8-mаvzu. Estetika nazariyasi
Estetika tushunchasining mohiyati. Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati va uning ijtimoiy ma’naviy hayotdagi roli. Falsafa tarixida estetik qarashlar evolyutsiyasi. XX-XXI asrda estetikaning asosiy yo‘nalishlari. Estetikaning kategoriyalari. Estetik did va olamni estetik idrok etishning shaxs kamolotiga ta’siri. Estetika va dizayn. Tabiat estetikasi va landshaft dizayn. Reklamaning estetik didni tarbiyalashdagi roli. Xalq amaliy san’atining estetik jihatlari. Olamni virtual va vizual estetik idrok etishning farqlari. Dunyoni estetik idrok etishning ruhiy kamolotga ta’siri. Badiiy asarni idrok etishning darajalari. San’atdagi inqiroz (degumanizatsiya). Tushkunlik san’ati va undan chiqish mahorati.
9-mаvzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot
Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining mohiyati. Barqaror taraqqiyotni ta’minlashda globallashuvning ijobiy va salbiy yo‘nalishlari. Global jarayonlarning tasnifi. Migratsiya va urbanizatsiya barqarorlik va bekarorlik omili. Global jinoyatchilik va uning oldini olishda xalqaro hamkorlikning zarurati. Sportning global siyosiy xarakteri. Pandemiya – XXI asrning global muammosi va uni bartaraf etishda xususiy va umumiy manfaatlar uyg‘unligi. Global makonda axborot inqilobi texnologiyalari, sun’iy intellekt va virtual reallikning mutanosibligi. Zamonaviy texnikaning insonparvarlashuvi. Global tarbiya va ta’lim barqarorlik omili. Dunyo va O‘zbekistonda ta’lim va tarbiya amaliyoti.
10-mаvzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati
Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va uning tarixiy ildizlari. Dunyo bo‘yicha korrupsiya holatining tasnifi. Korrupsiyaning shakllari va sabablari. Korupsiyaning ijtimoiy xayotdagi ko‘rinishlari. Siyosiy va g‘oyaviy korrupsiya xavfsizlikka tahdid. Iqtisodiy korrupsiya va uning namoyon bo‘lish shakllari. Kadrlar korrupsiyasi va uni bartaraf etish mexanizmlari. Ta’lim va fan tizimidagi korrupsiyaning oqibatlari. Huquq tartibot organlari va jamoat tashkilotlaridagi korrupsiya. Xalkaro korrupsiya iqtisodiy-siyosiy manfaatlar to‘qnashuvi oqibati sifatida. Firibgarlik korrupsiya shakli. Ijtimoiy xayotdagi korrupsiyaning amal qilish sohalari.
Dunyo va O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashda tizimli yondashuvning zaruriyati. Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalkaro qonunlar va qarorlarning O‘zbekistonda ratifikasiya qilishning ahamiyati, iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy-huquqiy mexanizmlari. Korrupsiyaga qarshi fanlararo yondashuvning zarurati. Korrupsiyaning huquqbuzarlik va jinoyat sifatidagi tahlili. Korrupsiya namoyon bo‘lishining ijtimoiy sohalari, psixologik jihatlari. Korrupsioner xulq atvorining umumiy tavsifi. Korrupsiyaga qarshi kurashning tarixiy an’analari.
Do'stlaringiz bilan baham: |