Glossariy
Falsafa fani bo’yicha tayanch tushunchalar (Glossariy)
Falsafa fanining
Vazifasi: inson ongida sog’lom aqlga mos dunyoqarashni shakllantirish.
Maqsadi: kishilarda tabiat, jamiyat va inson ruhiyati to’g’risida mantiq va falsafa qonunlari hamda kategoriyalari orqali aks ettiriladigan yaxlit dunyoqarashni shakllantirish.
"Avesto" - zardushtiylikning bosh kitobi. Unda qadimgi xalqlarning dunyo to’g’risidagi tasavvurlari, o’ziga xos qadriyatlari va urf-odatlari aks etgan. Olamning azaliy qarama-qarshi kuchlari - Ahuramazda va Axriman – ezgulik (yaxshilik) va yovuzlik (yomonlik), yorug’lik va zulmat, issiqlik va sovuqlik, hayot va o’lim borasidagi qarashlar o’z ifodasini topgan. "Avesto"da tabiat falsafasi, tarix, etika, tibbiyotga oid ma’lumotlar ham berilgan. "Avesto"ning 2700 yilligi 2001 yilda nishonlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |