqtisodiy xayotiga faol aralashishini, daromadlarni yo‘qsillar foydasiga qayta taqsimlash, iqtisodiyotning davlat sektorini va ko‘plab davlat ijtimoiy dasturlarini rivojlantirish bilan bog‘laydilar.
Jaxonda sotsial-demokratiya mafkurasi negizida turli-tuman „sotsializm modellari" shakllandi. Bular ichida shved va german modeli eng katta obro‘ qozondi. Germaniya va Shvesiyada sotsial-demokratik partiyalar boshqaruvi davrida xayotning yuqori darajasi va sifatiga erishildi. Ammo, bu mamlakatlar iqtisodiyotida XX asrning 80- yillarida davlat monopoliyasi va byurokratizm bilan bog‘liq salbiy jarayonlar kuchaydi. Natijada xokimiyat konservatorlar qo‘liga o‘tdi. XX asrning 90-yillari oxirlariga kelibgina sotsial-demokratlar saylovlarda g‘alaba qozonib, konservatorlardan xokimiyatni yana qaytarib oldilar. Shunday qilib, sotsial-demokratiya ijtimoiy isloxotlarni amalga oshirish yo‘li bilan jamiyatni rivojlantirishni va xalq farovonligiga erishishni ko‘zda tutadi.
Milliy mafkuralar. Xozirgi zamon mafkuralari qatorida milliy mafkuralar xam muxim o‘rinni egallaydi. Ular boshqa mafkuralardan farq qiluvchi bir qator xususiyatlarga ega. Jumladan:
— Milliy mafkuralar dunyo mustamlakachilik sistemasining yemirilishi, yosh mustaqil milliy davlatlarning tashkil topish zaruriyati bilan bog‘liq. Xozir bu jarayon sobiq SSSR va boshqa sobiq sotsialistik mamlakatlar o‘rnida tashkil topgan davlatlarda yuz bermoqda.
— Milliy mafkuralar faqat ayrim ijtimoiy, irqiy, etnik guruxning, xalqning manfaatinigina emas, balki mustaqillik uchun, milliy xayotni rivojlantirish uchun kurash olib borayotgan xalqlarning dunyoda tutgan o‘rnini, turmush tarzini, orzu-umidlarini, intilish va manfaatlarini aks ettiradi.
— Milliy mafkuralar u yoki bu xalqlar qaramligining ob’ektiv negizlarini, ularni bartaraf etish va xaqiqiy mustaqillikka erishish yo‘llarini ochib beradi.
— Milliy mafkuralar yosh, mustaqil davlatlar xalqlarining o‘zligini anglashiga, qaramlik doirasidan chiqishiga, ularning chinakamiga erkin bo‘lishiga, jaxon xamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini topishiga yordam beradi.

Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish