Qarama-qarshilik - bir-birini taqazo etuvchi va ayni paytda o’zaro bir-birini inkor qiluvchi jihat, xususiyat, mayllar birligidir.
Realizm (lot.realis – voqelik, mavjudlik) moddiy va ma’naviy narsalarni inson ongidan tashqarida, borliqning jabhasi sifatida mavjudligini, realligini tan oladigan tafakkur yo’nalishidir. Bu yo’nalishga ko’ra, har qanday narsaning mohiyatini namoyon etuvchi, unga nisbatan yaratuvchi, birlamchi bo’lgan nomoddiy asos-substantsiya tashkil qiladi.
Renessans davriningo’ziga xos xususiyatlaridan biri va eng muhimi, kishilarda yangicha fikrlash madaniyatining shakllanganligi bilan xarakterlanadi. YAngicha fikr yuritish madaniyati antik zamon, o’rta asr fikrlash madaniyatidan mutlaqo farq qilar edi.
Bekonning ulug’ xizmati induktiv bilish uslubini ishlab chiqqanligidir.
Regress – orqaga qaytish, salbiy tomonga o’zgarish.
Respublika - hokimiyatni saylov tizimi natijalari asosida boshqaruv usuli.
Ratsionalizm – aqlni bilish va odamlar xulq-atvorining negizi deb e’tirof etadigan falsafiy yo’nalish.
Reduktsionizm – murakkab narsa yoki hodisani soddaroq narsa yoki hodisaga bog’lash.
Relyativizm – bizning barcha bilimlarimiz, qadriyatlarimiz va xulosalarimizni nisbiy, shartli deb hisoblaydigan falsafiy yondashuv.
Refleksiya – o’z fikrlari va kechinmalarini tahlil qilishga qaratilgan mulohaza.
Substantsiya-(lot.- mohiyat, asosida yotuvchi) turli-tuman konkret buyumlar, voqea, hodisalar va jarayonlarning ichki birligini bildirib, shu buyumlar, voqea, hodisa, jarayonlar orqali namoyon bo’luvchi mohiyatdir.
Sokinlik - harakatning o’ziga xos holati, muayyan tarzda namoyon bo’lish shakli.
Sofistika (yun.-sofizm-donishmand, usta) - fikrning mazmunini ataylab ko’chma ma’noda ishlatish usuli. Sofizm - qarama-qarshi fikrlar asosida ixtiyoriy tanlangan foydali mulohaza.
Sinergetika (yun.- kelishuv, hamkorlik, o’zaro ta’sir) - olamning o’z-o’zini tashkil etishi, makon va zamonda narsa va voqealarning azaliy ketma - ketligi, o’zaro aloqadorligi, ularning muayyan tizimlardan iborat sababiy bog’lanishlar asosida mavjudligini e’tirof etishga asoslangan ilmiy karash.
Sinergetika - turli tabiat tuzilmalarining o’z-o’zidan tashkil topish, barqarorlik, parchalanish va qayta paydo bo’lish jarayonlarini tadqiq etuvchi nazariya.
Sakrash - eski sifatning yangi sifatga o’tishi, narsa, hodisaning tub sifat
Sifat - narsa va hodisalarning ichki muayyanligini ta’minlaydigan, bir-biridan farq qildiradigan muhim belgi va xususnyatlarning birligidir.
Struktura (tarkib) - butunni tashkil qiladigan elementlarning bog’lanish usuli, qonuni, butun doirasidagi munosabatlar sistemasi.
Sistema (tizim) - o’zaro munosabat va aloqada bo’luvchi va muayyan yaxlitlikni, strukturani tashkil etuvchi elementlarning tartibli to’plami.
Sabab - o’ziga muvofiq keladigan biror natijani keltirib chiqaruvchi, holat, vaziyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |