O’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish – o’zining betakror mohiyatini faoliyatda namoyon etuvchi va gavdalantiruvchi har bir individ axloqiy faoliyatining maqsadi.
O’zbek falsafasi - tamal toshi ulug’ ajdodlarimiz tomonidan qo’yilgan falsafa. Mustaqillik milliy falsafamizni shakllantirish va rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochdi, obyektiv va subyektiv shart-sharoitlarni yaratdi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov asarlari o’zbek falsafasining taraqqiyot qonunlarini ochib bermoqda, o’zbek falsafasi oldidagi bugungi muammolarning mohiyati, ularni hal qilish yullarini ko’rsatib bermokda. I.A. Karimov asarlari milliy falsafamizning nazariy asosi va ilmiy metodi vazifasini o’tamokda.
O’zbek falsafasining rivojlanishida quyidagi jihatlar alohida ahamiyat kasb etadi:
- xalqimizning o’z milliy an’analariga sodiqligi;
- mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonchi;
- muqaddas qadriyatlarimizga e’tiqodi;
- mehnatsevarligi, intellektual salohiyati va boshqalar.
O’lchash - bilish jarayonida narsaning miqdor tavsifnomasini aniqlash usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |