E’tiqod – Dunyoqarash. Biror dinga e’tiqod qilish – uni haq deb bilib, uni ta’limotini tan olish.
Tasavvuf – islomdagi diniy-falsafiy oqim. 8 asrda arab mamlakatlarida paydo bo‘lgan. Bu ta’limot o‘sha davrda savdogarlar va kosiblarning manfaatini ko‘zlagan. Tasavvufning asosiy mohiyati inson va uning Xudoga munosabatidir, ya’ni solihning Xudo vasliga yetishishidir.
Komillik – insonning kamolotga erishuv jarayonidagi barkamolligi darajasini ifodalovchi tushuncha. Komillikning har bir davrga xos mezonlari mavjud. Nodonga nisbatan oqil, loqaydga nisbatan sergak, baxilga nisbatan saxiy, tanbalga nisbatan serg‘ayrat, qo‘rqoqqa nisbatan botirlik kabi xislatlar o‘ziga xos o‘lchov vositasini o‘taydi.
Qadriyat – umumbashariy, umuminsoniy, milliy, mintaqaviy, shaxsiy, diniy turlarga bo‘linadi.
Aksiologiya – (yun. «axio» - qadriyat va «logos» - fan, ta’limot) – qadriyatshunoslik; qadriyatlar haqidagi fan.
Milliylik – muayyan xalqqa xos bo‘lgan, uni boshqalardan farqini ko‘rsatuvchi xususiyatlar majmui. Milliylik millatning tarixi, qadriyatlari, an’analari, madaniyati, yashash tarzida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Ma’naviyat – (arab. – ma’nolar majmui) – kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui.
Umuminsoniy qadriyat – barcha xalqlar uchun ijobiy ahamiyat kasb etuvchi, moddiy va ma’naviy manfaat, mezonlar majmui.
Milliy qadriyat – millat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog‘liq qadriyat shakli.
Umumbashariy – butun dune, barcha davlatlar va xalqlarning ishtirokisiz yechish mumkin bo‘lmagan muammolarga aytiladi.
Ozodlik – barcha demokratik erkinliklarga erishishning, haq-huquqlari kafolatlangan va ta’minlangan jamiyatning bosh sharti.
Obod Vatan – fuqarolari erkin, ozod, yaratuvchilik faoliyati bilan band bo‘lgan, xavfsizligi ta’minlangan farovon hayot qurish makoni.
Fuqarolik jamiyati – iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayot sohasiga to‘g‘ri keladigan tushunchadir. Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-siyosiy sohasi ko‘lamiga ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar va harakatlar, fuqarolarning turli shakldagi faoliyati, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat ommaviy axborot vositalari ham mansubdir.
Ehtiyoj – inson talablari asosida paydo bo‘ladigan tabiiy xususiyat; jonli mavjudot hayot kechirishining yaqqol shart-sharoitlarga, uning shularga bog‘liq ekanligini ifoda etuvchi holat.
Integratsiya – milliy iqtisodiyotlarning sifat jihatidan yangi sharoitlarga ega bo‘lishi va, mamlakat taraqqiyoti imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida, ixtiyoriy ravishda birlashishi, bir-birlariga o‘zaro ta’sir etishi jarayoni.
Vatanparvarlik – Vatanga nisbatan sadoqat, unga xizmat qilish, yurt tinchligini asrash, Vatan ravnaqi uchun faol bo‘lishga undaydigan ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy fazilat.
Do'stlaringiz bilan baham: |