Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo`lg`usi pedagoglarda o`qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati



Download 158,01 Kb.
bet27/83
Sana14.01.2022
Hajmi158,01 Kb.
#363667
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83
Bog'liq
1-mavzu Falsafa fanining asosiy maqsadi va bolgusi pedagoglarda oqitilishining nazariy-amaliy ahamiyati

Benedikt (Barux) Spinoza (gollandiyalik faylasuf 1632-1677) R.Dekartning substantsiya haqidagi dualistik ta’limotiga zid o’laroq, dunyo haqidagi monistik ta’limotni yaratdi. Uning monizmi panteizm ko’rinishida namoyon bo’ladi: o’z ontologiyasida Spinoza Xudo va tabiatni ayniylashtiradi, bunda Xudo yaratuvchi tabiat va yaratilgan tabiat sifatida amal qiladi. Ayni vaqtda B.Spinoza birgina moddiy substantsiya mavjud bo’lib, uning asosiy atributlari ko’lamlilik va fikrlashdir, degan fikrni ilgari suradi. SHunday qilib, butun tabiat u Xudo bo’lgani uchungina emas, balki unga fikrlash xos bo’lgani uchun ham jonli hisoblanadi. Spinoza butun tabiatni jonlantirib, shu tariqa gilozoist-faylasuf sifatida ham namoyon bo’ladi.

U moddiy substantsiya atributlari ham materiya kabi abadiydir: ular hech qachon vujudga kelmaydi va yo’q bo’lmaydi deb hisoblagan. Faylasuf substantsiyaning konkret holatlari – moduslarga ko’p e’tibor beradi. U moduslarni ikki guruhga ajratadi: abadiy, cheksiz moduslar va muvaqqat, chekli moduslar. CHeksiz moduslar substantsiya atributlari – fikrlash va ko’lamlilik bilan, chekli moduslar esa - qolgan barcha narsalar va hodisalar bilan belgilanadi.

Spinoza harakat hech qanday ilohiy turtki mahsuli emasligini isbotlashga harakat qiladi. Uning fikricha, tabiat «o’z-o’zining sababi» bo’lib, harakat uning mohiyati va manbai hisoblanadi. Ammo harakat Spinozada atribut emas, balki modusdir. Bunda harakat muayyan narsalarda kuzatiladi, substantsiya esa harakatlanish va o’zgarish qobiliyatidan mahrum va vaqtga mutlaqo bog’liq emas.

Ayni zamonda Spinoza – izchil determinist. U hodisalarning yuz berishi, mavjudligi va yo’q bo’lishi zamirida ob’ektiv sabablar yotadi, deb hisoblagan. Uning fikricha, sababiyat ikki xil: ichki (immanent) va tashqi (mexanik) bo’ladi. Ichki sababiyat substantsiyaga, tashqi sababiyat – moduslarga xos. Spinoza sababiy bog’lanishlarnigina emas, balki tasodif, zaruriyat va erkinlik munosabatlarini ham determinizm nuqtayi nazaridan o’rganadi. O’zining «Etika» asarida u tasodifni zaruriyat bilan bir qatorda mavjud bo’lgan ob’ektiv hodisa sifatida e’tirof etadi.

B.Spinoza bilishning uch turini farqlaydi: faqat mujmal va haqiqiy bo’lmagan tasavvurlar beruvchi hissiy bilish; moduslar haqida bilim olish uchun imkoniyat yaratuvchi aql yordamida bilish; bilishning eng oliy shakli – haqiqatga yo’l ochuvchi intuitsiya. Intuitiv yo’l bilan aniqlangan haqiqatlar (aksiomalar)dan deduktiv yo’l bilan – matematika metodlari yordamida qolgan barcha xulosalar chiqariladi.

Spinoza ilgari surgan g’oyalar o’sha davrda fanda hukm surgan teleologizm (tabiatda Xudo ato etgan maqsadga muvofiqlik)ga qarshi qaratilgan.




Download 158,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish