Falsafa” kafedrasi «G‘oyalar falsafasi» fanidan o‘quv-uslubiy majmua toshkent-2011



Download 3,96 Mb.
bet16/171
Sana19.02.2022
Hajmi3,96 Mb.
#459787
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   171
Bog'liq
goyalar falsafasi

Neoliberalizm. Ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar ta’sirida XX asrning 30-yillarida liberalizm neoliberalizmga o‘sib o‘tdi. Unda AQSH prezidenti T. Ruzveltning „Yangi yo‘li" katta o‘rin tutdi. Ruzvelt davlatning iqtisodiy va ijtimoiy roli masalasini qaytadan ko‘rib chiqdi. Neoliberallar davlatning iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishi, faol ijtimoiy siyosat olib borishi zarurligini tan oladilar. Ular ijtimoiy adolatni o‘rnatishni, monopoliyalarning xokimiyatini cheklashni, moddiy boyliklarni soliq tizimi va davlatning ijtimoiy dasturlari orqali jamiyatning quyi qatlamlari foydasiga qayta taqsimlashni yoqlab chiqadilar. Shuningdek, liberalizmda boshqaruvchi va boshqariluvchilarning o‘zaro kelishuvi, siyosiy jarayonda ommaning ishtirok etishi zarurligi, siyosiy qarorlarni qabul qilish amaliyotini demokratlashtirish muxim xarakterli xususiyatdir.
Umuman, liberalizm Fapb demokratiyasining g‘oyaviy asosi, AQShda esa AQSh demokratik partiyasining g‘oyaviy-nazariy mafkurasidir.
Xozirgi zamonning yana bir mafkuraviy oqimi konser­vatizm bo‘lib, u lotincha „konservare" so‘zidan kelib chiqqan xamda „saqlash", „qo‘riqlash", „buzilib ketishdan saqlab qolmoq" degan ma’nolarni anglatadi.
Konservatizm — XVIII asrda liberalizmning raqibi o‘laroq xudo tomonidan o‘rnatilgan tartiblarning buzilmasligi g‘oyasining ilgari suruvchisi sifatida paydo bo‘ldi. Uning asosiy qoidalari angliyalik mutafakkir va siyosatchi E. Berk, fransiyalik jamoat arboblari de Mester va de Bonal’d tomonidan asoslab berildi.
Bu qoidalarning negizida tabiiy ravishda qaror topgan narsalar tabiatining buzilmasligi, oila, millat, din, tabaqaviy bo‘linish bilan bog‘liq bo‘lgan an’anaviy qadriyatlarni saqlab qolish g‘oyasi yotadi.
Ana shundan kelib chiqib, konservatorlar ijtimoiy taraqqiyotda yangiliklarga nisbatan vorislikning ustuvorligini yoqlab chiqadilar. Ularning fikricha siyosiy prinsiplarni urf-odatlarga, milliy an’analarga, qaror tongan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy institutlarga moslashtirish lozim. Zinapoya tarzidagi ijtimoiy tuzilishning yuqoridan o‘rnatilganligiga xech qanday shubxa yo‘q va shuning uchun uni inson tomonidan o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirib bo‘lmaydi. Bundan kelib chiqadiki, tenglik prinsipi inson tabiatiga zid keladi va uni jamiyat tuzilishining negiziga qo‘yib bo‘lmaydi.

Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish