II qism
(Etika)
Etikaning predmeti va asosiy vazifalari
Etika axloq xaqidagi ilmiy nazariyadir.
Etika - falsafiy fan. Etika fanining predmeti axloq, uning kelib chiqishi va
mavjudlik qonuniyatlaridir. U axloqning sifat chegaralarini tavsiflaydi axloq va
odobni tahlil qiladi, insonni ma’lum tamoyillarga ko’ra tarbiyalash to’g’risidagi
malakani shakllantiradi.
Axloq, uning ijtimoiy mazmuni, tizimi va funktsiyasi, axloq kategoriyalari, kasb
etikasi, axloqiy tarbiya, uning mohiyati, metodlari va vositalari etika fanining tarkibiy
qismlari sifatida.
Etikaning boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar – filosofiya, milliy istiqlol g’oyasi:
asosiy tushuncha va tamoyillar, sotsiologiya, sotsial psixologiya, pedagogika,
huquqshunoslik, tarix, adabiyot, etnografiya, etika va h.k. lar bilan aloqasi.
Etikaning milliy va umuminsoniy xarakteri. Axloqiy ideal va uning qadri.
Axloqsizlik va unga qarshi kurashda etikaning ahamiyati.
Etikaning axloqiy dunyoqarashni shakllantiruvchi fan ekanligi. O’zbekistonda
fuqarolik jamiyatini qaror toptirishda va komil insonni shakllantirishda axloqiy
dunyoqarashning o’rni va roli.
Do'stlaringiz bilan baham: |