Tasavvuf tariqatlari (oqimlari)-20ga yaqin sanaladi. Hozirgi O’zbekistonda shakllangan va musulmon olamida keng tarqalgan tariqatlar yassaviya (asoschi Hoja Ahmad YAssaviy, vaf. 1166 yil), qubraviya (asoschisi Najmiddin Qubro, 1154-1226 y.y.), naqshbandiya (asoschisi Bahouddin Naqshband, 1318-1389 y.y.) dir.
“Temur tuzuklari” - podsholarning turish-turmushi va axloq-odob me’yorlarini belgilovchi risoladir. Asar ikki qismdan iborat. Birinchi qismida Amir Temurning yetti yoshidan to vafotiga qadar kechgan hayoti va ijtimoiy- siyosiy faoliyati, harbiy yurishlari bayon etilsa, ikkinchi qismida Jahongirning toju taxt vorislariga atalgan o’ziga xos vasiyati va pand-nasihatlaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |