Devid Yum (ingliz faylasufi 1711-1776) ham, J.Berkli kabi, substantsiyaning materialistik talqiniga qarshi chiqib, ontologiya muammolarini yechishga harakat qilgan. U moddiy va ma’naviy substantsiyaning amalda mavjudligini inkor etgan, lekin substantsiya «g’oyasi» mavjud, deb hisoblagan. Substantsiya «g’oyasi» deganda u ilmiy bilimga emas, balki oddiy bilimga xos bo’lgan inson «idroklari majmui»ni tushungan.
YAngi davr falsafasi bilish nazariyasi (gnoseologiya)ning rivojlanishida ulkan qadam tashladi. Falsafa ilmiy metodi, insonning tashqi dunyoni bilish metodologiyasi, tashqi va ichki tajriba aloqalari bosh muammolarga aylandi. Olinayotgan barcha bilimlar tizimining o’zagi hisoblangan haqqoniy bilimni olish vazifasi qo’yildi. Bu vazifani hal qilishning turli yo’llarini tanlash gnoseologiyaning ikki asosiy yo’nalishi – empirizm va ratsionalizm paydo bo’lishini belgiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |