Ilk o’rta asrlar falsafasi - mamlakatimizda arablar istilosi, islom dinining taraqqiy etishi, vatanimiz buyuk farzandlarining islom diniga va falsafasiga, jahon tsivilizatsiyasiga kuchli ta’sir ko’rsatgan ta’limotlari dunyoga kelgan davr falsafasidir (VII-XII asrlar). Bu xalqimiz dahosi eng yuksak darajaga ko’tarilgan, uning atoqli namoyondalari jahon madaniyati, ilm-fani va ma’naviyatiga mislsiz hissa qo’shgan davr falsafasidir. Bu milliy qahramonlarimiz ozodlik kurashlari olib borib, elning ruhini ko’taruvchi, ilxomlantiruvchi ezgu g’oyalar shakllangan davr falsafasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |