“falsafa” fanidan



Download 493,5 Kb.
bet43/53
Sana17.07.2022
Hajmi493,5 Kb.
#815847
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53
Bog'liq
Falsafa yakuniy namuna savollari222

Oziq-ovqat muammosi. Ommaviy kasalliklar va umrning sezilarli darajada qisqarishi sabablaridan biri oziq-ovqat muammosidir. Xususan, surunkali to‘yib ovqat emaslik va nomutanosib ovqatlanish kam rivojlangan mamlakatlar aholisida ommaviy tarzda namoyon bo‘layotgan muttasil oqsil ochligi va vitamin taqchilligiga olib kelmoqda. Natijada jahonda har yili ochlikdan bir necha o‘n millionlab odamlar, kattalardan ko‘ra ko‘proq bolalar halok bo‘lmoqda.
Energetika va xom ashyo resurslari. Yana bir global muammo – insoniyatni energetika va xom ashyo resurslari bilan ta’minlash xalqaro maydonda ko‘p sonli ziddiyatlar, shu jumladan harbiy mojarolar manbaiga aylandi. Bu resurslar moddiy ishlab chiqarishning negizi hisoblanadi va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga qarab inson hayotida tobora muhimroq rol o‘ynaydi.
Urush va tinchlik muammosi. Harbiy soha jamiyat hayotining eng isrofgar sohasi hisoblanadi. Ayni shu sababli jamiyat hayotidan urushni bartaraf etish va Erda mustahkam tinchlikni ta’minlash butun dunyoda mavjud barcha global muammolar orasida eng muhimi deb e’tirof etiladi.
1994 yilda “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi tashkil qilindi,
1996 yilda markaz faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi va unga ko‘ra 1997 yildan barcha ta’lim muassasalarida “Ma’naviyat asoslari” fanini o‘qitish joriy qilindi.
1999 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzurida Ma’naviyat va ma’rifat markazlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Ma’naviyat kengashi tashkil qilindi.
2008 yilda respublikamizning birinchi prezidenti Islom Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat engilmas kuch” asarida ma’naviy tahdidlar va ma’naviy yuksalish omillarini nazariy asosladi, zero “Ma’naviyat-insonning ulg‘ayish va kuch-qudrat manbaidir”14, faqat ma’nan etuk insongina har qanday tahdidga qarshi kurashga o‘zida kuch topishi mumkin.
10-mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati.

Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi.


XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining ish sifatiga toboro ko‘proq ta’sir ko‘rsata boshladi. Bu o‘sha davrda qabul qilingan bir qator qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan. Jumladan, 1787-yilda qabul qilingan AQSh Konstitutsiyasida pora olish AQSh prezidentini impechmentga tortish mumkin bo‘lgan ikki jinoyatning biri sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi o‘rnining oshib borishi
Xalqaro hujjatlarda birinchi bor korrupsiya tushunchasiga BMT Bosh assambleyasining Rezolyusiyasi bilan 1979 yil 17 dekabrda qabul qilingan “Huquqiy tartibotni saqlash bo‘yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor kodeksi”da to‘xtalingan bo‘lib, unda korrupsiya deganda “... mansabdor shaxsning har qanday shakldagi mukofot evaziga o‘z mansab vakolatlari doirasida mazkur mukofotni beruvchi shaxs manfaatlarini ko‘zlab, lavozim yo‘riqnomasi qoidalarini buzgan holda yoki buzmasdan muayyan harakatlarni bajarishi yoki harakatsizligi”15 tushuniladi deyilgan.
BMT Bosh Assambleyasining 1990 yil Gavanada korrupsiya muammolariga bag‘ishlab o‘tkazilgan mintaqalararo seminarida qabul qilingan Davlat xizmatchilari uchun xalqaro xulq-atvor kodeksida “korrupsiya bu mansabdor shaxslarning shaxsiy yoki guruh manfaatini ko‘zlab mansabini suiiste’mol qilish, shu­ningdek davlat xizmatchilari tomonidan o‘zlari egallab turgan xizmat vazifalaridan g‘ayriqonuniy foydalanish ko‘rinishlari­dir”, deyiladi.
Evropa Kengashi guruhining korrupsiya muammolari bo‘yicha 1995 yil 22-24 fevralda Strasburgda o‘tkazilgan birinchi sessiyasida “korrupsiya davlat yoki xususiy tizim mansabdor shaxslarini ularning mansab vakolatlari doirasida o‘zlarining vazifalarini buzib bajarishlari uchun ularni pora evaziga og‘dirib olinishidir”, deb ta’rif berilgan.
“Hokimiyatni pulga sotib olganlar undan foyda olishni istaydi”, degan edi faylasuf Arastu
AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARIDA davlat hokimiyati organlarini korrupsiyaning zararli ta’siridan saqlash zaruriyati AQSH hukumatini korrupsiyaga qarshi kurashni XIX asrdayoq davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilashga majbur qilgan.
Pekinda bu yo‘nalishdagi ishlar faqat XX asrning o‘rtalariga kelib faol tus oldi. 1962 yil AQSH Kongressi saylab qo‘yiladigan mansabdor shaxslar, xususan Kongress palatalari a’zolarining xulq-atvor qoidalarini ishlab chiqish masalasini muhokama qildi. 1965 yilda AQSH Prezidenti L.Jonson farmoyishiga binoan davlat hokimiyati organlariga davlat xizmatchilari o‘z vazifalarini qonunga muvofiq halol va sidqidildan bajarishi uchun ularning xulq-atvorini belgilaydigan axloq qoidalarini, xulq-atvor standartlarini o‘rnatish haqida topshiriq berildi. AQSH Prezidentining mazkur farmoyishi oliy martabali hukumat amaldorlariga o‘z “moliyaviy manfaatlari”ning holati haqida tegishli hukumat organiga vaqti-vaqti bilan ma’lumot berib turish majburiyatini yuklar edi. Ushbu farmoyish asosida Fukaro xizmati bo‘yicha komissiya moliyaviy deklaratsiya taqdim etishga majbur mansabdor shaxslar ro‘yhatini belgiladi. Bu deklaratsiyalarning mazmuni, toki bunga etarli asoslar mavjud ekan, oshkor etilishi mumkin emas edi.
Natijada AQSH Kongressi 1978 yilda “Hukumatdagi axloq to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. Bu Qonunning vazifasi “davlat amaldorlari va muassasalari halolligini saqlash va bunga imkoniyat yaratish”dan iborat edi. AQSH Prezidenta J.Karter bu qonun hukumat amaldorlariga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatibgina qolmasdan, ularni halol bo‘lishga ham majbur etishiga, natijada jamiyatga davlat xizmatiga muayyan nomzod, shuningdek, u yoki bu davlat xizmatchisi halolmi-yo‘qligini baxolash imkoniyati berilishiga umid bildirdi.
AQSHda 1976 yildayoq «Quyosh nuridagi hukumat to‘g‘risida» (“Government in the Sunshine Act”) nomlangan Qonuni qabul qilingan.
Qo‘shma SHtatlarda korrupsiyaga qarshi kurashga alohida e’tibor qaratilgan:poraxo‘rlik olingan poraning uch baravari miqdoridagi jarima, ayrim hollarda esa 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARIda korrupsiyaga qarshi kurash qonunlari o‘zgacha jazoni nazarda tutadi. Bu erda korrupsiyachilarning shunchaki qo‘li chopib tashlanadi.

Download 493,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish