Suvrati olamga mashxur gazetu jurnaldin,
Qayga borsam, shunda hozir foto Pensonim mening.
Xajviya–jamiyat, inson faoliyatidagi illatlar va ularning oqibatlari, olam mukammalligi va inson ideallariga nomuvofiq kelishini ko’rsatib beruvchi kulgi turidir. Lekin mas’hara, mazax kabi kulgi turlari ham borki, ular estetik tarbiya vositasi bo’lolmaydi. Aksincha, ular mohiyatan insonni qoralashga, uni hafa qilishga, obro’sizlantirishga qaratilgan bo’ladi. Bu kulgining o’ta ziddiyatli va g’ayriaxloqiy ko’rinishidir. Shu bois mas’hara fisqu–fasodning muqaddimasi sanaladi. Mazah qilish ibosiz so’z bilan insonga daxl etmoq demakdir. Mazah qilish, kalaka qilish, o’zganing ustidan, jismoniy kamchiligidan kulish mas’haraning real voqyelikdagi ko’rinishlaridir.
Kulgililikning barcha shakllari ular qanchalik erkin namoyon bo’lish imkoniyatlariga ega bo’lib borsalar, shunchalik ko’p ahamiyat kasb etadilar. Rivojlangan hazil tuyg’usi, hayotning kulgili tomonlarini nozik ilg’ab olish va fahmlash qobiliyati rivojlanib borgan sari shaxsning ma’naviy–ruhiy sog’lomligi hamda barkamolligi yuksalib boraveradi.
Umuman olganda, estetikaning tushunchalari (kategoriyalari) doimiy hamkorlikda mustahkamlanib boradi. Ayniqsa, bu jarayonda go’zallik kategoriyasi bog’lovchilik vazifasini bajaradi. Shuning uchun fojiaviylikda, ulug’vorlikda, hunuklikda ham go’zallik unsurlarining uchrashi bejiz emas
Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi
Reja:
Jamiyat rivojida tabiatga estetik munosabatning shakllanishi. Tabiatning estetik jixatlari.
Ekologik estetikaning kadriyatli makomi. Tabiatni estetik idrok etishning an’anaviy va noan’anaviy usuli. Ekoestetikaning XXI asr ilmiy-texnik tarakkiyotdagi urni.
3. Texnogen sivilizatsiyaning ishlab chikarish estetikasi va fan tarakkiyotiga ta’siri. Maishiy turmush estetikasi.
4. Zamonaviy shaxarsozlik estetikasi .Dizaynning estetik xususiyatlari. Xalk amaliy san’ati va dizayn
Insoniyat jamiyati tarixiy taraqqiyotining hozirgi davri bir-biri bilan bog’liq global muammolar tizimi vujudga kelishi bilan xarakterlanadi. Xususan, dunyo miqyosida ekologik inqiroz holatining tobora keskinlashuvi jahon hamjamiyatini tahlikaga, sarosimaga va tashvishga solmoqda. Bu esa uning inqirozi ko’lami yanada kengayshi oldini olish hamda vujudga kelgan oqibatlarini bartaraf etish uchun, avvalo, dunyodagi barcha davlatlarning hamkorligini, kuch va imkoniyatlarini safarbar qilishni taqozo etmoqda. Bu haqda O’zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov: “Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Tabiat va inson o’zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bo’ladi. Bu qonuniyatlarni buzish o’nglab bo’lmas ekologik falokatlarga olib keladi”I, deb yozgan edi.
Shuningdek, bu muammo yechimi barcha davlatlarning: moddiy, texnik, texnologik, intellektual salohiyati resurslarini integrasiyalashtirishdan tashqari, uning muhim subektiv asosi – inson omili rolini ham rivojlantirish bilan bog’liqligi, aksiomatik-obyektiv haqiqat sifatida, e’tirof etilmoqda. Shunga ko’ra, jamiyat ijtimoiy-madaniy hayotining barcha sohalarini: bir tomondan, ekologik borliq (vaziyat) va uning in’ikosi bo’lgan ekologik ong rivojlanish darajalari asosida isloh qilish; ikkinchi tomondan, umuman ma’naviy madaniyatni, xususan tabiatga estetik munosabatning jamiyat ekologik ong fenomeni bilan integrativ aloqadorligini, bog’liqligini ilmiy tadqiq qilish zaruriyati butun insoniyatga, shu jumladan mamlakatimiz fuqarolariga ekologik baqaror tabiiy hayot sharoitini yaratish bilan izohlanadi. Ayniqsa, respublikamizda vujudga kelgan halokatli ekologik vaziyatni sog’lomlashtirish vazifalari, jamiyat a’zolari ijtimoiy ongida tub sifat o’zgarishlarni amalga oshirish uchun ma’naviy-madaniy qadriyat mo’ljallarini qayta ko’rishni taqozo qilmoqda.
Hozirgi davrga kelib, insoniyat ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-madaniy hayoti taraqqiyotining mezonlari tizimida ekologik ong va madaniyat ustuvorlashuvi qonuniyat maqomiga ega bo’lib bormoqda. O’z navbatida, bu qonuniyat ijtimoiy ong shakllarini ekologiyalashtirish tamoyillarini, yo’nalishlarini belgilab, jamiyat a’zolarining tabiatga estetik munosabati motivi, mexanizmi sifatida: shaxs intellektual salohiyatini, dunyoqarashi xarakterini, ekologik hayotiy pozisiyasini aniqlash va baholash mezoniga aylanmoqda. Binobarin, ekologik ong va madaniyat asosida insonlarning tabiiy atrof-muhit muhofazasi bilan bevosita bog’liq estetik faoliyatini kompleks-sistemali o’rganish global ekologik muammolar yechimini topishda muhim nazariy, metodologik va amaliy ahamiyatga ega. Zero, O’zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov yangi ekologik tafakkurni shakllantirishning strategik maqsadini belgilar ekan: “Kishilarda yangicha ekologik fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o’zgartirish, har bir kishiga o’z mehnatini sarflash sohasi va shakllarini mustaqil belgilash imkonini berish”II zaruriyatini ta’kidlaydi. Tabiatga estetik munosabat kuyidagicha ta’riflanadi ;
–birinchidan, shaxsning tabiatga estetik munosabatini shakllantirishda ekologik ong ta’siri tarixiy asoslarini, taraqqiyot bosqichlari o’rtasidagi vorisiylik tamoyillarini falsafiy tahlil qilish;
–ikkinchidan, subyektiv omil sifatida ekologik ong darajalarining tabiatga shaxs estetik munosabatini rivojlantirishdagi funksional rolini, ahamiyatini va ta’sir imkoniyatlarini ko’rsatish;
–uchinchidan, ekologik ong globallashuvi sharoitida tabiatga estetik munosabatda: milliylik va umuminsoniylik, an’aaviylik va zamonaviylik uyg’unligini determinlashtiruvchi omillar tizimini aniqlash;
–to’rtinchidan, shaxsning tabiatga oqilona munosabatida ekologiyani estetikalashtirish va estetikani ekologiyalashtirish yo’nalishlarini integrasiyalashtirish xarakterini, qonuniyatlarini aniqlash;
–beshinchidan, shaxs ekologik ong darajalarining tabiatga estetik munosabatni shakllantirish jarayonida keskinlashayotgan global ekologik muammolarni hal qilishdagi imkoniyatlarini va rolinini ko’rsatish;
–oltinchidan, ekologik ong va boshqa subyektiv omillarining tabiatga shaxs estetik munosabatini shakllantirishdagi funksional rolini oshirish qonuniyati maqomini, o’rnini va ahamiyatini o’rganish;
–yettinchidan, tabiatga shaxs estetik munosabatni rivojlantirishda ekologik ong imkoniyatlarini rag’batlantiruvchi obyektiv shart-sharoitlar va subyektiv omillarga differensial yondashish usul-vositalarini takomillashtirish zaruriyati bilan belgilanadi.
Insoniyat jamiyati paydo bo’lishi asosida, avvalo, odamning tabiatga munosabati yotadi. Zero, har qanday ijtimoiy munosabat tabiiy makonda sodir bo’ladi va uning mavjudligi, muayyan darajada shakllangan ekologik ongni hamda uning «moddiylashuv» shakli – madaniyatni taqozo qilgan. Boshqacha qilib aytganda, ekologik ong va madaniyatning rivojlanish darajasi (anglanganligi yoki anglanmaganligi, soddaligi yoki stixiyaliligidan qat’iy nazar), ijtimoiy munosabatlar tizimi xarakterini belgilovchi omil hisoblangan. Xususan, shaxsning tabiatga estetik munosabati ham ekologik ong va madaniyatga asoslangan bo’lib, turli tarixiy davrlarda insonning tabiatga m’naviy munosabatini ifodalagan.
Shaxsning tabiatga estetik munosabatini shakllantirishda ekologik ong rivojlanish bosqichlari o’rtasidagi vorisiylik va aloqadorlik, uning san’at asarlari badiiy obrazlarida ifodalanish xususiyatlari tabiatni muhofaza qilishda alohida ahamiyatga ega bo’lgan. Keyinchalik, “tabiat-jamiyat-inson” tizimi elementlari o’rtasidagi munosabatlarning rivojlanib borishi bilan ekologik ong va madaniyat boshqa ijtimoiy ong shakllarini integrasiyalashtiruvchi omilga aylangan. Shu jumladan, tabiatga estetik munosabatda ekologik maqsad ustuvorlashib, uning funksional yo’nalishini belgilab berishini obyektiv jarayon sifatida e’tirof etish kerak. Zero, tabiatga estetik munosabatni rivojlantirishda ekologik ong darajalarining funksional roli kuchayib va ahamiyatining oshib borishi insoniyat ehtiyojlaridan kelib chiqadi hamda svilizasiya kelajagi manfaatlariga mosdir
Shuni maxsus ta’kidlash kerakki, zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik ustivor omil bo’lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb etmaydi. Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik shaxsni estetik jihatdan mukammal bo’lib yetishishiga monelik ko’rsatadi. Shuning uchun inson va tabiat o’rtasidagi munosabat inqiroz va halokat yoqasiga kelib qolgan bir vaqtda bu muammoni chetlab o’tish maqsadga muvofiq bo’lmaydi.
Ma’lumki, inson o’zining ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida azaldan tabiat bilan hamkorlik qilib kelgan. Tabiatdagi go’zalliklardan bahramand bo’lishlari barobarida uni estetik tarzda o’zlashtirishga, inchunun, mavjud hunukliklarni bartaraf qilishga harakat qiladi. Biroq, afsuski, aksariyat xollarda shaxsning tabiat bilan bo’ladigan estetik tafakkuri to’g’ri tarbiyalanmaganligi hamda uning estetik «no’noqligi» bois ular o’rtasida katta bo’shliq yuzaga keldi; bu bo’shliq insoniyat boshiga misli ko’rilmagan talofotlarni soldi. Bunga ma’lum ma’noda «Biz tabiatdan in’om-exson kutib o’tirmaymiz, balki undan o’zlashtirish bizning burchimizdir» shiori ostida olib borilgan noto’g’ri ishlarga ham bog’liq.
Shuning natijasi o’laroq, aytish joiz bo’lsa, hvfli vaziyatlar yuzaga keldi. Jumladan, yer sifat tarkibining to’xtovsiz ravishda pasayib borayotganligi, suv zahiralarining (yer osti va yer usti) keskin taqchinligi, havo bo’shlig’ining ifloslanishi va albatta, orol dengizining qurib borishi va hokazo shu singari xavfli holatlar bilan izohlash mumkin. Mazkur vaziyatlarni e’tiborga olgan holda tabiat moddiy boyliklardan oqilona foydalanish va unga ongli, estetik tarzda munosabatda bo’lish bugungi kunning eng dolzarb vazifalardan biri bo’lib qolmoqda. Ushbu muammoni zudlik bilan ijobiy hal qilish pirovardida inson ehtiyoji uchun zarur bo’lgan ko’plab tabiiy-moddiy boyliklarni tejab qolishga, atrof-muhit musaffoligini ta’minlashga, o’simlik va hayvonot olamini asrab qolishga va eng asosiysi inson genofondining yo’q bo’lib ketish xavfining oldini oladi.
Estetik tarbiyaning barcha vositalari shaxsning voqyelikka nafosatdor munosabatini ravnaq toptirishga xizmat qiladigan tarbiyaviy faoliyat bo’lib, u o’ziga xos ta’sirchanlik, tug’yoniylik kuchiga ega. Busiz inson bilish ko’lamining vujudga kelishi mumkin emas. Shuningdek, inson badiiy tafakkur qobiliyatni o’stirish ayni paytda estetik tarbiya vositalarining muhim vazifasi sanaladi. Shunga ko’ra, estetik tarbiya vositalari ikki xil xususiyati bilan ajralib turadi. Birinchidan, u voqyelikda sodir bo’layotgan hodisalar to’g’risidagi ma’lumotlarni insonga tushunarli tarzda yetkazishi bilan. Ikkinchidan, zamonaviy fanlarning estetik xususiyatlarni hissiy idrok qilishning faol, tajribalar asosida yetkazib berishi bilan diqqatga sazovordir. Shunga ko’ra, san’at, tabiat, urf-odatlar, mehnat, ommaviy axborot vositalari, sport estetik tarbiyani shakllantiruvchi hamda uning rivojlanishiga ko’mak beruvchi asosiy vositalar sifatida e’tirof etiladi.
Jumladan, mehnat ham moddiy, hamda ma’naviy go’zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning muhim vositasiga aylanadi. Bu jarayon ijtimoiy-foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta’sirida vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga keltiradigan zararini kamaytiradi. Qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat ma’naviy qiyofasini belgilovchi omil hamdir.
O’zbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning iqtisodiy asosi-ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotidir. Ushbu jarayonda eng muhim va dolzarb vazifa insonlarda mehnatga bo’lgan yangicha tuyg’uni shakllantirishdan iborat. Tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rag’batlantirish, odamlarda mulkka egalik xissiyotini tarbiyalash o’z navbatida mehnatga bo’lgan munosabat orqali rivojlanib boradi. Negaki, odamlarda ko’p ukladli, turli mulk tizimlarini barpo etishga bo’lgan rag’bat tarbiyasi insonni bir tomonlama fikrlashdan, boqimandachilik kayfiyatlaridan halos qilib, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, odamning o’z kuchi va salohiyatiga suyanishini kuchaytiradi, mehnatga hurmat, sadoqat va fidoiylik tuyg’ularini shakllantiradi. Bu pirovardida halq turmush darajasining o’sishiga olib keladi. Mehnatga bo’lgan yangicha munosabat o’zining ana shunday xususiyatlariga ega ekanligi bilan estetik tarbiyaning muhim vositasi bo’lib sanaladi.
Shuningdek, ommaviy axborot vositalari inson estetik tarbiyasiga yaqindan ta’sir qiluvchi qudratli va faol kuchdir. Ayniqsa, televideniye shaxs hamda ommani etetik dunyoqarashini shakllantirishda, ularni estetik jihatdan tarbiyalashda yuksak ahamiyat kasb etadi. Rang-barang mavzulardagi ko’rsatuvlar badiiy va hujjatli filmlar, ijtimoiy-ma’naviy mazmundagi reklamalar, telemarafonlar estetik tarbiyani maqsadli yo’naltirishda, insonlar tafakkurida go’zallikka bo’lgan yangicha munosabatni shakllantirishda salmoqli ahamiyat kasb etadi.
Sport estetik tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda alohida e’tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad avlodni jismonan baquvvat, sog’lom, vatanning jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Bugunda yurtimizda sportni rivojlantirishga doir ko’plab dasturlar ishlab chiqilgan va ular jamiyat munosabatlaridan amalda ishtirok qilmoqdalar. Keyingi kunlarda O’zbekiston ko’plab sport turlari bo’yicha jahon musobaqalarni uyushtiruvchi va o’tkazuvchi mamlakat sifatida jahon hamjamiyatida ko’zga ko’rinib bormoqda. Ana shularning barchasi muayyan ma’noda inson estetik dunyoqarashini, tafakkurini sog’lomlashtirishiga qaratilgan. Bir so’z bilan aytganda, sport estetik tarbiyaning muhim vositasi sifatida «Farzandlari sog’lom yurtning kelajagi porloq bo’ladi» degan maqsadni amalga oshirishga muhim hissa qo’shadi.
Hozirgi davrda ekologik muammolarning globallashuvi va keskinlashuvi barcha ijtimoiy ong shakllarini, shu muammolar yechimi doirasida, integrasiyalashtirishni taqozo qilmoqda. Xususan, tabiatga estetik munosabatda milliylik va umuminsoniylik, an’anaviylik va zamonaviylik integrasiyasi aynan ekologik masalalalarni ifodalashda yaqqol namoyon bo’lmoqda. Chunki insoniyat hayoti uchun munosib ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va ekologik muhit yaratish zaruriyati: bir tomondan, shaxs ekologik mas’uliyatini estetik munosabatlarga transformasiya qilishni taqozo qilmoqda. Ikkinchi tomondan, shaxs ekologik ongi va madaniyatini rivojlantirishni, uning estetik dunyoqarashidan tashqarida tasavvur qilib bo’lmaydi. Zero, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “.Asrlar tutash kelgan pallada mamalakatimiz axolisi butun insoniyat ulkan ekologik xavfga duch kelib koldiki buni sezmaslik kul kovushtirib utirish fojiaga olib keladi.” Ayniqsa, O’zbekistondagi fojiali ekologik vaziyatni sog’lomlashtirishda tabiatga estetik munosabatni shakllantirish muhim subyektiv omil hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, insoniyat tarixiy taraqqiyotida, jamiyat ekologik ongi va madaniyatining tabiatga estetik munosabatni shakllantirishdagi rolini o’rganish va nazariy-konseptual asoslarini, amaliy-tashkiliy yo’l-yo’riqlarini, rasional usullarini, konstruktiv vositalarini belgilash muhim nazariy-metodologik ahamiyatga ega.
Hozirgi davrda ekologik muammolar globallashuvi va keskinlashuvi, ularni bartaraf qilishga yo’naltirilgan ma’naviy-madaniy tadbirlarni davlat ijtimoiy siyosati markaziga qo’yib, subyektiv omillarini rivojlantirishga kompleks-sistemali yondashishni taqozo qilmoqda. Xususan, shaxs darajasida tabiatga madaniy munosabatni shakllantirishda san’at alohida rol o’ynaydi. Shuning uchun, O’zbekistonda san’atning barcha janrlarini ekologiyalashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni: moddiy-moliyaviy asosni, ijtimoiy-psixologik muhitni yaratish, sohani kadrlar bilan ta’minlashga doir qator muhim vazifalarni bajarish rejali tarzda kun tartibiga qo’yilmoqda. Bu vazifalarni Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning: “Modomiki biz huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurayotgan ekanmiz, ma’naviyat sohasidagi yigirma birinchi asrga mo’ljallangan harakat dasturimiz ham ana shundan kelib chiqishi darkor. Ya’ni, erkin fuqaro – ongli yashaydigan, mustaqil fikrga ega bo’lgan shaxs ma’naviyatini kamol toptirish bizning bosh milliy g’oyamiz bo’lishi zarur”,I- degan metodologik ko’rsatmasi kontekstida qaraydigan bo’lsak, biz tadqiq qilayotgan mavzuning maqsadi ham, yo’nalishlari ham konkretlashadi.
Darhaqiqat, har qanday tarixiy davrlarda va jamiyatlarda shaxsning tabiatga estetik munosabati ekologik vaziyatga adekvat usullar va vositalar orqali amalga oshirilib, tabiat muhofazasining ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan. Shuning uchun, birinchidan, ekologik faoliyatning har qanday darajasi, murakkab ijtimoiy hodisa sifatida, mavhum deklarativ chaqiriqlardan holi bo’lib, umumiy qolipdagi mavsumbozlikni istisno qiladi. Ikkinchidan, tabiatga estetik munosabatning ustuvor vazifalari, ularni amalga oshirish usul-vositalari qat’iy standartlashmagan, balki konkret ekologik vaziyatga differensial yondashishni taqazo qiladi. Uchinchidan, har bir shaxsning tabiatga estetik munosabatini hayot tarzi idealiga aylantirishi uchun san’atning “ekologik hayotiyligi” (realistik mazmuni) va uni transformasiya qilish usul va vositalari rasional-konstruktivligi muhim ahamiyatga ega. To’rtinchidan, shaxs ekologik ehtiyojlari, manfaatlari (ijtimoiylik tarkibidagi) individualligi, ularni o’zaro muvofiqlashtirish, yagona maqsadga bo’ysundirish imkoniyatlarini reallashtiruvchi siyosiy mexanizmlarga, usul-vositalarga ehtiyojni kuchaytirmoqda. Beshinchidan, ekologik voqyelikning dinamik o’zgarish xususiyatlari, san’at asarlarida ularni badiiy obrazlarda aks ettirishga va transformasiya qilishga nisbatan ilgarilab ketmoqda. Bunga tabiatga estetik munosabat usullari va vositalari noshudligi ham sabab bo’lmoqda. Oltiinchidan, shaxs ekologik ongi va madaniyatining tabiatga estetik munosabatni rivojlantirish usullari va vositalari “konservativligi” strategik vazifalarni aniqlashga ham salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Bu ko’rsatilgan muammolar yechimidagi qiyinchiliklar va murakkabliklarni bartaraf qilishning nazariy-metodologik, amaliy-praksiologik vazifalarini hal qilish barcha fanlar hamda ijtimoiy ong shakllarining integrativ faoliyatini taqazo qiladi.
Umuman shaxs ekologik ongning tabiatga estetik munosabatni shakllantirish usullari va vositalarini takomillashtirishidan asosiy maqsad – jamiyat barqaror taraqqiyoti asosi bo’lgan barkamol avlodni tarbiyalash ehtiyoji va zaruriyati bilan bog’liq. Har qanday jamiyatda bu maqsadni amalga oshirish, konkret ekologik vaziyatdan kelib chiqadigan vazifalar tizimini, ularni amalga oshirishning usul-vositalarini rivojlantirish yo’nalishlarini belgilab berishi: bir tomondan, jamiyat barqaror ekologik taraqqiyot ehtiyoji va manfaatlaridan kelib chiqsa, ikkinchi tomondan, ularning samaradorligi jamiyat rivojlanish darajasiga mos keladi va uning mezoni hisoblanadi. Shuning uchun shaxs ekologik ongi va madaniyatini rivojlantirish usul-vositalari samaradorligini oshirish imkoniyatlarini: jamiyat taraqqiyoti darajasidan, tabiatga estetik munosabat xarakteridan qidirish kerak.
Ekologik ongning tabiatga estetik munosabatni shakllantirishi va san’at asarlarida ifodalash usul-vositalarini rivojlantirish jarayonida, uning nisbatan turg’un tamoyillari vujudga kelganligini ko’ramiz, ya’ni: ekologik voqyelikni aks ettiradigan san’at asarlarining vujudga kelishi, tarixiy zaruriyat natijasi sifatida, obyektiv hodisadir. Lekin, uning shaxs ekologik ongiga, tabiatga estetik munosabatiga ta’siri nuqtai nazaridan subyektiv omil hisoblanib, tabiatga estetik munosabatni san’at asarlarida ifodalash va transformasiya qilishda obyektivlik va subyektivlik, moddiylik va ma’naviylikning dialektik aloqadorlik tamoyilini namoyon qiladi.
San’atning ekologik voqyelikka munosabatidagi tarixiy meroslariga (ular ham inson irodasiga bog’liq bo’lmagan obyektiv reallik) vorisiylikni ham obyektiv jarayon sifatida qarash kerak. Chunki san’atning har qanday tarixiy rivojlanish xususiyatlari, uning keyingi bosqichiga gnoseologik, metodologik va praksiologik asos bo’lib xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, san’at asarlarida ekologik voqyelikning real obrazlarda aks etishi bilish jarayonligini va usul-vositalari obyektivligini e’tirof etish bilan xarakterlanadi. Lekin tabiatga estetik munosabatning ekologik voqyelikni real obrazlar vositasida obyektiv aks ettirishi, uni o’zgartiruvchi va o’zlashtiruvchi usullar mukammalligiga bog’liq bo’ladi.
San’at, umuman obyektiv reallikni, xususan ekologik voqyelikni ideal badiiy obrazlarda ifodalashiga qaramasdan, konkret mazmunga ega. Chunki ekologik vaziyatning o’zgaruvchanligi konkret statistik-sosiologik ko’rsatkichlar, mezonlar, usullar va vositalar bilan baholanadi. San’at asarlaridagi individuallik esa, uning konkretliligini, mohiyati va mazmuniga ko’ra, umumiylikning muayyanligini ifodalaydi. Shunga mos ravishda shaxs ekologik ongining tabiatga estetik munosabati ham aniq ta’sir yo’nalishlariga, mexanizmlarga, usul-vositalarga egaligi bilan xarakterlanadi.
San’at janrlarida ifodalangan ekologik badiiy obrazlar umumiyligi, ularni yaratish “texnologik jarayonida” qo’llanilayotgan usullar va vositalar konkretliligining namoyon bo’lishidir. San’at asarlaridagi ekologik obrazlar konkretliligi: (ya’ni, umumiylikning namoyon bo’lishi) tarixiyligi, mantiqiyligi, ijodiyligi, adekvatligi bilan bog’liq bo’lib, ularning funksional muayyanligini ta’minlaydi. Ayniqsa, hozirgi davrda san’at asarlari pedagogik-didaktik funksiyasining shaxsga yo’naltirish zaruriyati tabiatga estetik munosabatda konkretlik tamoyili ustuvorlashuvini ko’rsatmoqda. Shunga ko’ra, O’zbekistonda davlat ta’lim-tarbiya siyosatining asosiy maqsadi komil insonni shakllantirishdan iboratligi bejiz emas.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, xalqimiz tomonidan asrlar davomida yaratilgan tarixiy merosini tiklash va ijodiy rivojlantirish milliy taraqqiyotning asosiy tamoyiliga aylandi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek: “shu yurtda yashayotgan har qaysi inson o’zligini anglashi, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, ulug’ ajdodlarimizning merosini chuqurroq o’zlashtirishi, bugungi tez o’zgarayotgan hayot voqyeligiga ongli qarab, mustaqil fikrlashi va diyorimizdagi barcha o’zgarishlarga daxddorlik tuyg’usi bilan yashashi zarur”I. Ayniqsa, O’zbekistonda vujudga kelgan keskin ekologik vaziyat xalqimiz va millatimizning tabiiy atrof-muhitni muhofaza qilishga doir tarixiy qadriyatlarini tiklashni va ijodiy rivojlantirish usul-vositalarini mukammallashtirishni taqozo qilmoqda. Zero, tabiatga estetik munosabat usullari va vositalarini rivojlantirish ekologik ongning: nazariy, metodologik va praksiologik funksiyalarini namoyon qiladi. Uning funksional ahamiyati millat orzu-umidlarini, sharqona mental xususiyatlarini ideal obrazlarda ifodalash orqali ezgulikka, kelajakka ishonch ruhida tarbiyalashdan iborat.
San’atning ekologik borliqni ifodalash usullari va vositalarini zamonaviy talablarga ko’ra, takomillashtirish milliy pedagogikani rivojlantirish davlat siyosati bilan bevosita bog’liqdir. Chunki real voqyelik ruhiga mos ekoestetik qadriyatlarni yaratish va hayotga tadbiq etish, milliy predagogika texnologiyasining turli yo’nalishlari uyg’unligi tamoyiliga bo’ysunadi. Ya’ni, tabiatga estetik munosabat konstruktiv usullarini, rasional vositalarini (metodologik jihat) umuminsoniyat ekologik sivilizasiyasi maqsadlariga xizmat qildirish bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham ekologik tarixiy merosni tiklash, unga vorislikni rivojlantirish tamoyili tabiatga estetik munosabatlarini shakllantirish (pedagogik-didaktik jihat) asosi bo’lishi kerak. Chunki bu asos, mohiyatiga ko’ra, ekologik voqyelikni san’at vositasida badiiy-estetik mushohada qilish hamda istiqbolni belgilash usulidir. Shu nuqtai nazardan, san’at janrlari ekologik voqyelikka estetik munosabatning passiv in’ikosi, ya’ni mavhum obrazlarda ifodalash usuli emas, balki obyektiv voqyelikni, uning rivojlanish qonuniyatlarini oldindan ko’ra bilish va bashorat qilish (prognostik jihat) xususiyatlarini namoyon qiladi. Tabiatga estetik munosabatning san’at asarlarida ifodalanishi dunyo ekologik manzarasini, uning ichki ziddiyatlarini haqqoniy aks ettirishi (gnoseologik jihat) bilan izohlanadi. Yuqorida ko’rsatilgan jihatlar umumlashib, tabiatga estetik munosabatni san’at asarlarida ifodalashning qadriyat maqomini (aksiologik jihat) belgilaydi.
San’atning ekologik borliqni real obrazlarda aks ettirishi, tabiatga estetik munosabat usullari va vositalari maqsadga muvofiqligi va adekvatligi tamoyiliga mos bo’ladi. Umuman, san’at janrlarining ekologik borliqni aks ettirish usullari va vositalari maqsadga muvofiqligi, uning adekvatligi mezoni hisoblanadi. Har qanday ijtimoiy hodisa, xususan tabiatga estetik munosabat jarayoni tahlilida shaxs ekologik ongini shakllantirishdagi usul-vositalarning masadga muvofiqligi va adekvatligi tamoyiliga subyektlari ehtiyoji hamda manfaatlari kontekstida qaralishi, ularning ijtimoiyligini anglashga asos bo’ladi. Chunki har bir subyektning ehtiyoji va manfaati individualligi ijtimoiylikdan tashqarida hyech qanday mazmunga ega emas. Tabiatga estetik munosabat subyektlari ehtiyojlari va manfaatlari tutashadigan nuqtada esa, san’at janrlarining ekologik voqyelikni badiiy obrazlarda ifodalash usullari va vositalari integrasiyasi sodir bo’ladi. Ayni paytda, bu integrasiya, bir tomondan, usullar va vositalar rivojlanishining natijasi bo’lsa, ikkinchi tomondan, ularnining imkoniyatlarini, mukammallik darajasini belgilaydigan mezondir. San’at asarlarida ekologik voqyelikning muayyan mavzularini badiiy obrazlarda ifodalash realligi va obyektivligi, ularning usullari va vositalari mukammalligiga bog’liq bo’ladi. Shuningdek, san’at asarlari obrazlari realligi, faqat ekologik voqyelik natijasi emas, balki ularni ifodalash hamda transformasiya qilishning (millat ruhi va mental xususiyatlaridan kelib chiqqan) usul-vositalari hosilasi sifatida qaralishi kerak.
Har qanday ijtimoiy hodisa, shu jumladan tabiatga estetik munosabatning: vujudga kelish, shakllanish va rivojlanish jarayoni, ularning ichki uyg’unligini ta’minlovchi dialektik munosabatlar xarakteri bilan belgilanadi. Ya’ni, bir tomondan, san’at ijtimoiy hodisa sifatida shaxs ekologik ongining tabiatga estetik munosabat xarakterini va yo’nalishini belgilaydigan usul va vositalar rivojlanishiga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan, uning rivojlanishi obyektiv shart-sharoitlar va subyektiv omillar uyg’unligini ta’minlovchi maqsad, vosita va natija birligi tamoyilini taqazo qiladi. Shuning uchun shaxs ekologik ongining tabiatga estetik munosabatni shakllantirish muammosini, uning usul-vositalarini rivojlantirish kontekstida tahlil qilish muhim nazariy-mktodologik ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan, ekoestetikani shaxs ekologik ongining “moddiylashish” jarayoni tarzida qaraydigan bo’lsak, muayyan ehtiyoj, uni qondirish usul-vositalar va natijalar o’rtasida dialektik aloqadorlik borligini ko’ramiz.
Shaxs ekologik ongining har qanday rivojlanish darajasi va ijtimoiy hayot sohalariga ta’sir xususiyatlari o’zidan oldingi bosqich natijalarini dialektik inkor qilib, tarixiylik va mantiqiylik uyg’unligi tamoyiliga asoslanadi. Bu tamoyilga ko’ra, shaxs ekologik ongining tabiatga estetik munosabatga ta’sirida, bir-biri bilan bog’liq ikki xususiyat ko’zga tashlanadi. Birinchisi – san’at asarlari vositasida tarixiy davr ekologik muammolarini hal qilish zaruriyati tabiatga estetik munosabatda aks etadi. Chunki ekologik ongning rivojlanish darajasi va uning san’at asarlariga transformasiyasi tarixiy taraqqiyot taqozosi hisoblanadi. Ikkinchisi – keskinlashayotgan va globallashayotgan ekologik muammolar yechimini topish ehtiyoji, undan kutilayotgan manfaatlar tarixiy tajribalarni mantiqiy umumlashtirib, istiqbolni aniqlash imkoniyatini yaratadi. Bundan tashqari, tabiatga estetik munosabatni san’at asarlari ideal obrazlarida aks ettirishdagi tarixiylik va mantiqiylik uyg’unligi, tarixiy xotira sifatida, o’tmish va kelajak o’rtasidagi ko’prik vazifasini o’taydi.
San’atning turli janrlari ekologik borliqni tarixiy va mantiqiy izchillik tamoyiliga asosan badiiy obrazlarda ifodalashi bilan o’z funksional samaradorligini ta’minlashi mumkin. Ya’ni, ekologik muammolarni ifodalashda san’atning turli janrlari o’rtasidagi tarixiy va mantiqiy izchillikni ta’minlash, uning vazifalari konkretligiga usullari va vositalari kompleks-sistemaligiga, mukammalligiga bog’liq bo’ladi. Umumlashtirib aytganda, bir tomondan, san’atning ekologik obrazlarni yaratish “texnologik jarayonidagi” tarixiy-mantiqiy izchillik (maqsad-vosita-natija birligi), pirovard natijada, shaxs ekologik ongi rivojlanish darajasiga, uni tashkil qilgan strukturaviy elementlarning o’zaro tarixiy-mantiqiy uyg’un munosabatlariga; ikkinchi tomondan, san’atning ekologik muammolar yechimi doirasida janrlararo usullari va vositalar tarixiy-mantiqiy uyg’unligini ta’minlanishi, inson omili (shaxs ekologik ongi va madaniyati) rivojlanish darajasiga adekvat bo’ladi.
Vaholanki, har qanday obyekt va subyekt munosabati muayyan usullar, vositalar asosida amalga oshadi. Biz mazkur paragrafda tahlil qilayotgan mavzu doirasida – tabiatga estetik munosabatning mental xarakteri usullar va vositalar milliyligi va umuminsoniyligi uyg’unligi tamoyili nuqtai nazaridan qaralishi kerak. Chunki har qanday ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy hodisani amalga oshirish usuli va vositasining milliyligi umuminsoniylikni xususiy holda namoyon qiladi. O’z navbatida, san’atdagi milliy usul-vositalarning takomillik darajasi (global) umuminsoniy-universal usul-vositalar rivojlanishiga olib keladi va ularning natijasini belgilab beradi.
Tabiatga estetik munosabatni muayyan millat san’atida ifodalash, mazmun-mohiyatiga ko’ra, uning janrlari usul-vositalaridagi milliylik va umuminsoniylikni uyg’unlashtirish natijasidir. Shuning uchun har qanday narsa-hodisani: bilish, o’zgartirish va o’zlashtirish jarayonida milliy usul-vositalarni (xususiylikni) mutlaqlashtirish g’aliz xulosalarga olib kelishini unutmaslik kerak. Lekin shaxs ekologik ongining tabiatga estetik munosabatni shakllantiruvchi usul-vositalariga, mexanizmlariga ta’siridagi umuminsoniylik (uning obyektiga differensial yondashuv tamoyiliga ko’ra), san’at janrlari usul-vositalari individualligini (milliyligini) istisno qilmaydi. Aksincha, yuqorida ko’rsatganimizdek, san’at janrlari usullari va vositalarining milliy individualligi ekologik muammolar umuminsoniyligini (muayyan ijtimoiy makon va tarixiy zamon kontekstida) konkretlashgan holda namoyon qiladi.
Umumlashtirib aytganda, bu tamoyillar shaxs ekologik ongining tabiatga estetik munosabat madaniyatiga ta’sir qilish usullari va vositalari samaradorligini belgilab beradi. Ya’ni, ularning mazmuni, funksional ahamiyati boshqa ijtimoiy ong shakllarini va amaliy foliyat yo’nalishlarini ekologiyalashtirishdagi roli bilan xarakterlanadi. Bunlardan tashqari, ekoestetika sohasida: bir tomondan, tabiatga estetik munosabatni shakllantiruvchi subyektlarning: targ’ibot-tashviqot, ta’lim-tarbiya “texnologiyasi” usul-vositalarni yaratishga yo’naltirilgan intellektual salohiyati; ikkinchi tomondan, san’atning shaxs ekologik ongini shakllantirish usullari va vositalarini, targ’ibot-tashviqot, ta’lim-tarbiya institusional tizimi tashkiliy asoslarini rivojlantirishga xizmat qiladigan omillar muhim ahamiyatga ega.
Tabiatga estetik munosabatni shakllantirishda ekologik ta’lim-tarbiya birligini ta’minlaydigan usullar va vositalarni uyg’unlashtirish muhim pedagogik-didaktik muammo hisoblanadi. Shuning uchun ham jamiyat va shaxs ekologik ongini rivojlantirishga mutasaddi tashkilotlar faoliyatini metodologik ta’minlash vazifasi davlat ekologik siyosati markaziga qo’yilishi kerak. Ayniqsa, mustaqillikka erishgan davlatlarning tarixiy an’analari asosida shakllangan milliy pedagogikasi ekologik qadriyatlarini qayta tiklash va rivojlantirish masalasi kun tartibiga qo’yilishi asosida muayyan masad, vazifa mavjud. Bu vazifani bajarishda san’atning pedagogik-didaktik funksiyasini ekologiyalashtirish: mutasaddi tashkilotlar, ommaviy fuqarolik institutlari tomonidan ekologik qadriyat ideallarini hayotiga tadbiq qilish usuli hisoblanadi. Shuning uchun ham, tabiatga estetik munosabatni san’at asarlarida ifodalashning usul-vositalarini ekologiyalashtirish muhim nazariy-metodologik ahamiyatga ega.
Shaxs ekologik ongining tabiatga estetik munosabat madaniyatini shakllantirishdagi funksional rolini oshirish usul va vositalari, umuman jamiyat barqaror ekologik rivojlanishiga faol ta’sir qiluvchi omildir. Xususan, san’atning shaxs ekologik ongini shakllantirishida turli janr usullaridan, vositalaridan kompleks-sistemali foydalanishga va uning samaradorligini ta’minlaydigan omillarga: birinchidan, ekologik ongning tabiatga estetik munosabatni shakllantirish maqsadi doirasida usullari va vositalari integrativ xarakteriga differensial yondashish; ikkinchidan, har bir usul-vositaning konkret funksional faoliyat yo’nalishlarini, rivojlanish imkoniyatlarini aniqlash; uchinchidan, ekologik vaziyat holati va rivojlanish tendensiyasiga adekvat usul-vositalarni tanlash va ularning samaradorligini ta’minlashning tashkiliy asoslarini yaratish; to’rtinchidan, ekologik vaziyat keskinlashuvi oldini olishda san’atning ijtimoiy ong shakllari bilan integrasiyalashuvini ta’minlaydigan obyektiv shart-sharoit va cubyektiv omillarni uyg’unlashtirish; beshinchidan, jamiyatning ijtimoiy strukturasi elementlari ekologik ehtiyojlarini qondirish va manfaatlariga mos usul va vositalarni yaratishning nazariy-metodologik asoslarini ishlab chiqish alohida ahamiyatga ega. Zero, shaxs ekologik ongining tabiatga estetik munosabat madaniyatini shakllantirish usullari va vositalari umuminsoniyligi, gorizontal va vertikal integrasiyalashuvga moyilligi hamda global maqsadga muvofiqligi milliy san’atning ekologik mavzularni yoritishdagi mental xususiyatlari shartli va nisbiyligiga olib kelgan.
San’attning, umuman shaxs ekologik ongiga, xususan tabiatga estetik munosabatini shakllantirish usul-vositalari tarixiy davr xususiyatlariga mos ravishda doimiy o’zgarib turishi, ularning rasionalligi va konstruktivligini konkretlashtiradi. Chunki, bir tomondan, san’atning (janrlaridan qat’iy nazar) jamiyat ekologik ehtiyojlari va manfaatlariga mos tabiatga estetik munosabat konstruktiv usullari va rasional vositalarini vujudga keltirishi milliy taraqqiyotning umumiy darajasiga mos keladi. Ikkinchi tomondan, hozirgi davrda ekologik muammolar globallashayotgan va keskinlashayotgash sharoitda, san’atning tabiatga estetik munosabatni shakllantiruvchi usul-vositalarini samaradorligini jamiyat umumiy rivojlanishining mezoni sifatida qarash kerak.
Tabiatga estetik munosabatini rivojlantirishning ustuvor vazifalardan biri – “maqsad-usul-vosita-natija” tizimida ekologik ong funksional faoliyati samaradorligini ta’minlovchi “markaziy bo’g’in” – usul va vositalar konstruktivligi, rasionalligiga bog’liq. Uning ahamiyati esa, mahalliy, milliy, hududiy va umuminsoniy ekologik manfaatlarni uyg’unlashtirishda namoyon bo’ladi. Shuningdek, ekologik ong rivojlanish darajasi, shaxsning tabiatga estetik munosabat usul va vositalari konstruktivligi va rasionalligini ta’minlovchi intellektual salohiyat potensiali (subyektiv omil sifatida), uning ta’siri kompleks-sistemaliligiga olib keladi.
Birinchidan, jamiyat ekologik barqaror taraqqiyoti ehtiyoji va zaruriyati tabiatga estetik munosabatni san’at asarlarida ifodalashning ustuvor vazifalarini belgilab berishin va uning konstruktiv-rasional usul-vositalarini yaratishni taqozo qilmoqda. Zero, global ekologik borliqning xususiyatlari, ularni san’at asarlarida aks ettirishga va transformasiya qilishga nisbatan ilgarilab ketmoqda.
Ikkinchidan, shaxs ekologik ongining tabiatga estetik munosabatga ta’sir usul-vositalarini rivojlantirishga falsafaning: obyektivlik va subyektivlik, moddiylik va ma’naviylikning dialektik aloqadorligi, tabiatga estetik munosabatni san’atda ifodalashning konkretligi; tarixiy ekoestetik merosini tiklash va ijodiy rivojlantirish; ekoestetik qadriyatlar transformasiyasida xalq pedagogika texnologiyasidan foydalanish; usul-vositalarning maqsadga muvofiqligi va adekvatligi; obyektiv shart-sharoitlar va subyektiv omillar birligi; maqsad, vosita va natija umumiyligi; tarixiylik va mantiqiylik, milliylik va umuminsoniylikni uyg’unlashtirish tamoyillari kontekstida yondashish kerak.
Uchinchidan, turli ijtimoiy ong shakllari, amaliy faoliyat yo’nalishlari va can’at janrlarini ekologiyalashtirish usullari hamda vositalarni uyg’unlashtirish umuminsoniyat ekologik barqaror taraqqiyoti manfaatlarga mos keladi.
To’rtinchidan, hozirgi davrda jamiyat barqaror taraqqiyotini belgilovchi mezonlar tarkibida shaxs ekologik ongiga ta’sir qiluvchi usul-vositalar rasionalligi va konstruktivligi asosiy ko’rsatkichga aylanmoqda, lekin ularni sun’iy ravishda mafkuralashtirish hamda siyosiylashtirish umuminsoniyat ekologik qadriyatlari integrasiyasiga to’siq bo’ladi.
Beshinchidan, tabiatga estetik munosabatni shakllantirish shaxs ekologik ongi rivojlantirishning usullari va vositalari natijasi bo’lib qolmasdan, balki uning imkoniyati hisoblanadi. Shuning uchun ham shu ularni o’rganish fanning yangi yo’nalishlarini vujudga keltirmoqda.
Shuni maxsus ta’kidlash kerakki, zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik ustuvor omil bo’lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb etmaydi. Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik shaxsni nafosatli jihatdan mukammal bo’lib yetishishiga monelik ko’rsatadi. Shuning uchun inson va tabiat o’rtasidagi munosabat inqiroz va halokat yoqasiga kelib qolgan hozirgi vaqtda bu muammoni chetlab o’tish maqsadga muvofiq bo’lmaydi.
Ma’lumki, inson o’zining ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida azaldan tabiat bilan hamkorlik qilib kelgan. Tabiatdagi go’zalliklardan bahramand bo’lishlari barobarida uni nafosatli tarzda o’zlashtirishga, inchunun, mavjud hunukliklarni bartaraf qilishga harakat qiladi. Biroq, keyingi bir necha o’n yillik jahon maamlakatlarining atrof muhit sohasidagi harakatlarini tanqidiy taxlil etish davri bo’ldi. Sanoatlashtirish inqilobi inson bilan tabiat o’rtasidagi munosabatni abadul abad buzib qo’yganini insonicht tobora anglab bormoqda. XXI asr o’rtalariga kelib inson faoliyati yerdagi yashash imkoniyatlarining asosiy shartlarini buzib yuborishi xavfi yana ham aniqroq namoyon bo’lmoqda. Bugunga kelib eng jiddiy o’zgarish yer atmosferasida yuz berayotganligi barchamizga ayon. Bu ayniqsa, karbonat angidrid va azot okisi singari “parnik” gazlariga taalluqlidir... Bu xolning insoniyatga qanday ta’sir ko’rsatishini ilgaridan aytib berish qiyin, chunki global iqlim g’oyatda murakkab tizimdir. Masalan, yuz minglab yillar barqaror bo’lib kelgan va millionlab odamlarning taqdirini xal etgan shamollar – yo’nalishini, yog’inlar miqdorini o’zgartirish mumkin. Balki orollar va past qirg’oq hududlarida yashovchilarga havf–hatar tug’dirib dengizlardagi suvning sathi ko’tarilishi mumkin. Aholi haddan tashqarii ko’payib ketgan va borgan sari kuchliroq tazyiq sezayotgan sayyoramizning aslida busiz ham muammolari bor, Ushbu qo’shimcha ta’sirlar ochlik va boshqa halokatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi esdan chiqarmaslik kerak. Afsuski, aksariyat xollarda shaxsning tabiat bilan bo’ladigan munosabati estetik jihatdan to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligi hamda uning estetik «no’noqligi» bois ular o’rtasida katta bo’shliq yuzaga keldi; bu bo’shliq insoniyat boshiga misli ko’rilmagan talofotlarni solishi mumkin. Ushbu muammoni bartaraf etish pirovardida inson ehtiyoji uchun zarur bo’lgan ko’plab tabiiy–moddiy boyliklarni tejab qolishga, atrof–muhit musaffoligini ta’minlashga, o’simlik va hayvonot olamini asrab qolishga va eng asosiysi inson genofondining yo’q bo’lib ketish havfining oldini oladi.
ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI
Reja :
Estetik tarbiyaning turlari va yunalishlari.
SHaxsni estetik tarbiyalashda fan, ta’lim va madaniyatning uzaro boglikligi
Mexnat- turmush estetikasining muxim omili. Insonning tabiiy, axokiy va estetik didining mutanosibligi.
"Ommaviy madaniyat"ning yoshlar estetik didiga ta’siri. Sport va uning ma’naviy-estetik jixatlari Voke’likka estetik munosabatni milliy va umumbashariy axamiyati.
Olamni estetik anglashda texnologiyalarning roli. Reklamaning estetik jixatlari va gayriestetik xolatlar.
Estetik tarbiyanig turlari va yunalishlari
Estetik tarbiya o’z–o’zidan paydo bo’lib, rivojlanadigan «mikroorganizm» emas va ayni paytda birdan to’xtab qoladigan «mexanizm» ham emas. U sekin–asta inson tomonidan orttirilgan hayotiy tajribalar, ko’nikmalar, bilimlar orqali shakllanib boradi. Ikkinchidan, estetik tarbiya ijtimoiy taraqqiyotning muayyan jabhalarida aniq maqsadlarga yo’naltirilgan faoliyat sifatida ish olib boradi. Bundan tashqari tarbiyaning mazkur shakli ayrim kishilarning yoxud biror–bir guruhning turli xil faoliyatlari natijasida yuzaga kelishi mumkin.
Shaxsni estetik hamda badiiy jihatdan tarbiyalash favqulodda murakkab va serqirra jarayondir. Bugungi kunda jamiyatimizda amalga oshirilayotgan ijobiy ishlarning barchasi ana shu maqsadni to’g’ri yo’naltirishga qaratilgan. «Ta’lim to’g’risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi»ni qabul qilishdan maqsad ham insonparvar jamiyat qurishdek ulug’vor vazifani amalga oshirishga qaratilgan. Chunonchi, «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi»da ta’limning ijtimoiylashuvi, ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Bu o’z navbatida, fuqarolarni, ayniqsa yoshlarni estetik jihatdan tarbiyalash bugungi kunning zaruriy talabi ekanligidan dalolat beradi.
Zamonning o’zgarishi bilan insonning jamiyatga, tabiatga bo’lgan munosabati ham o’zgarib boradi. Bu esa shubhasiz, insonning tafakkuri bilan bog’liq jarayondir. Zotan, insoniy munosabatlarga daxldor bo’lgan biror-bir jarayon yo’qki, u yerda tafakkur ishtirok etmasa. Shunday ekan, odamlarning tafakkuri va dunyoqarashining voqyelikka ko’rsatadigan ta’siri bugungi kunning eng dolzarb masalasi bo’lib turgan milliy g’oya va milliy mafkurani shakllantirishning sharti sifatida alohida e’tirof etilishi bejiz emas. Bu jarayonlarda estetika amaliy jihatdan o’zini estetik tarbiya orqali namoyon qiladi. Zero, avval boshda uqtirib o’tganimizdek, nafosat tarbiyasi insonda hayot va san’atdagi go’zalliklardan bahramand bo’lish, ularni baholay bilish hamda o’zi ham go’zalliklar yaratish tuyg’ularini shakllantirishga ko’mak beradi. Ammo, bu jarayon o’z-o’zicha emas, balki bir qator omillar va vositalar ishtirokida amalga oshiriladi.
Estetik tarbiya mohiyatan insoniy ideal bilan bog’liq bo’lib, estetik ideal egasi nafis didga, pokiza tuyg’ularga egaligi bilan ajralib turadi. Ma’lumki, shaxs ijtimoiy taraqqiyotning turli xil jabhalarida bevosita va bilvosita ishtirok etadi va faoliyat olib boradi, shaxs bu bilan ijtimoiy taraqqiyotning estetik subyektiga aylanadi. Shunga ko’ra, aytishimiz mumkinki, jamiyatda yashayotgan biror–bir shaxs estetik jarayonlardan chetda turmaydi, aksincha, o’zining muayyan xatti–harakati bilan mazkur jarayonlarga u yoki bu darajada ta’sir ko’rsatadi. Estetik tarbiyaning maqsadi ana shunday ta’sirlarni go’zallik, ulug’vorlik, fojiaviylik, kulgililik asosida yo’naltirishdan iborat.
Shuni ta’kidlash joizki, estetik tarbiya badiiy tarbiya bilan doimiy tarzda aloqada bo’lib keladi. Biroq, bu «estetik tarbiya badiiy tarbiya bilan bir xil ma’no kasb etadi», degan gap emas. Negaki, badiiy tarbiya ijod jarayonidagi rang–barangliklar olamini inson tomonidan estetik tarzda anglash va o’zlashtirishning bir qismi, xolos. Shu ma’noda estetik tarbiya – jamiyatda ma’naviy muhitni paydo qilishga ko’mak beruvchi muhim unsur bo’lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir.
Tarbiyaning estetik shakli ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etar ekan, u o’z navbatida, kishilarga jamiyatda olib borilayotgan ijobiy ishlardan zavqlanish, demokratik munosabatlarga nisbatan qiziqish tuyg’usini uyg’otishni o’zining asosiy maqsadi deb biladi. Shuning uchun ham estetik tarbiyaning pirovard maqsadi inson ma’naviy olamini boyitishga qaratilgan bo’lmog’i lozim. U insonni yangiliklar yaratishga undabgina qolmay, ayni paytda uni nafosat tamoyillari, go’zallik talablari asosida rivojlantirishga o’rgatadi ham. Negaki, inson dunyoga estetik qarashi boy, tuyg’ular va didi tarbiyalangan xolda kelmaydi. Aksincha, bu ko’nikmalarni voqyelikni kuzatishi, o’rganishi va ulardan tegishli xulosalar olishi natijasida shakllantiradi. Inson ana shu tuyg’ular ta’sirida o’zi uchun mutlaqo yangi bo’lgan olamni kashf etadi. Shunday ekan, o’z–o’zidan ma’lumki, mazkur zaruriyatni teran anglagan inson jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotiga qo’shilmaslikka, unga beparvo munosabatda bo’lishga ma’nan haqqi yo’q.
Hozirda estetik tarbiyaning ko’lami tobora kengaymoqda. Shunga ko’ra, u o’z oldiga talaygina muhim vazifalarni qo’ygan. Bular:
- kishilarda san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o’zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish;
- jamiyat a’zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg’usini uyg’otish;
- tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg’u bilan munosabatda bo’lishga va ularni ravnaq toptirish yo’lida astoydil faoliyat olib borish ko’nikmalarini xosil qilish;
- o’tmish ma’naviy merosimizga hurmat hissini uyg’otish, milliy g’urur, milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirish uchun zamin yaratish;
- ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ’ib qilishga undashdi.
Estetik tarbiyaning asosiy vositalari
Estetik tarbiyaning barcha vositalari shaxsning voqyelikka estetik munosabatini ravnaq toptirishga xizmat qiladigan tarbiyaviy faoliyat bo’lib, u o’ziga xos ta’sirchanlik, tug’yoniylik kuchiga ega. Busiz inson bilish ko’lamining vujudga kelishi mumkin emas. Shuningdek, inson badiiy tafakkur qilish qobiliyatini o’stirish ayni paytda estetik tarbiya vositalarining muhim vazifasi sanaladi. Shunga ko’ra, estetik tarbiya vositalari ikki xil xususiyati bilan ajralib turadi. Birinchidan, ular voqyelikda sodir bo’layotgan hodisalar to’g’risidagi ma’lumotlarni insonga tushunarli tarzda yetkazib beradi. Ikkinchidan, zamonaviy fanlarning estetik hususiyatlarni hissiy idrok qilishning faol, tajribalar asosida yetkazib berishi bilan diqqatga sazovordir. Shunga ko’ra, estetik tarbiyaning asosiy vositalari tarkibiga - san’at, informasion texnologiyalar, tabiat, mehnat, sport kabi sohalarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |