Мантик” фанидан
Режа:
Мантиқ илмининг предмети ва аҳамияти
Тафаккурнинг мантиқий шакллари
Тафаккурнинг мантиқий қонунлари
Тушунча, хукм, хулоса чикариш ва турлари
Mantiq ilmi jamiyat tarixida ikki ming yildan ko‘proq davr mobaynida o‘rganib kelinadi. Uni o‘rganish insonga olamni bilish, bilimlarini ko‘paytirish, atrofldagi odamlar bilan muloqotini to‘g‘ri tashkil qilish uchun xizmat qiladi. Fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan inson to‘g‘ri tafakkur shakllari va ular bilan bog‘liq qonun-qoidalarni bilib olar ekan, o‘z fikrini mantiqan to‘g‘ri qurishga, asoslangan bo‘lishiga, nafaqat o‘zining balki boshqalarning ham fikriaridagi noaniqliklarni aniqlashga va tuzatishga o‘rganadi. Bu ish uzoq tarixga ega bolgan mantiq ilmini chuqur bilishni taqozo etadi. Mantiq ilmining alohida fan sifatida shakllanishi Qadimgi Yunon faylasufi Aristotel (er. av. 384—322-yy.) nomi bilan bogliq. U birinchi bo‘lib, ushbu ilm o‘rganadigan masalalar doirasini aniqlab berdi. Aristotelning «Kategoriyalar», «Talqin haqida», «Birinchi analitika», «Ikkinchi analitika», «Sofistik raddiyalar haqida» nomli asarlari bevosita mantiq masalalariga bag‘ishlangan. Uning «Ritorika», «Poetika» asarlari ham mantiqiy ta’limotining muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. «Metafizika», «Ruh haqida» asarlarida esa mantiq masalalari ma’lum darajada bayon qilingan. Aristotel o‘z ta’limotini «logika» emas, «analitika» deb atagan. Logika termini er.av. Ill asrdan boshlab, fanni ifodalovchi termin sifatida qo‘llanila boshlagan. «Mantiq» so‘zi yunon tilidagi «logika» so‘zining arabcha tarjimasidir. «Logikos» - so‘z, aql, aql yuritish, qonun ma’nolarini beruvchi keng qamrovli termindir. «Mantiq» istilohining qamrovi ham «logos»niki kabi bo‘lib, uning o‘zagi «so‘zlashuv» ma’nosini beradigan «nutq» 80‘zidir1. Biz «mantiq» istilohini fanni ifodalash uchun qo‘llaymiz. Mantiq shakllari orasida quyidagilar muhim o‘rinni egallaydi: 1 Muhammad Fazlul-imom Xayriobodiy. Mirqotul mantiq. - Т.: Toshkent islom universiteti, 2011. 3-bet. 202 Formal mantiq — mulohazalar va isbotlashning strukturasini analiz qilish, o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi fan bo‘lib, unda asosiy e’tibor mazmunga emas, shaklga qaratiladi. Noformal mantiq (informal logic) — tabiiy tilda argumentlashni qurish va baholashning noformal standartlarini, uni talqin qilishning usullari va mezonlarini ishlab chiquvchi normativ fandir. Nazariy mantiq — muayyan bilimlarning mantiqiy sistemasi yoki mantiqiy nazariyalar yig‘indisi bo‘lib, ular tabiiy va maxsus formallashgan (sun’iy) til vositasida, ma’lum bir prinsip va aksiomalarga asosan qurilgandir. Amaliy mantiq — 1) insonlarning tabiiy tafakkurlash jarayonini; 2) nazariy mantiqdan konkret holatlarda foydalanishni, ya’ni dalillash va rad etishni; 3) faoliyat mantig‘i, qaror qabul qilish mantig‘i, tanlash mantig‘i, evristika, prakseologiya, konfliktologiya va boshqa shu turdagi mantiqiy nazariyalar va tadqiqotlarni ifodalaydi.
Tafakkur va uning xususiyatlari. Tafakkur bilishning yuqori bosqichi ratsional (lotincha ratio — aql) bilish boMib, unda predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlanadi, ular o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya’ni qonuniy bog‘lanishlar aks ettiriladi. Aqliy bilish, tafakkurlash voqelikni abstraktlashgan (mavhumlashgan) va umumlashgan holda aks ettiradi. Tafakkurlash til bilan uzviy aloqada, ya’ni til fikrning voqe bo‘lish shakli hisoblanadi. Sharq mutafakkirlari tilga katta e’tibor berganlar. Tafakkur (aqliy bilish) hissiy bilish bilan uzviy bog‘liq. Tafakkur yordamida buyum va hodisalarning mohiyatini tushunishga erishiladi. Tafakkur voqelikni umumlashtirib va mavhumlashtirib, muayyan mantiqiy shakllarda, ya’ni tushuncha, mulohaza va xulosa chiqarish hamda ular o‘rtasidagi aloqalar shaklida aks ettirib, ma’lum mantiqiy qonun-qoidalarni vujudga keltiradiki, to‘g‘ri, aniq, izchil, ziddiyatlardan xoli fikrlash ana shu qonunqoidalarga amal qilishni taqozo etadi. Bu qonun-qoidalar amaliyotda vujudga kelgan bilimlarni isbotlash yoki rad etish, ularning to‘g‘riligi yoki xatoligini tasdiqlash yoxud inkor etishga xizmat qiladi.
Tafakkur qonunlari. Inson bilish jarayonida buyum va hodisalar, ularning sifat, xususiyatlari haqida tushunchalar hosil qiladi, fikr-mulohaza yuritadi, ularni mantiqiy boglab, xulosalar hosil qiladi. Bu jarayonni tushunish uchun tafakkur shakli va tafakkur qonuni nima ekanligini bilib olish zarur. Tafakkur qonunlariga amal qilish to‘g‘ri, tushunarli, aniq, izchil, ziddiyatsiz, asoslangan fikr yuritishga imkon beradi. Aniqlik, izchillik, ziddiyatlardan xoli bo‘lish va asoslanganlik to‘g‘ri tafakkurlash ning asosiy belgilaridir. Bular mantiqiy qonunlarning asosini tashkil etuvchi belgilar bolganligi uchun, ularning har birini alohida-alohida ko‘rib chiqamiz. Biror buyum yoki hodisa haqida fikr yuritilganda, ularga xos bo‘lgan barcha muhim belgilar, qamrab olinadi. Predmet haqidagi fikr necha marta va qanday holatda takrorlanishiga qaramasdan doimiy, o'zgarmas va qat’iy mazmunga ega bo‘ladi. Tafakkurga xos bo‘lgan bu aniqlik xususiyati Ayniyat qonunining mohiyatini tashkil etadi. Ayniyat qonuniga kola, ma’lum bir predmet yoki hodisa haqida aytilgan ayni bir fikr ayni bir muhokama doirasida ayni bir vaqtda o‘z-o‘ziga tengdir. Bu qonun formal mantiq ilmida «А—А» formulasi bilan ifodalanadi. Ayniyat qonunining asosiy talabi quyidagicha: fikrlash jarayonida turli fikrlarni aynanlashtirish va, aksincha, o‘zaro aynan bolgan fikrlarga teng emas, deb qarash mumkin emas. Bu mantiqiy tafakkurning muhim shartlaridan biridir. Fikrlash jarayonida bu qonunni bilib yoki bilmasdan buzish holatlari uchraydi. Formal mantiq mantiqiy ziddiyatlar bilan real hayot ziddiyatlarini chalkashtirib yuborishni qoralaydi. Chunki bulardan birinchisi tafakkurda yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan ziddiyat bo‘lsa, ikkinchisi buyum, hodisalar taraqqiyotining ichki manbaini tashkil qiladigan dialektik ziddiyatdir. Birinchisi subyektiv, ikkinchisi obyektiv ziddiyatdir. Uchinchisi — istisno qonuni nozidlik qonunining mantiqiy davomi boMib, fikrning to‘liq mazmunini qamrab olib, bayon qilingan ikki zid fikrdan biri chin, boshqasi yolg‘on, uchinchisiga o‘rin yo‘q ekanligini ifodalaydi. Bu qonun fikrlar o‘rtasidagi zid munosabatlarni ifodalaydi. Agarda zid munosabatlar fikrning to‘liq mazmunini qamrab olmasa, ikki zid belgidan boshqa belgilarning ham mavjudligi ma’lum bo‘lsa, unda «Uchinchisi — istisno» qonuni amal qilmaydi. Yetarli asos qonunida to‘g‘ri tafakkurning eng muhim xususiyatlaridan biri bo‘lgan fikrlarning izchillik bilan muayyan tartibda boglanib kelish xususiyati ifodalanadi. Bu qonun avvalgi ko‘rib o‘tilgan qonunlar bilan o‘zaro bog‘liq holda amal qiladi.
Tushuncha tafakkur shakllaridan biri sifatida til orqali ifodalanadi. Tushunchaning mohiyatini bilish uchun uning nom va so‘z bilan qanday bog‘liqligini aniqlab olamiz. Ttishuncha buyum va hodisalarning umumiy, muhim va farq qiluvchi belgilarini bir butun, yaxlit holda aks ettiruvchi tafakkur shaklidir. Buyum va hodisalarning belgilari muloqot va fikr yuritish jarayonida biror predmetning vakili sifatida xizmat qiladigan belgilardan farq qiladi. Buyum va hodisalarning belgilari predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biriga o‘xshashligini ifoda qiluvchi xususiyatlar va munosabatlarni ifodalovchi belgilardir. Masalan, savdo-sotiq bilan shug‘ullanish faqat insonga xos belgidir. Boshqa tirik mavjudotlar bunday faoliyat bilan shug‘ullanmaydilar. Buyum va hodisalarning belgilari umumiy, muhim, farq qiluvchi turlarga bo‘linadi. Bir sinfga mansub boMgan hamma predmetlarga xos bo‘lgan belgilar — umumiy belgilardir. Insonlar sinfi uchun qaddini tik tutib yurish, kulish va boshqa shunday belgilarga misol bo‘ladi. Biror belgining o‘zgarishi yoki yo‘q bo‘lishi tushunchaning ham o‘zgarishi yoki yo‘q bolishiga olib keladigan belgi muhim hisoblanadi. Inson uchun aqllilik (tafakkur qilish) muhim belgidir. Farq qiluvchi belgi predmetni o‘ziga o‘xshash boshqa predmetlar orasidan tanib olishga imkon beruvchi belgidir. Masalan, har bir inson o‘ziga xos individual belgilari bilan boshqalardan ajralib turadi. Demak, tushuncha ma’lum belgilariga ko‘ra bir to‘plamga birlashgan predmetlarning birligini ifodalaydi. Tushuncha so‘z bilan uzviy bog‘liq. Ular o‘rtasidagi aloqadorlik tafakkur va til o‘rtasidagi bog‘lanishning konkret tarzda namoyon bolishidir. Tushunchalar so‘z (talaba, universitet, qog‘oz) va so‘z birikmalari (0 ‘zbekiston Milliy universitetining talabasi, 0 ‘zbekiston Milliy universiteti, rangli qog‘oz) yordamida ifodalanadi. Lekin bundan tushuncha va so‘z aynan bir xildir, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Ba’zi so‘zlar (ammo, Chunki, uchun va h.k.) hech bir tushunchani ifoaalamasligi ham buning sabablaridan biridir. Bitta tushuncha har xil tillarda, ba’zan bir tilda ham turli xil so‘zlar bilan ifodalanadi. Har bir tushuncha muayyan hajm va mazmunga ega. Tushunchaning hajmi unda fikr qilinayotgan predmetlar yig‘indisini aks ettiradi. Masalan, «oral» tushunchasining hajmi Yer yuzidagi mavjud barcha orollarni o‘z ichiga qamrab oladi. Tushunchani ifodalovchi so‘zda ko‘plik qo‘shimchasi «lar» bolmasa ham, u umumiy hajmga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, inson, uy, davlat tushunchalari kabi. Tushunchaning mazmunini unda fikr qilinayotgan predmetning muhim belgilari to‘g‘risidagi axborot tashkil etadi. Masalan, «imij» tushunchasining mazmunini — odamlar ongida muayyan shaxs, tashkilot yoki boshqa ijtimoiy obektga mos keladigan, idrok etilayotgan obyekt haqidagi axborotni o‘zida mujassamlashtirgan va ijtimoiy xulq-atvorga da’vat etadigan muayyan sintetik obraz haqidagi ma’lumot tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |