Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Tayanch so`zlar



Download 29,48 Kb.
bet6/8
Sana14.01.2022
Hajmi29,48 Kb.
#363011
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sharq falsafasi

Zardo`shtiylik ta’limoti. Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII asrlarigacha bo`lgan davr mahsuli bo`lgan diniy-falsafiy ta’limotlardan biri zardo`shtiylikdir.

Bu ta’limotga Zardo`sht asos solgan bo`lib, Sharq va Farbda Zaratushtra, Zaroastr nomlari bilan mashhurdir. Manbalarga ko`ra, Zardo`sht eramizdan avvalgi VI asrning birinchi yarmida yashagan. Lekin uning tarixiy yoki afsonaviy shaxs ekanli haqida aniq bir to`xtamga kelingani yo`q. U o`zini payg‘ambar deb e’lon qilgan. Lekin uning payg‘ambarligi ilohiy asosga ega emas. Ya’ni bu haqiqat ilohiy kitoblarda o`z tasdig‘ini topmagan.

Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko`rsatmoqdaki, bu ta’limot Vatanimiz hududida, xususan, Xorazm zaminida paydo bo`lgan. U o`z davrida xalqni ezgulik va adolat g‘oyalariga da’vat etish, hayotbaxsh an’analarni shakllantirish, dehqonchilik va shahar madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo`lgan, uning g‘oyalari bilan bog‘liq qadriyatlar bugungi kungacha yashab kelmoqda va xalqimiz turmush tarzining o`ziga xos xususiyatlarini belgilashda ulkan qimmat kasb etmoqda.

Zardo`shtiylikning bosh kitobi «Avesto»dir. unda qadimgi xalqlarning dunyo to`g‘risidagi tasavvurlari, o`ziga xos qadriyat va urf-odatlari aks etgan. Unda olamning azaliy qarama-qarshi kuchlari- yaxshilik va yomonlik, yorug‘lik va zulmat, issiqlik va sovuqlik, hayot va o`lim borasidagi qarashlar o`z ifodasini topgan. «Avesto»da, shuningdek, tabiat falsafasi, tarix, etika, tibbiyotga oid ma’lumotlar ham berilgan.

Falsafa tarixida makedoniyalik Aleksandr (eski o`zbek tilida Iskandar deyilgan) istilosi va Grek-Baqtriya davri falsafasi ham xalqimizning taraqqiyot tarixida muhim o`rin tutgan. Manbalarda Aleksandr qo`shini mahalliy xalqlarning qattiq qarshiligiga uchragani, u «Avesto»ning ko`pgina qismini yondirib yuborgani haqida ma’lumotlar bor. Bugungi kungacha ham ayrim tarixchilar Aleksandr «Avesto»ning tilini bilmagani, uni o`qiy olmagani sababli bu kitobning qadr-qimmatini tushunmagan va uni yoqish to`g‘risida ko`rsatma bergan, degan fikrlarni bayon etadilar. Aslida unday emas. Bu — tarixiy haqiqatni, garchand u kimlar uchundir achchiq va kimlar uchundir ibratli bo`lsa-da, xaspo`shlashga urinishdan boshqa narsa emas. Negaki, Aleksandr o`z zamonida fanlarning otasi deb nom olgan falsafani fan darajasiga ko`targan, buyuk donishmand sifatida yetti iqlimda tan olingan Arastudan 20 yil mobaynida muttasil ta’lim olgan edi. Binobarin, Shoh Filippning o`g‘li Aleksandrni savodsiz, kitobning qadrini tushunmaydigan bir kimsa deb ta’riflash tarix haqiqatiga to`g‘ri kelmaydi.

To`g‘ri, u «Avesto»ni o`tda kuydirgan bo`lishi mumkin. Lekin buni kitobning qadrini tushunmagani uchunmas, balki yerli xalqlarni birlashishga da’vat etib turuvchi, ular e’tiqod qo`ygan milliy g‘oyalar timsoli bo`lgan va o`z saltanatiga qarshi muttasil kurash olib boruvchi vatanparvarlarni tarbiyalaydigan manba ekanini nazarda tutib, shu ishni amalga oshirgan. Qolaversa, o`zini dunyodagi eng rivojlangan hudud madaniyatini jahonga yoyish uchun mas’ul deb bilgan, to`g‘rirog‘i, o`sha madaniyatdan boshqasini tan olmagan mashhur jahongir uchun zabt etilgan xalqning «Avesto»dek buyuk kitobi bo`lishi kutilmagan hol edi. U, yuqorida ta’kidlanganidek, mazkur kitob omon tursa, u ushbu zamin farzandlari uchun o`zlikni anglash, binobarin, kuch-qudrat manbai bo`lib qolaverishini nihoyatda yaxshi tushungan. Aleksandrdan keyin yashagan Rim imperatorlari ham Misr va Vizantiyaga qarshi urush qilib, yahudiylarning yerini bosib olganida tub aholining madaniy boyliklarini yo`q qilgani, «Zabur» va «Tavrot»ning qadimgi nusxalarini kuydirib yuborgani yuqoridagi misolning tasodifiy emasligidan dalolat beradi.



Umuman, har qanday sharoitda ham istilochilarning birinchi ishi xalq va millatlarni zo`rlik bilan bosib olish, boyliklarini talash bo`lsa, keyingi asosiy faoliyati — millatni o`z tarixi va an’analaridan uzib qo`yish, madaniy merosini talon-taroj qilish, uning ma’naviyatini yo`qotishdan iborat bo`ladi. Tarixning bu achchiq sabog‘i mustamlakadan ozod bo`lgan, o`z mustaqilligini saqlab qolish va mustahkamlashga intiladigan har qanday xalq taraqqiyoti uchun eng muhim xulosa bo`lib xizmat qiladi.

Iskandarga qarshi kurashda xalqimizning milliy qahramoni Spetamen beqiyos mardlik va jasorat ko`rsatadi. U Iskandarga qarshi ayovsiz qarshilik ko`rsatgan vatanparvar lashkarboshilardan biridir. Aslida, uning qahramonligi millatimizning o`sha davrdagi o`z davlatchiligini, o`zi yashaydigan hudud dahlsizligini saqlab qolish uchun olib borilgan kurashning yaqqol timsolidir. Albatta, bu lashkarboshi ortidan xalq ergashsa, elning ozodlik va mustaqillikka intilish tuyg‘usi kuchli bo`lmasa, Spetamenning nomi bu qadar mashhur bo`lib ketmas edi. Negaki, inson naqadar kuchli, tadbirkor va omadli bo`lmasin, agar xalq bilan birga bo`lib, uning dardlariga darmon izlamasa, hurriyat g‘oyalarini bayroq qilib ko`tarmasa, haqiqiy milliy qahramon bo`lolmaydi. Spetamen esa o`sha xalqimizning ruhi, orzu-umidlari, mustamlakachilarga qarshi matonati ramzi sifatida tariximiz qatiga mangu muhrlanib qolgan.


Download 29,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish