Falsafa fanidan mustaqil ish



Download 85,21 Kb.
Sana07.02.2023
Hajmi85,21 Kb.
#908881
Bog'liq
dilshod falsafa


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA TA`LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIZ INSTITUTI

FALSAFA FANIDAN


MUSTAQIL ISH

Mavzu: Islom dining nazariy va g`oyaviy manbalari.

Bajaruvchi: Davronov
Tekshiruvchi: Aliqulov

SAMARQAND 2022


Mavzu: Islom dining nazariy va g`oyaviy manbalari.
Kirish

  1. Islomning paydo bo`lishi va tarqalishi.

  2. Qur`on, uning tuzilishi, jamlanishi va ahamiyati.

  3. Qur`onning asosiy g`oyasi.

  4. Hadislar Islom dinining Qur’ondan keyingi ikkinchi manbaidir.

  5. Islomga oid asarlar.

Xulosa

KIRISH


1. Islom 7-asrda Hijoz (Gʻarbiy Arabiston)da paydo boʻldi. Uning asoschisi Muhammad sanaladi. Islom dinining paydo boʻlishi xususida Islom manbalariga asoslangan diniy anʼanada u ilohiy hodisa, insonlarni toʻgʻri yoʻlga solish uchun Alloh taolo tomonidan yuborilgan oxirgi taʼlimot deb hisoblanadi. Islom talqinida dastlab yahudiy va xristianlar ham aynan musulmonlar eʼtiqod qilgan xudoga ishonganlar. Shu xudo, yaʼni Alloh odamlarga paygʻambarlar va elchilar yuborgan. Ammo insonlar paygʻambarlar taʼlimotini buzganlar. Shuning uchun Alloh insonlarga oxirgi rasul etib Muhammadni tanladi. Muhammad oldin oʻz hamshaharlarini, soʻng barcha arablarni koʻplab qabila xudolariga sigʻinishdan voz kechish va yagona xudo — Allohga eʼtiqod qilish, solih hayot kechirish, Muhammad oldin oʻz hamshaharlarini, soʻng barcha arablarni koʻplab qabila xudolariga sigʻinishdan voz kechish va yagona xudo — Allohga eʼtiqod qilish, solih hayot kechirish da`vat etdilar. Muhammadga, 40 yoshida (milodiy 610-yil) vahiy (ilohiy koʻrsatma) kelishni boshladi. Ammo, bir necha nufuzli yaqin qarindoshlarini hisobga olmaganda, Makkaning koʻpchilik aholisi, ayniqsa, quraysh qabilasining zodagonlari uning targʻibotlariga ochiqdan-ochiq qarshi chiqdilar. Muhammadni yolgʻonchiga chiqarib juda katta zulm koʻrsatildi. Dastlab bir guruh musulmonlar Habashistonga hijrat qilishdi, Yasribdagi banu Avs va banu Xazraj qabilalarining vakillari 622-yimda musulmon jamoasini oʻziga qabul qilish, Muhammadni paygʻambar va Allohni yagona deb tan olishdi. Hijrat nomini olgan bu voqea Islom tarixida burilish yasadi. Koʻchib oʻtgan kishilar muhojirlar (koʻchib kelganlar), Madinada Islomni qabul qilganlar ansorlar (tarafdorlar) deb ataldilar. Madina va Makka oʻrtasida boshlangan kurash 8 yil davom etdi ( Badr jangi, Uxud jangi, Xandaq jangi). 628-yilda Makka zodagonlari Muhammad bilan kelishishga majbur boʻldilar (Hudaybiya sulhi). 630-yilda musulmonlar qoʻshini hech qanday qarshiliksiz Makkaga kirib bordi. Makka aholisi yoppasiga Islom dinini qabul qildi va Muhammadni Allohning elchisi deb eʼtirof etdi. Ana shundan boshlab Makka Islom dini markaziga, Kaʼba musulmonlarning muqaddas ziyoratgohiga aylangan. Muhammad vafot etgan 632-yilda Arabiston yarim oroli toʻla birlashtirilgan, uning aksariyat aholisi Islom dinini qabul qilgan edi. Arabistonning siyosiy, iqtisodiy, etnik va madaniy jihatlardan birlashishida Islom dini muhim omil boʻlib xizmat qildi. Muhammad vafotidan soʻng, Abu Bakr, Umar ibn Xattob, Usmon Ibn Affon va Ali ibn Abu Tolib8 paygʻambarning oʻrinbosari (xalifa) sifatida hukmronlik qildilar. Ular va ulardan keyingi xalifalar 7-8 asrlarda Iroq, Falastin, Suriya, Eron, Movarounnahr, Misr, Shimoliy Afrika, Pireney yarim oroli, Shimoliy Hindistonni fath qilishdi. Bir asrdan kamroq vaqt davomida Shimoliy Xitoydan Ispaniyagacha, Kavkazortidan Hind okeanigacha boʻlgan katta hududni zabt etdilar va Islom dinini yoydilar. Islomda ilk davrdan paydo boʻlgan eng birinchi yirik muammo — oliy hokimiyatni egallashga paygʻambardan keyin kim haqliroq, degan masala boʻldi. Ali tarafdorlari „shia“ nomini olib, Islomda birinchi boʻlinishni boshlab berdilar. Uchinchi xalifa Usmon aynan shu boʻlinishning qurboni sifatida jon taslim qildi. Ikki taraf — sunniylik va shialik oʻrtasidagi kurash asnosida xorijiylar deb atalgan uchinchi yoʻnalish ham paydo boʻldi. Ammo Islom tarixi uzra sunniylik (90 %dan ziyod) asosiy yoʻnalish boʻlib keldi. Oʻrta asrlarda hukmronlik qilgan abbosiylar, saljuqiylar, ayyubiylar, mamluklar, usmonli turklar, temuriylar sulolalari sunniylikda edilar. Hozirgi kunda ham sunniylar musulmonlarning mutlaq koʻpchiligi (93 %)ni tashkil etadi. Birdan-bir davlat — Eronda shialik rasmiy diniy yoʻnalish sifatida qabul qilingan. Iroq, Livan, Shimoliy Yaman, Ozarbayjon va Afgʻonistonda shialarning yirik jamoalari mavjud. Ummon va Shimoliy Afrikada xorijiylarning baʼzi toifalari saqlanib qolgan. Jahonda dunyo aholising 24,9 foizi, yaʼni 1,9 milliard kishi Islomga eʼtiqod qiladi. Musulmonlarning 2/3 qismidan koʻprogʻi Osiyoda yashaydi va bu qitʼa aholisining 20 % idan ortiqrogʻini tashkil etadi. Qariyb 30 % musulmonlar Afrikaga toʻgʻri keladi (qitʼa aholisining deyarli yarmi). Dunyoda musulmon jamoalari mavjud boʻlgan 120 dan ortiq mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmonlar aholining koʻpchiligini tashkil qiladi.
2. Qur’on Alloh tomonidan vahiy qilingan kitobdir. Qur’on so‘zining lug‘aviy ma’nosi o‘qimoq, qiroat qilmoq demakdir. U musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Ilmi ulamolari Qur’onni quyidagicha tariflaydilar: «Qur’on – Alloh taoloningMuhammad (sav) ga vahiy orqali nozil qilgan ibodatda o‘qiladigan, ojiz qoldiruvchi kalomidir». Qur’on Allohning yer yuzidagi butun bashariyatga yuborgan oxirgi diniy shar’iy ko‘rsatmalar to‘plamidir. Uning har bir kalomi so‘zma-so‘z nozil etilgan va Jabroil alayxissalom orqali Muhammad alayxissalomga yetkazilgan. Qur’onning nozil qilinishi muqaddas ramazon oyining 27-kuni kechasi boshlangan. Shu sababli bu oy muqaddas hisoblanib, ro‘za tutilgan kunning 27-kechasi «Laylat ul Qadr», ya’ni qudrat kechasi, ilohiy qudrat namoyon bo‘lgan tabarruk kecha deb ulug‘lanadi. Qur’oni karimning asosiy mavzusi va maqsadi bashariyat tafakkurida ko‘pxudolikka barham berish, yakkaxudolikka targ‘ib qilish va Islom dinini o‘rnatishdir. Muhammad (sav) 40 yoshga yetganlarida Makka atrofidagi tog‘lardan biridagi Hiro nomli g‘orda Qur’onning birinchi oyatlari nozil bo‘la boshlagan. Bu jarayon Makkada o‘n uch yil, Madinada o‘n yil, hammasi bo‘lib yigirma uch yil davom etgan. Muhammad (sav) ning amrlariga muvofiq Qur’on har xil xajmdagi 30 pora (bo‘lak, qism); 114 suraga bo‘lindi. U 6236 oyatdan iborat. Qur’onning oxirgi oyati payg‘ambar vafotlaridan 18 kun avval nozil bo‘ldi. Qur’on har bir surasining o‘z nomi bor. Ba’zi suralarning nomi suraning avvalidagi so‘zdan olingan. Ba’zilariniki esa, o‘sha surada zikri ko‘proq kelgan narsalarning nomiga qo‘yilgan.
«Sura» so‘zi lug‘atda qo‘rg‘on, manzil va sharaf ma’nolarini anglatadi. Ulamolar esa, sura – Qur’on oyatlarining boshlanishi va tugashi belgilangan mustaqil toifasi ekanligini ta’kidlaydilar. Boshqacha aytganda, Qur’on oyatlarining qo‘rg‘on ila o‘ralgandek, bir toifasiga sura deyiladi. Qur’oni karimdagi eng qisqa sura Kavsar surasi bo‘lib, uch oyatdan, eng uzun sura Baqara surasi bo‘lib, 286 oyatdan iboratdir.
Qur’on suralari ikki qismga bo‘linadi: 1. Hijratdan avval tushgan suralar – «Maka suralari» deyiladi. 2. Hijratdan keyin tushgan suralar – «Madina suralari» deyiladi. 86 sura 4780 oyat Makkada 610-622 yillarda, 28 sura 1456 oyat Madinada 622-632 yillarda nozil bo‘lgan.
Muhammad (sav) Qur’on oyatlarini farishta Jabroildan eshitib, yod olar edilar. Keyin boshqa musulmonlar u kishidan eshitib, yodlab olishardi. Shu bilan birga yozishni biladigan sahobalar, shu jumladan, Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Ka’b va boshqlar xurmoning po‘stlog‘iga, yapaloq toshlarga, katta suyaklarga, teriga, qog‘ozga va shunga o‘xshash narsalarga Qur’onni yozib borganlar.
Muhammad (sav) ularga yangi tushgan oyat qaysi suradan ekanini va qaerda turishi lozimligini ko‘rsatib berganlar. Payg‘ambar hayotlik vaqtlarida, yana vahiy tushib qolar, degan umidda Qur’onni jamlab kitob shakliga keltirmagan. Muhammad (sav) dan so‘ng musulmonlarga Abu Bakr boshliq (xalifa) qilib saylandi. Bu davrda dindan qaytganlar bilan musulmonlar orasida qattiq jangler bo‘ldi. O‘sha janglarda Qur’onni to‘liq yod olgan ko‘plab qorilar shahid bo‘ldilar. Shunda Umar Abu Bakrga qorilar o‘lib ketaversa, Qur’onga zarar yetishi mumkin, shuning uchun uni kitob shakliga keltirib jamlab qo‘yish kerak, degan maslahatni berdi. Abu Bakr bu ishni bajarishni payg‘ambarning eng yaqin sahobalaridan biri bo‘lmish Zayd ibn Sobitga topshirdi. Bir yildan ortiq vaqtda mashaqqatli mehnat natijasida Qur’on jamlanib kiyik terisiga uning sahifalari yozib tugatildi. Jamlanib kitob xoliga keltirilgan Qur’on sahifalari Abu Bakrning uyida saqlandi. U kishi vafotidan so‘ng esa qizlari va payg‘ambarning xotinlari Hafsa xuzurida qoldi.
Vaqt o‘tishi bilan Islom davlatining chegarasi kengayib, ko‘plab xalqlar ham musulmonlikni qabul qilib, musulmonlarning soni ko‘paygandan so‘ng Qur’onni o‘qishda turlicha kelishmovchiliklar chiqa boshladi. Bu xolatni ko‘rgan xalifa Usmon Xafsadan Abu Bakr davridagi sahifalarni so‘rab olib, undan olti nus’ha ko‘chirishga buyruq berdi. Nus’halar tayyor bo‘lgandan so‘ng xalifalikning markaziy shaharlari Makka, Shom, Kufa, Basraga bittadan nus’haga Qur’on tilovatini yaxshi biladigan bittadan qori qo‘shib jo‘natdi. Hammaga faqat shu nus’hadan Qur’onni ko‘chirish va shu qoridan qiroat o‘rganishga buyruq berdi. Halifa ko‘chirilgan sahifalardan yana birini odamlarga qiroat ta’limi berishni Zayd ibn Sobitga topshirib Madinada qoldirdi. Usmon o‘ziga ko‘chirilgan nus’hadan bir dona qoldirdi. Keyinchalik nus’ha ko‘chirish yo‘lga qo‘yilishi bilan ko‘chirilgan har bir nus’haning ishonchli ekanini tasdiqlash maqsadida, bu nus’ha Mus’habi Usmonga muvofiqdir, deb yozib qo‘yiladigan bo‘ldi.
Shu tariqa Qur’onning xarflarini yozish uslubi bir xilligi saqlab qolindi. Shunday qilib Qur’on tarixan uch marotaba jam qilingan. Birinchi marotaba Payg‘ambar zamonida; ikkinchi marotaba xalifa Abu Bakr davrida va nihoyat uchinchi marotaba xalifa Usmon vaqtida jamlangan. Qur’on tilovati vaqtida xalifa Usmon dushmanlari tomonidan o‘ldririldi. Shahid qilingan qoni Qur’oni karimga to‘kilgan.
Ana shu Qur’onni Amir Temur Basradan Samarqandga keltirilgan. 1869 yilda Turkiston general-gubernatori fon Kaufman buyrug‘i bilan Petrburgga olib ketildi. 1917 yildagi davlat to‘ntarilishidan keyin Peterburgda tuzilgan Islom sho‘rosi tashkilotining talabi bilan Qur’on Rossiya musulmonlariga qaytarib berildi va Ufa diniy nazorati qarorgohida 1924-yilgacha saqlandi. Shundan so‘ng Turkistondagi tarixiy muzeylar va qadimiy ososri atiqalar ishi bo‘yicha tuzilgan qo‘mitaning talabnomasi va Rossiya hukumatining qaroriga asosan Usmon Qur’oni 1924 yil 18-avgustda Toshkentga olib kelindi. Xozir esa Movoraunnahr musulmonlar idorasida saqlanmoqda.
Qur’on jumlalalriga biron-bir o‘zgartirish, bironta harfini, hatto harflar belgisini – zeb-zabarini ham o‘zgartirish mumkin emas, qat’iyan taqiqlangan.
Qur’on Islom dinining asosiy hujjati. Islom diniga oid barcha hukmlarning asosiy va birinchi manbaidir. U musulmonlarning diniy, ijtimoiy va siyosiy hayotida yagona qo‘llanma, doimiy yo‘lboshchisi bo‘lib xizmat qilib keldi. Musulmon xuquqshunos (fiqhshunos)lari biror narsaning shariatdagi hukmini bilmoqchi bo‘lsalar, albatta, oldin Qur’onga murojaat qiladilar. O‘sha o‘zlari izlayotgan hukm haqida Qur’onda biror hukm bo‘lsa, uni darhol qabul qiladilar. O‘sha narsa Qur’onda bo‘lmagan taqdirdagina sunnat (xadis), ijmo’, qiyosga murojat qilishga o‘tadilar.
Qur’on ta’limotining markaziy g‘oyasi yakkayu yagona Alloh to‘g‘risidagi ta’limotdir. Unda iymon, Allohga ishonch, olamning yaratilishi, farishtalar, payg‘ambarlar, oxirat-qiyomat, qayta tirilish, qazoi qadar, Islomning asoslari va boshqa diniy ko‘rsatmalar belgilab berilgan. Qur’ondagi axloqiy, xuquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy me’yorlar Islom dinining qonunlar majmuasi – shariatga asos qilib olingan. Qur’on musulmon xalqlar hayotida va tarixida asosiy o‘rin tutgan kitobdir. Bu kitob mazkur xalqlarning ilm-ma’rifat, adabiyot, turmush tarzi, qonun-qoidalari, urf-odatlari, dunyoqarashlari va boshqa narsalarda o‘zining salmoqli izini qoldirganligi bilan ham ahamiyatlidir. Mustaqillik yillari Qur’oni karimni mazmuni o‘zbek tiliga tarjima qilinib chop etildi.


Usmon Qur`oni.
3. Qurʼonning asosiy gʻoyasi — Alloh toʻgʻrisidagi taʼlimotdir. Uning mavzusi va mohiyati insonlar tafakkurida koʻpxudolikka barham berish, yakkaxudolikni targʻib qilish va islom dinini qaror toptirishdir. Shu bilan bogʻliq ravishda unda paygʻambarlar, oxirat, taqdir va boshqalar haqidagi aqidalar bayon etiladi. Alloh Qurʼonda oʻzining Odamato, Nuh, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqub, Muso, Dovud, Iso, Muhammad va boshqa paygʻambarlarini zikr etadi. Ularga yuborilgan din — islom ekani, Tavrot, Zabur, Injil va Qurʼon oʻzi nozil qilgan ilohiy kitoblar ekani, yahudiylar, nasroniylar va musulmonlarni „ahli kitob“ deb atab, ularning eʼtiqodlari vahdoniyat ekanini Qurʼon oyatlarida qayta-qayta uqtiradi. Qurʼonda asosiy ibodat talablari (namoz, roʻza, zakot va boshqalar) belgilab berilgan. Undagi axloqiy va huquqiy normalar keyinchalik shakllangan shariatga asos qilib olingan.
Qurʼonda insoniyatning etnik boʻlinishi, ijtimoiy tabaqalanishi, ayirmachilik, millatchilik inkor etiladi. Alloh nazdida barcha tengdir. Insonlar Alloh tomonidan millati, nasabi, boyligi, imtiyozi va hokazoga qarab emas, balki ularning qalbi va qilgan yaxshi yoki yomon amallariga qarab hukm qilinadilar.
Diniy eʼtiqodda mustahkam turish, yaxshilik, ezgulik, savob ishlar, mehr-shafqat, miskin va muhtojlar8ga yordam berish, insonparvarlikni ulugʻlash barcha ilohiy kitoblar kabi Qurʼonning mazmuni-mohiyatini belgilaydi. Unda tekinxoʻrlik, birovlar haqini yeyish, boshqalar hisobiga yashash, poraxoʻrlik, ishyoqmaslik, jabr-zulm, oʻgʻrilik, qotillik, dilozorlik, fitnachilik, kibru havo qoralanadi. Barcha xalqlar bir ota-onaning avlodi ekani eslatiladi.
Ulamolar Qurʼon oyatlarini Allohning amrlari va nahiylar (yaʼni moʻmin bandalarga buyurganlari va qilmanglar deb qaytarganlari), vaʼda va vaʼidlari (yaʼni bandalarga dunyo va oxiratda savob amallari uchun yaxshilik berurman deya qilgan vaʼdalari-yu, dunyo hamda oxiratda gunoh ishlari uchun azoblayman deb qoʻrqitishlari), avval oʻtgan ummatlar, paygʻambarlarning tarixlari, halol-harom narsalar, banda qilishi kerak boʻlgan duolar kabi qismlarga boʻladilar.
4. Hadis – arabcha so‘z bo‘lib, ma’nosi «xabar», «yangilik», «hikoya» demakdir. «Hadis» va «sunnat» so‘zlari muxaddislar o‘rtasida bir ma’noda qo‘llanilib, payg‘ambar Muhammad (sav)ning aytgan so‘zlari, qilgan ishlari, ko‘rsatmalari, fe’l-atvorlari, axloqlari, hayot yo‘llari to‘g‘risidagi rivoyatlarni anglatadi. Hadis Islom dinida Qur’ondan keyingi ikkinchi manba sanaladi. Hadis ilmi esa islom olamida eng ulug‘ va mo‘tabar sanaladi. Hadis ikki turga bo‘linadi: 1. Hadisi Qudisiy – ya’ni aytilgan hadisni ma’nosi Allohniki bo‘lib, aytilishi Muxammad (sav) dan bo‘lgan. Uni Alloh o‘z nabiysiga ilhom berish, tushida ko‘rsatib bildirish orqali habar beradi. Payg‘ambar esa buning ma’nosi Alloh nomidan, Alloh aytdi, deb sahobalariga yetkazganlar.
Hadisi qudisiyning martabasi, o‘rni Qur’on bilan xadisi Nabaviy o‘rtasidadir. 2. Hadisi Nabaviy – bu Muhammad (sav) ning Qur’onga tayangan holda aytgan so‘zlari, qilgan ishlari, ko‘rsatmalari to‘g‘risidagi rivoyatlardir.
Qur’onda barcha xuquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniqliy kiritish va izohlab tushuntirish uchun Muhammad (sav) o‘z 101 Xadislarini aytardi. Bu hadislarni payg‘ambarning safdoshlari, quvvai-xafizasi kuchli sahobalar yodda saqlashga harakat qilardi. Payg‘ambar hayotlik chog‘larida hadislarni jamlashga ruhsat bermagan, chunki sahobalarning Qur’onga xadislarni aralashtirib yuborishlaridan qo‘rqib, ularni yozishdan qaytargan. Ul zot sahobalarga: «Mendan Qur’oni karimdan bo‘lak hech narsani yozib olmanglar, agar kimki biror narsa yozib olgan bo‘lsa, uni yo‘q qilsin!», - der edi.
Muhammad (sav) vafotidan so‘ng Qur’on va xadislarni yod olgan o‘tkir xofiza egasi bo‘lgan sahobalar soni tobora kamayib borayotganini, Payg‘ambar (sav) Xadislariga begona so‘z aralashib qolishi va unitilib ketishidan qo‘rqib va kelgusi avlodlar uchun qoldirish niyatida uni yozma shaklda to‘play boshladilar. Boz ustiga xadislarni bilgan kishilar turli yurtlarga tarqalib ketgan edilar. VII asr o‘rtalaridan boshlab ularni topib, Xadislarni og‘izlaridan yozib olishga harakat qilingan.
Hadislarni e`tiborga olinishi jihatdan quyidagi 3 turga bo`linadi:

  1. Sahih hadis (Ishonchli)

  2. Hasan hadis (Yaxshi)

  3. Zaif

Davr o`tisi bilan Hadislar tanlanib, muhim deb hisoblangarlari bir tizimga solina boslandi. 9-10 asrlarda dindorlar orasida eng isonchli deb tanilgan Hadislar 6 ta to`plami vujudga kelgan. Bular: ‘Sahihi buxoriy’, ‘Sahihi Muslim’,’Sahihi Termiziy’,’Sunani Abi Dovud’,’Su-nani ibn Moja’,’Sunani Navoiy’. ‘Sahihi Buxoriy’ ko`proq e`zozlanadi. Bu 6-ta Hadis to`plamini tuzgan muhadislardan 2-tasi movarounahrlik, 4-tasi esa xurosonlik bo`lgan. Hadislar to`plami sunna deb nom olgan. Hadislarni yig`uvchi, shahrlovchi, targ`ib etuvchi shaxslar muhaddis deb atalgan.
Hadislar:
“Sizlarning yaxshiringiz dunyo ishini deb oxiratni, oxiratni deb dunyoda tark qimaydigan va odamlarga malolligini tushinmaydiganlaringizdir.”
“Besh narsaning kafforati yoq: Alloh sirk keltirish, nohaq odam o`ldirish, mo`min kishiga bo`hton qilish, urushdan qochish va yolg`on qasam ichish bilan nohaqdan mol ishlab olish”
“Qaysi biringizda jahl-u g`azab qo`zisa, darhol u sukut saqlashga o`tsin!”
“Kimki g`ayridinni nohaq haqorat qilsa, qiyomat kuni olov qamchi bilan uriladi”
“Imonning afzali sabr va bag`rikenglikdir”
“Ikki ne’mat borki, ko‘pchilik insonlar uning qadriga yetmaydilar. U xotirjamlik va sihat-salomatlikdir”
“Kishining barcha eshitganlarini gapiraverishi uning yolg‘onchiligiga yetarli dalildir”
“Halokatga olib boruvchi yettita gunohdan saqlaninglar: 1) Allohi Taologa shirk keltirmoq; 2) sehr ishlari bilan shug‘ullanmoq; 3) birovni nohaq o‘ldirmoq; 4) sudxo‘rlik; 5) yetimlarning molini yemoq; 6) yov bilan bo‘layotgan jangdan qochmoq; 7) erli, mo‘mina, iffatli ayollarni fohisha deb haqoratlamoq”
“Yurib ketayotgan kishiga otliq, o‘tirgan kishiga yurib ketayotgan, ko‘pchilikka ozchilik salom bersin!”
5 “Tafsiri Hilol” va “Tafsiri Irfon” bu Qur'oni karimga oid kitoblar.
«Tafsiri Hilol» - butun olamga mudarris bo`lgan buyuk ulamolar yurti - Movarounnahr diyorida yozilgan eng yangi tafsirdir. Zamonamizning zabardast olimlaridan biri shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining ushbu tafsirlari o`zining sodda va ravon tili, teran va daqiq uslubi bilan ajralib turuvchi shoh asardir. «Tafiri Hilol» mo`’tabar tafsirlarning an’analariga sodiq qolgan holda, bugungi kun kitobxonining saviyasi, dunyoqarashi va ehtityojlarini ham hisobga olib yozilgan bo`lib, o`quvchini Qur’oni karim ma’nolarining bitmas-tuganmas hikmatlariga oshno etadi.
Shayx Usmonxon Temurxon Samarqandiy hazratlarining qalamlariga mansub olti jildlik «Tafsiri Irfon» - Qur’oni Karim ma’nolarining o`zbekcha tarjima va tafsir kitoblari. Qur’oni Karim Alloh taoloning muborak kalomi, Islom diniga oid barcha hukmlarning asosiy va birinchi manbaidir. Qur’oni Karimni yaxshi bilmagan, tushunmagan kishilarning asl hidoyat yo`lidan, haq yo`ldan chalg`ishlari, turli oqim va harakatlarga aldanib qolishlari, missionerlar va soxta mazhablar ta’siriga tushib qolishlari oson kechadi. Shuning uchun xalqimizni iloji boricha Qur’oni Karim bilan yaqindan tanishtirish, unga bag`ishlangan asarlarni ko`proq targ`ib qilish hozirgi paytdagi muhim vazifalardan sanaladi. Qur’oni Karim ma’nolarining O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy, shayx Usmonxon Temurxon Samarqandiy (Alimov) tomonidan qilingan o`zbekcha tarjimasi va tafsiri shu yo`ldagi kamtarona urinishlardan biri. Qo`lingizdagi Qur’oni Karimning ushbu ma’nolar tarjimasi va tafsiri boshqalaridan shu bilan farqlanadiki, unda oyatlar ma’nosi zamondosh o`quvchilarimizga iloji boricha tushunarli, sodda va ravon bo`lishiga harakat qilindi.
"Al-jomeʼ as-Sahih" va “Riyozus-solihiyn” bular Xadisga oid kitoblardir.
"Al-jomeʼ as-Sahih" — 6 ta ishonchli hadis toʻplamidan biri. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning 4 jilddan iborat bu hadislar toʻplami islom olamidagi boshqa muhaddislar toʻplagan hadis toʻplamlari orasida eng ishonarli va mukammalidir. Toʻplamda fiqh, oila, nikoh, meros, ilm-maʼrifat, imon, eʼtiqod, axloqodob, taʼlim-tarbiya va boshqa masalalar yoritilgan. Unda islom arkoilariga aloqador mavzular bilan birga oʻsha davr tarixi va etnografiyasiga oid koʻpdankoʻp maʼlumotlar mavjud. Imom al-Buxoriy 600 mingga yaqin hadis toʻplab, ulardan takrorlanadiganlari bilan 7275 tasini ishonchli deb hisoblab kitobiga kiritgan.
Imom Navaviy qalamiga mansub “Riyozus solihiyn” kitobi odob-axloqqa oid yengil va sodda, barcha yoshga mos keladigan va yodlab qolishga oson va qisqa hadislar kitobga qiritilgan.
XULOSA
X
Download 85,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish